45
dezoksiribonukleotidlar qatoridan iborat. DNK tarkibida to‘rt xil
dezoksiribonukleotid bo‘lib, oqsildagi aminokislotalar sonidan kam bo‘lsa
ham
ularning ketma-
ket qator soni oqsildan uzun bo‘ladi. DNK nukleotid
qatorini ya’ni, birlamchi strukturasini ani
qlash (sekvyenirlash) oxirgi yillarda
juda yaxshi yo‘lga qo‘yilib, faqat alohida genlar emas, balki butun xromosoma
genlaridagi nukleotid qatori aniqlangan.
Jumladan, odam genomi ham
sekvyenirlanib, boshqa jonzotlar genomi qatorida kompyuterga joylashtiril ib,
bank axboroti sifatida saqlanadi. Bakteriofaglar DNK sining nukleotid qatori
unikal, ya’ni
bir marta uchrab, boshqa qaytarilmaydi. Ayrim organizmlarda
DNKdagi nukleotidlarning ketma-
ketligi unikal bo‘lsa ham, ayrim qismlarida
qaytariladigan nukleotid qatori bir necha marta uchraydi (t-RNK va i-
RNKlarning kodlovchi qismlari) jumladan, bateriyalarda. Eukariot genomlarda
DNKning 60%ni
strukturali, ya’ni oqsil sintezini belgilovchi qismlar tashkil
qiladi. Hayvon DNKsining 10-
25%ini tashkil qiluvchi bo‘limla
r qaytariladigan
nukleotid qatoridan iborat bo‘lib, ular ribosom, t
-RNK, gistonlar,
immunoglobulinlarning genlaridan iborat. Ular
DNK molekulasida bir gen
ikkinchisi bilan ketma-ket joylashib, ularni qaytariluvchi tandemlar deyiladi.
Ya
’ni bir gen ikkinchi
gendan speyser (inglizcha spaser-oraliq) orqali
ajraladilar. Qaytariladigan
nukleotid qatorlari, ularni satelit (kichik -sayyor)
qismlaridir, bular xromosomaning sentromer qismida joylashib, uning
bo‘linishida va o‘zaro bog‘lanishida ishtirok etadi.
Tabiiy manbalardan ajratib olingan DNKlarning nukleotid tartibini
o‘rganish
natijasida
AQSH
olimi
Chargaff
va
rus
akademigi
A.N.Belozerskiylar qator miqdoriy qonuniyatlarni aniqladilar. Bu qonuniyatlar
quyidagicha ifodalanadi:
1. DNK
molekulasidagi purin asoslari, adenin va guanin molyar
konsentrasiyasini yig‘indisi pirimidin asoslari
-sitozin va timinning molyar
konsentrasiyasi yig‘indisiga teng:
Pur = Pir yoki
46
2. Adeninning molyar konsentrasiyasi timinnikiga, guaninniki esa
sitozinga teng:
A=T, G=S yoki
1
T
A
;
1
S
G
3. DNK zanjiridagi 6-aminoguruhli asoslar miqdori 6-ketoguruhli
asoslar
miqdoriga teng, ya’ni adenin va sitozin molyar konsentrasiyalarining
yig‘indisi guanin va timin molyar konsentrasiyalari yig‘indisig
a teng:
A+S=G+T yoki
1
T
G
S
A
4.
Guanin bilan sitozin molyar konsentrasiyalari yig‘indisining adenin
bilan timinning (DNK molekulasida yoki urasil RNK da) molyar
konsentrasiyalari yig‘indisining nisbati turli manbalardagi nuklein kislota
larda
turlicha bo‘ladi. Bu spesifiklik koyeffisiyenti deb ataladi va
)
(
U
Т
А
S
G
shaklida ifodalanadi.
Agar,
Т
А
S
G
ning qiymati birdan kam bo‘lsa,
bunday DNK AT tipga,
agar uning qiymati birdan katta bo‘lsa, GS tipga
kiritiladi.
Yuksak o‘simliklar va hayvonlar DNKsi AT tipga mansub,
zamburug‘lar, suvo‘tlar va bakteriyalarning DNKsi ko‘pincha GS tipga
mansub. Bu ko‘rsatkichlarni o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlarni
taksonomik qatorini aniqlashda foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: