31 2-§. MAHMUD KOSHG‘ARIY 50. Sodda, ixcham, lo‘ndaligi bilan e’tiborni tortadigan «Ardam bashi – til»
maqolinining to‘g‘ri izohini toping.
A) «Odam boshiga keladigan balolarning boshi – til(da)dir».
B) «Odob boshi, baxt boshi – til(da)dir».
C) «Odam boshi bo‘sh bo‘lsa, til ko‘p shovqin solar».
D) «San’at, fazilatlarning boshi til(da)dir».
51. Qoraxoniylarning poytaxt shaharlarini toping.
A) Buxoro,
I
sfijob (Sayram), Xo‘tan, O‘tror, Qashqar
B) Bolasog‘un, Qashqar,
I
sfijob (Sayram), Shosh, Buxoro
C) O‘tror, Shosh, Xo‘tan, Samarqand, Bolasog‘un
D)
I
sfijob (Sayram), O‘tror, Shosh, Bolasog‘un, Xo‘tan
52. Turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olim kim?
A) Ahmad Yugnakiy
B) Yusuf Xos Hojib
C) Alisher Navoiy
D) Mahmud Koshg‘ariy
53. «Devonu lug‘ot at-turk» asarida tarixiy mavzuda kimlar bilan bo‘lgan
janglar haqidagi parchalar mavjud?
A) qipchoqlar, tangutlar bilan
B) yabog‘u (yobg‘u)lar, tangutlar bilan
C) o‘g‘uzlar, yabog‘u (yobg‘u)lar bilan
D) turklar, o‘g‘uzlar bilan
54. «Devon»da nimalar bilan bog‘liq she’riy parchalar katta o‘rin tutadi?
A) turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq she’riy parchalar
B) turli insoniy kechinmalar talqini bilan bog‘liq she’riy parchalar
C) mehnat shavqi bilan bog‘liq she’riy parchalar
D) tabiat manzaralari go‘zalligi bilan bog‘liq she’riy parchalar
55. «Devon»dagi qaysi to‘rtlik boshdan oxirigacha jonlashtirishga tayanadi?
A) «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi…»
B) «Qish bilan Yoz»
C) «Bulnar meni ulas ko‘z»
D) «Alp Er To‘nga o‘ldimu?..»
56. «Devon»da keltirilishicha, ba’zilar turk shaharlari chegarasini qayerdan
boshlanishini aytadilar?
A) Marvash – Shohijondan
B) Qum – Marvashdan
C) Qazvin – Shohijondan
D) Qazvin – Qumdan
57. Alp Er To‘nga haqidagi marsiya qanday she’riy shaklda yozilgan?
A) g‘azal
B) qasida
C) murabba
D) muxammas