69
Endilikda esa yuqorida sanab o'tgilganlar korxonalarni mablag'lar
bilan
ta'minlash manbai bo'lib kelmoqda. Korxona, tashkilot yoki firma ochilish
davrida o'z mablag'larini belgilab olishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona o'z
moliyaviy ehtiyojlarini
o'zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta'minlash manbai bo’lib, uning
foydasi, qimmatbaho qog'ozlarini sotishdan kelgan tushum, aksionerlarning pay
va boshqa to'lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to'lovlari
hamda qonundan tashqari bo'lmagan holda kirim qilingan mablag'lar kiradi.
Bunday asosda kiritilgan mablag'lar korxona tashkilotlar uchun xususiy kapital
deb qaraladi. Xususiy kapital hisobi bozor iqtisodiyoti
sharoitida muhim
ahamiyatga ega bo'lib, u korxonaning o'z qudrat darajasini qay darajada
ekanligini bildiradi.
Hususiy kapital qiymatini ko'paytirishning eng asosiy omili bo'lib
korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi hisoblanadi. Faoliyat ko'rsatuvchi
tashkilotlar shu omil hisobiga o'z jamg'armalarini
oshirishlari eng optimal
variant deb qaraladi. Sababi, bu omilning o'zgarishi faqatgina korxonaning
o'ziga bog'liq bo'lib, uning har tomonlama to'liq
imkoniyatlarini ishga solib
faoliyatini boshlashini taqozo etadi. Bundan tashqari boshqa ko'rsatkichlaming
o'zgarishi ham ushbu omil bilan bevosita bog'liq bo’ladi. Mazkur vazifalarni hal
etishda korxona va tashkilotlar «Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari
hamda moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi to'g'risidagi Nizom»ni chuqur
bilishlari lozim.
Yuqоridаgi хulоsаlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа quyidаgilаrni tаklif qilаmаn:
-
Korxona
va tashkilotlarda ustav, qo’shilgan va rezerv kapitali hisobini
xalqaro andozalar
asosida olib borish;
-
Korxonalarda moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining kapital
konsepsiyasini qo’llash;
-
Korxona va tashkilotlar o’zlarining sof foydasi o’sishini ta’minlash;
70
-
Korxona va tashkilotlarda “Hususiy kapital” to’g’risidagi 5-shakl
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishda dasturiy ta’minotlardan
foydalanish.
Dostları ilə paylaş: