Mavzu: Moyli ekinlar guruhlari.
Kungaboqar morfologiyasi.
Kungaboqar
-Helianthus annus L., Asteraceae
oilasiga mansub bir yillik
o‘simlik.Madaniy kungaboqar morfologik belgilari bilan 3-ta kenja turlariga
bo‘linadi.
1-jadval
Kungaboqar kenja turlarining farqi
Chaqiladigan
kungaboqar
Moyli
kungaboqar
Oraliq
kungaboqar
Poya balandligi, m
2-4
1,5-2,5
2-3
Poya yo‘g‘onligi
yo‘g‘on
ingichka
yo‘g‘on
Poyaning shoxlanishi
kam
ko‘p
kam
Bargining yirikligi
yirik
mayda
yirik
Savatning diametri,sm
17-45
14-20
15-30
Pistaning uzunasini,mm
11-23
7-13
11-15
Po‘stining qalinligi
qalin
yupqa
qalin
Mag‘izining to‘laligi
to‘liq
to‘liq
o‘rtacha to‘liq
Po‘stining qovurg‘aliligi
ro‘y-rost ifodalangan
yo‘q
bor
Po‘choq chiqishi,%
46-56
40-43
48-52
Chaqiladigan qungaboqar
-poyasi yo‘g‘on, balandligi 4 m.gacha,
bargi
yirik, savati ham yirik, diametri 45 sm.gacha. Pistasi uzun (11-23 mm), eni (7,5-12
mm). Mag‘izi pistani yarimini egallaydi. 1000-tasini vazni 100-170 g. bo‘ladi.
Deyarli shoxlanmaydi, bitta savat hosil bo‘ladi.
Moyli kungaboqar-
poya balandligi 1,5-2,5 m., shoxlanadi,
savatlar soni
ko‘p bo‘ladi. Savatning diametri 14-20 sm. Pista uzunligi 7-13 mm, eni 4-7 mm.
Mag‘izi pistani butunlay egallaydi. Po‘chog‘i 40-43% bo‘ladi.1000-tasining vazni
35-80 g.
Oraliq kungaboqar
-bu yuqorida bayon etilgan kenja turlarining o‘rtasida
oraliq o‘rinni egallaydi. Ba’zi belgilari bilan chaqiladigan
turiga yaqinlashadi-
balandligi, bargining va savatining yirikliligi, shakli bo‘yicha.
Ayrim belgilari
bilan -pistaning maydaligi, to‘liqligi bo‘yicha moyli kungaboqarga yaqinlashadi.
Bu turi ishlab chiqarishda ekilmaydi.
Ildizi-
murtak ildizidan
rivojlangan o‘q ildizdir, tuproqqa 3-4 m kirib boradi
va yon tomonga 120 sm gacha tarqalgan. Ildizi bir necha tartibda shoxlangan.
Kungaboqar urug‘pallasini yer betiga chiqaradi, keyin chin barg rivojlanadi
va poya o‘sadi.
1-rasm. 1-Kungaboqar; 2-
pishgan savatchasi; 3-gullari – a) naysimon, b)-tilsimon, v)
changdon, g) changchi; 4 –kesilgan savatcha; 5- urug‘i –a) moyli, b) oraliq, v) chaqiladigan.
Poya -
baqquvat, tik o‘sadi, pastki qismi yog‘ochlangan
ichi parenxima
to‘qimalari bilan to‘lgan. Uchi to‘pguli bilan tugallanadi. Asosiy poya va yon
shoxlari qalin tuklar bilan qoplangan.
Bargi-
oddiy, bandli, poyada spiral shaklida joylashadi.
Poyaning pastki
qismidagi barglar qarama-qarshi joylashadi. Eng yirik barglar poyaning o‘rta
qismida bo‘ladi. Shakli yuraksimon. Yuqoriga qarab barglar maydalashadi va eng
yuqoridagi barglar gulto‘plamining asosini tashkil qiladi. Barglar soni navlarga
qarab 14-50 ta bo‘ladi. Barglari tukli bo‘ladi.
To‘pguli savat
-bir nechta bargchadan iborat o‘ramaga o‘ralgan bo‘lib ikki
xil gullarga ega - tilsimon va naychasimon. Tilsimon gullar savatning
chetida bir
yoki birnechta qator bo‘lib joylashadi. Bu gullar sariq rangli, jinsiz. Naychasimon
gullar ikki jinsli, uchi o‘tkirlashgan 2-4 ta pardasimon kosacha bargdan, och sariq
rangli, qo‘shilib o‘sgan 5-ta gultoji bargdan, 5-ta changdondan va qo‘sh patsimon
tumshuqchadali tugunchadan iborat. Naychasimon gullar zich joylashgan,
savatning kattaligiga qarab 600-1200 ta gul bo‘ladi. Gullari chetdan changlanadi.
Savatning diametri 8-10 sm dan 50 sm.gacha bo‘ladi.
Meva –
to‘rt qirrali pista, cho‘zinchoq, uchi o‘tkirlashgan, mag‘iz va pishiq
po‘stidan iborat. Mag‘izi yupqa urug‘ po‘sti bilan qoplangan. Pistaning rangi oq,
kul, qora rang, yo‘l-yo‘l va yo‘lsiz bo‘lishi mumkin. Pistaning po‘sti o‘z vaznining
26-42 % ni tashkil etadi.1000-tasining vazni 40-170 g.