Oriental Journal of Geography
ISSN: 2181-2772
https://www.supportscience.uz/index.php/ojg
48
Ключевые
слова:
родник,
эндемичный родник, поселение.
Аннотация:
В данной статье описано
влияние
родников
на
размещение
населенных пунктов, население.
KIRISH
Baxmal tumani hududi asosan Turkiston tog` tizmasi davomi
hisoblangan Chumqor va
Morguzar (Molguzar) tog`lari orasida, Sangzor vodiysida joylashgan, o’ziga xos hududdir.
Baxmal tumani geografik o’rnining bir qancha o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Eng avvalo
tuman togʻ va togʻ oldi hududda joylashganligi. Ushbu xususiyat bir qancha imkoniyatlarga yo’l
ochib beradi. Tuman hududining janubiy va janubi-sharqiy qismida joylashgan Chumqor va
Morguzar tog’i ushbu hududning iqlimning shakllanishining bosh omili hisoblanadi. Aynan tog’li
hududning mana shunday joylashuvi nam havo massalarining tuman
ustida turib qolishini
ta’minlaydi. Natijada namgarchilik ortadi, bu o’z navbatida o’simlik
va hayvonot dunyosining
xilma-xil bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi. Bu jarayonlar o’zingizga ma’lum bir-biriga uzviy
bog’langan. Tog’larning joylashuvi yoz faslida tekisliklarda issiq
havo massalarining turib
qolishiga sabab bo’ladi, ammo tog’dagi qalin o’simlik qoplami va ichki suvlari tekislikda
joyashgan hududlarga nisbatan havo haroratining past bo’lishini ta’minlaydi. Salqin tabiat qo’yni,
go’zal tabiat manzarasi yoz faslida barchani o’ziga chorlab turadi.
ASOSIY QISM
Tabiat va inson bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Qadimdan
kishilar tabiiy sharoiti
qulay boʻlgan hududlarga intilgan va qulay sharoitga ega hududlarda muqim yashab qolganlar.
Aholini biror hududni “vatan” qilishi uchun eng muhim omillardan biri bu suv hisoblanadi. Suv
inson uchun hayotiy eng zarur boʻlgan tabiiy ne’matdir. Agar siz ma’lum bir hududning
demografik xartasi bilan ichki suvlar xaritasini bir-biri bilan solishtirsangiz ular ustma-ust tushadi
ya’ni ikkala obyekt ham bir yoʻnalishda joylashgan boʻladi.
Baxmal tumani aholi joylashuvini oʻrganish natijasida ham mana shu fikrlar oʻz tasdigʻini
topdi. Avvalo Baxmal tumani aholisining joylashuviga eʻtibor qaratsak.
Tuman aholisi asosan
Turkiston togʻ tizmalari (Chumqor va Morguzar) etaklarida joylashgan. Xoʻsh, aholining bunday
joylashuvidagi taʻsir koʻrsatuvchi asosiy omil nima?
Inson yashashi va xoʻjalik faoliyatini yuritishi uchun zarur boʻgan eng muhim resurslardan
biri bu suv ekanligini biz yuqorida ham ta’kidlagan edik. Tumanda hozirgi kunda aholini toza
ichimlik suvi bilan ta'minlash asosan yer osti suvlari hisobiga amalga oshirilmoqda.Tuman
hududida mineral tuzlarga to'yingan, shifobaxsh buloqlar mavjud.
Hududda shag`allarning suv o`tkazuvchanligi yuqori emas. Aniqlangan skvajinalarda 3.3
l/sek dan 9.0 l/sek gacha o`zgaradi. Shag`allar filtratsiyasi koeffitsentlarining kattaligi 25l/
sutkadan 60 l/sutkagacha tebranadi.