6.1. Simlar va kabellar orqali aloqa o‘rnatish •
Aloqa kanallarining tavsiflari. Telemexanika kanallari telefon va telegraf aloqa o‘rnatish bo‘yicha
telekommunikatsion turlar va ularni tashkil etish. Axborotlarni uzatish liniyalari uchun telefon kanallarini,
chastota oraliqlarini bo‘lib chiqish. Telekommunikatsion ma’lumotlarni oddiy elektr uzatish simlari va
yuqori kuchlanishli simlar bo‘yicha uzatishni tashkil etish.
•
Radioaloqa kanallari. Radioreleli aloqa o‘rnatish, yerning su’niy yo‘ldoshlari yordamida,
radioaloqa kabellari orqali aloqa kanallarini tashkillashtirish. Lazer nurlari hamda optik tolali aloqa
kanallari orqali telekommunikatsion ma’lumotlarni uzatish. Optik tolali nur o‘zatkichlarning asosiy
tavsiflari. Telekommunikatsion sistemalarning tuzilish asoslari. Signallarni ajratish. Signallarning
telekommunikatsion turlari va sistemalari orqali uzatish va qabul qilish.
Ta’rif: Axborotlarni radioto‘lqinlar orqali almashishga radio aloqa deyiladi. Bir tomonlama eng sodda radioaloqaning blok chizmasi 6.1-rasmda tasvirlangan. PCHK-past
chastotali kuchaytirgich; YUCHK-yuqori chastotali kuchaytirgich; M-modulyator; G-avtotebranishlar
generatori; KK-kirish konturi; D-detektor.
6.1-rasm. Radioaloqa o’rnatish sxemasi.
83
Radioto‘lqinlar diapazoni 6.1-jadval.
T/r To‘lqin nomi To‘lqinlar diapazoni, m Chastotalar diapazoni, Gts 1 O‘ta uzun to‘lqinlar 10000 m dan katta 3x10^4 dan kichik 2 Uzun to‘lqinlar 10000-1000 3x10^4 -3x10^5 3 O‘rta to‘lqinlar 1000-100 3x10^5 -3x10^6 4