Moslik darajasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix13.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#176323
58-59



 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 11
Часть–4_ Декабрь–2022  
58 
2181-3187 
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLIKLARI UNGA QO‘YILADIGAN 
TALABLAR VA MAVZULARNING YORITILISHI O‘QUVCHI YOSHIGA 
MOSLIK DARAJASI 
 
Bekbutayeva Kamila Tajiyeva 
Surxondatyo viloyati Termiz shahar 
5- umumiy o'rta ta'lim maktabi

 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf darsliklari unga qo’yiladigan 
talablar va darslik tushunchasi ochib berilgan. Maqola davomida darsliklarga 
qo’yiladigan talablar va ularning zamonaviy dasturlarga moslik darajasiga to’xtalib 
o’tilgan. 
Kalit so’zlar:
boshlang’ich sinf, o’quv darsliklari, o’zlashtirish ko’rsatkichi, 
predmet, uslub, zamonaviy dasturlar 
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy 
hamda ijtimoiy rivojlanishning o`ziga xos yo`liga ega bo`ldi.Mustaqillik omili ta`lim 
sohasini ham tubdan yangilash zaruratini vujudga keltirdi. 
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi qonuni hamda “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi talablari” asosida ta`limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, 
shakli, vositalari hamda prinsiplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi. 
Natijada 1999-yilda umumiy o`rta ta`limning davlat standartlari tasdiqlandi. Davlat 
ta`lim statdartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb- hunar va oliy ta`lim mazmuniga 
hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilab berdi. Davlat ta`lim standarti 
amaliyotga joriy qilinib, bir qator tajribalar to`plandi. 2005-yilda to`plangan tajribalar 
asosida Davlat ta`lim statdarti takomillashtirildi. Darslik – muayyan o'quv fani 
mazmunini o'quv dasturida ko'rsatilgan hajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda 
batafsil bayon qilib beradigan kitob sanaladi. 
Darslikning xarakterli xususiyati,- bu uning mazmunining o'quv dasturi 
mazmuniga mos kelishidir. Darslikda material bo'limlar bo'yicha taqsimlanadi. Har bir 
mavzu muayyan bob, uning tarkibida bo'lgan bandlar asosida ochib beriladi. O'quv 
darsligi bir qator talablarga muvofiq yaratiladi. Ushbu talablar quyidagilardan 
iboratdir: O'quv darsligida ilmiy bilimlar tizimi va hajmi o'quv dasturi talablariga 
tegishli hajmda sinf talabalarining yosh va psixologik xususiyatlariga mos bo'lishi 
kerak. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari hamda g'oyaviy 
yo'nalishi tizimli va izchil bo'lishi, keltirilgan ma'lumot va dalillarning asosli, ishonchli 
bo'lishi, ular to'g'ri tahlil, aniq ta'rif etilishi, tegishli xulosalar chiqarilishi lozim. 
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan bog'liqligi ta'minlanishi lozim. Darslik fanda 
hisobot qilinmagan, ma'lum ta'rif va qoidalarga ega bo'lmagan, mavjud masalalardan 
holi bo'lishi kerak. Bayon qilinayotgan materialning xususiyatiga bog'liq holda tegishli 


 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 11
Часть–4_ Декабрь–2022  
59 
2181-3187 
qoida va ta'riflar berilishi, dalillar keltirilishi va ba'zi materiallar rasm, surat, jadval, 
diagramma va boshqa tasvirlar bilan boyitilishi talab etiladi. 
Bayon qilinayotgan material o’quvchilarga tushunarli, pishiq, puxta va ixcham 
jumlalardan iborat bo'lishi lozim. Darslikning tashqi ko'rinishi, bezagi muayyan 
bosqich talabalarining estetik didlariga mos keladigan bo'lishi katta tarbiyaviy 
ahamiyat kasb etadi.Darslik muayyan bosqich talabalari uchun joriy qilingan gigiena 
qoidalariga muvofiq bo'lishi maqsadga muvofiqdir.Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa 
bo'lishi, ilmiylikka asoslangan bo'lishi kerak. Darsliklar o'quv materialini to'laroq va 
chuqurroq egallab olishga yordam beruvchi o'quv qo'llanmalari bilan to'ldirilish 
lozim.Yo'nalishi va hal qilinadigan vazifalarga ko'ra o'quv qo'llanmalarni quyidagicha 
bo'lish mumkin: 
a) o'quv materialini chuqurlashtiruvchi va uni eslab qolinishiga yordam beruvchi 
qo'llanmalarentsklopediya, mashqlar to'plami, o'qish kitobi, kartalar: 
b) o'rganiladigan masalalarni tasvirlovchi va bu bilan aniq tasavvur hosil bo'lishiga 
yordam beruvchi qo'llanmalar-rasmlar, ko'rgazmali qurollar siklli, plakatlar
diagrammalar, diapozitivlar, atlaslar.
 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 
1. Tursunov I.,Nishonaliyev U. Pedagogika kursi.T.1996.
2. Munavvarov A.K. Pedagogika. ”O‘qituvchi”. 1996.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. T. 1997. 
4. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. T. 1996 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin