39
3-§. YUSUF XOS HOJIB
6. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini aytadi»
qismida Oyto‘ldi eligdan nega bunday kursida o‘tirganligini so‘rasa, elig
qanday javob beradi?
A) «Barcha to‘rt oyoqli narsa siljimas bo‘ladi».
B) «Barcha uch oyoqli narsa siljimas bo‘ladi».
C) «Agar uch (poyali) bo‘lsa, ko‘rgin, biri egri bo‘ladi».
D) «Agar ikki (poyali) bo‘lsa, ko‘rgin, biri egri bo‘ladi».
7. «Qutadg‘u bilig» asarida O‘zg‘urmish eligdan nechta hojatini ravo qilishini
so‘raydi va ular qaysilar?
A) 3 ta: dard-u kasalsiz hayot, nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik
B) 4 ta: kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik, nihoyasiz ilm, qariliksiz yigitlik,
dard-u kasalsiz hayot
C) 3 ta: nihoyasiz ilm, nuqsonsiz tiriklik, kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik
D) 4 ta:
nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik,
dard-u kasalsiz hayot,
kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik
8. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi donishmand yigit eligning ovozalarini
eshitib, elig huzuriga xizmat uchun keladi va
ular birgalikda mamlakatni
boshqarib, budun – xalqni idora qila boshlashadi?
A) O‘gdulmish
B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi
D) O‘zg‘urmish
9. «Qutadg‘u bilig» asari qahramoni O‘gdulmish kim va nimaning ramzi?
A) elig – adolat ramzi
B) elig – davlat ramzi
C) vazirning o‘g‘li – aql ramzi
D) vazirning uzoq qarindoshi – qanoat (ofiyat) ramzi
10. «Qutadg‘u bilig» asarida ramziylik uchun asos vazifasini bajargan
detallarni toping.
1) to‘p; 2) kiyik; 3) Mirrix;
4) zahar solingan idish; 5) shakar; 6) Oy;
7) Quyosh; 8) qilich; 9) asal.
A) 2, 5, 6, 8, 9
B) 1, 3, 4, 5, 7, 8
C) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8
D) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 9
11. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon dunyoviy
ishlarning barchasi
hayotiy zarurat ekanligini tinmay uqtiradi va shu maqsadda dehqon,
savdogar,
chorvador, hunarmand, kambag‘allar, oila,
bola-chaqa, ularning
tarbiyasi haqida ham gapiradi, tushuntiradi?
A) O‘gdulmish
B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi
D) O‘zg‘urmish