42 .
3-§. YUSUF XOS HOJIB 26. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining jang taktikasidagi mohirligi, hiyla va
tadbirkorligi nimaga o‘xshatiladi?
A) qoplonga
B) arslonga
C) bo‘riga
D) tulkiga
27. «Qutadg‘u bilig»da quyosh qanday istioralar bilan ifodalangan?
1) rumiy qizi; 2) sata (marjon); 3) sata qalqoni (marjon shodasi);
4) tong qizi; 5) sara qiz yuzi; 6) yorug‘ yuz.
A) 1, 3, 4, 5
B) 1, 2, 4, 6
C) 1, 2, 3, 5, 6
D) 2, 3, 4, 5, 6
28. Yozma adabiyotimiz tarixidagi ilk yirik asar namunasi hisoblanib, turkiy
o‘gitnoma – didaktik yo‘nalishni nihoyatda yuqori darajaga olib chiqqan
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari nechanchi asrda bitilgan?
A) IX asr
B) X asr
C) XI asr
D) XII asr
29. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» dostonini yozib tugallaganda necha
yoshdan oshganligini aytadi?
A) ellik yoshdan
B) oltmish yoshdan
C) yetmish yoshdan
D) sakson yoshdan
30. «Qutadg‘u bilig» asarining tabdilidan olingan quyidagi ta’rif qaysi
qahramonga tegishli?
Eligga yarasin bu san’at-hunarlarim, (Elig) xursand bo‘lsin, mening tashvishlarim ketsin. Zakovatli, bilimli, yumshoq fe’lli bek emish, San’at-hunarli va odobli (kishi)larni orzu qilayotgan emish. A) O‘gdulmishga
B) Kuntug‘diga
C) Oyto‘ldiga
D) O‘zg‘urmishga
31. «Qutadg‘u bilig» asarida eligning oldida to‘pda o‘tirgan kim?
A) O‘gdulmish
B) Oyto‘ldi
C) vazirning qarindoshi
D) vazirning o‘g‘li
32. «Qutadg‘u bilig» asarida elig qanday kursi ustida o‘tiradi?
A) oyog‘i uch ayrilik kumush kursi ustida
B) oyog‘i uch ayrilik oltin kursi ustida
C) oyog‘i to‘rt ayrilik kumush kursi ustida
D) oyog‘i to‘rt ayrilik kumush kursi ustida
33. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida eligning qo‘lida nima bor edi?
A) urog‘un (dori)
B) shakar (sharbat)
C) pichoq
D) kursi