37 2-§. MAHMUD KOSHG‘ARIY 99. Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «o‘dlak»
so‘zi qanday ma’nolarda qo‘llangan?
A) yomon, yaramas, manfur
B) aqlsiz, ovsar, dumbul
C) vaqt, zamon taqdir
D) olam, dunyo
100. Alp Er To‘nga marsiyasining turoqlari qanday shaklda?
A) 3+4 shaklida
B) 5+2 shaklida
C) 2+5 shaklida
D) 4+3 shaklida
101. Misralari nisbatan uzunroq bo‘lgan she’r turi nima deb atalgan?
A) saj’
B) nasr
C) rajaz
D) talmi’
102. «Devon»dagi nimalarda insonning qalb kechinmalari, nozik his-
tuyg‘ulari ifodasi, tabiat va ona yurt manzaralari tasviri yetakchilik qiladi?
A) tuyuqlarda
B) lirik qo‘shiqlarda
C) saj’larda
D) musaddaslarda
103. «Devon»dagi to‘rtliklarga xos bo‘lmagan qofiyadoshlikni toping.
A) a-a-a-b
B) a-b-a-b
C) a-a-a-a
D) a-a-b-a
104. «Devon»dagi qaysi to‘rtlikda she’rning ta’sir kuchini ta’minlayotgan
unsurlardan biri qofiya bo‘lib, undagi qofiyadosh so‘zlar to‘liq jarangdorligi va
ohangdoshligi bilan ajralib turadi?
A) «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi…»
B) «Qish bilan Yoz»
C) «Bulnar meni ulas ko‘z»
D) «Alp Er To‘nga o‘ldimu?..»
105. Yaqiniy qalamiga mansub munozarani toping.
A) «O‘q va Yoy»
B) «Boz va Bulbul»
C) «Binafsha va Chang»
D) «Bang va Chog‘ir»
106. «Devon»da Qazvin shahrini kim qurganligi aytiladi?
A) Qaz
B) Afrosiyob
C) Siyovush
D) Barman
107. Mahmud Koshg‘ariy «Devon»da Afrosiyobning bolalari qanday
atalganini eslatadi?
A) xoqon, xon
B) alp, noib
C) amir, hukmdor
D) hukmdor, sardor
38 .
3-§. YUSUF XOS HOJIB 3-§. YUSUF XOS HOJIB «QUTADG‘U BILIG». «QUTADG‘U BILIG» DOSTONI HAQIDA.