Elektrotehnika va elektronika


testo Saveris 2 ma’lumotlarning WiFi-loggerli tizimi mikroiqlim parametrlarini monitoring



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

testo Saveris 2 ma’lumotlarning WiFi-loggerli tizimi mikroiqlim parametrlarini monitoring 
qilish uchun - 
Bu ishlab chiqarish va omborxona binolari mikroiqlimi parametrlarini monitoring qilishning 
zamonaviy echimi. Ishlab chiqaruvchi kompaniya: 
Testo Rus 
 
6.5-rasm. Ma’lumotlarning WiFi-loggerli tizimi mikroiqlim parametrlarini monitoring qilish uchun. 
HIOKI LR8515 – 2-kanalli harorat va o‘zgarmas tok kuchlanishini qaydlagich - 
Xona harorati 
va akkumulyatorning chiqish kuchlanishini qaydlaydi va Bluetooth® simsiz aloqa tizimi orqali ma’lmotlarni 
to‘plash imkonini beradi. Ishlab chiqaruvchi kompaniya: 
Tekknou, ZAO
 
 
 


86 
 
 
6.6-rasm. HIOKI LR8515 – 2-kanalli harorat va o‘zgarmas tok kuchlanishini qaydlagich. 
 
JUMO firmasining o‘ziyozar moslamalari 
LOGOLINE 500 (PDF* 934Kb) rusumli matnni bosmaga uzluksiz chiqaruvchi va matritsali yorug‘lik 
diodiga ega displeyli o‘ziyozar moslamasi: 
Chiziqli yozuvga ega o‘ziyozar moslama uchtagacha o‘lchanayotgan kattalikni qaydlash imkonini 
beradi. 
Uchta kanal bir-biriga nisbatan optojuftliklar bilan galvanik bog‘lanmagan. 
1-kanal orqali egri chiziqlarni yozishdan tashqari matnni ham chiqarish mumkin. 
Barcha kanallar bo‘yicha nolni korreksiyalash datchiklari yordamida amalga oshiriladi. 
O‘lchanayotgan kattaliklar moslamaning soat mili yoki shkala bo‘yicha sanaladi. 
 
6.3
 
Hisoblash mexanizmlari ko‘rsatishlarini distantsion masofaga uzatish. Signal 
berish va rostlash qurilmalari. 
 
Elektrli ERSU-2 rusumli sathning signalizatori(xabar bergichi) 2...3 sathlarning 
signalizatsiyasi(xabar berilishi) uchun mo‘ljallangan.
Asbobning tamoyilli elektr sxemasi (6.7-rasm) 
rasmda tasvirlangan.
Mazkur sxemada har bir alohida datchik sxemasiga bir(alohida, yagona) sathning 
nazorati uchun xizmat qiladigan o‘zgarmas tok relesi ulangan: rele R1—quyi sath, R2 – yuqori sath va R3 - 
avariyali sath uchun. Avariyali sath nazorat qilinuvchi poyonning(oraliqning) yuqorisida yoki pastida 
bo‘lishi mumkin. Agarda avariyali sath nazorat qilinuvchidan pastda deb qabul qilinsa, u holda qayta ulab-
o‘chirgich V o‘ngdagi holatda, agarda yuqorida deb qabul qilinsa —chapdagi holatda o‘rnatiladi. 
Nazorat qilinayotgan sathlarda L1, L2 va L3 nurli(yorug‘lik chiqaradigan) signalizatsiya(xabar 
berish) ajratilgan va R1 ajratuvchi kontakt orqali, L1 qizil lampasi ulangan. Qachonki gorizont(yotiq chiziq) 
nazorat qilinayotgan sathlarning oralig‘ida joylashsa, R1 qisqa tutashtiruvchi kontakt orqali R1 relening 


87 
zanjiri berkiladi, va ajratuvchi kontakt R ulangan yashil lampa yuqori sath bo‘yicha eng yuqorigi nazorat 
qilinadigan belgida U1 sariq lampa L3 ulanadi. 
Qachonki idishning devorlaridan zaminlovchi elektrod sifatida foydalanib bo‘lmasa, u holda E 
releyli blokning qismalariga ulangan qo‘shimcha elektrod o‘rnatiladi. 
Elektrodli ESU-1M va ESU-2M sathning signalizatorlari(xabar bergichlari) ishlab chiqilgan, 
shuningdek, suv sathning o‘zgarishiga bog‘liq ravishda elektrod sig‘imining o‘zgarishini o‘lchashga
asoslangan. 
Mazkur laboratoriya ishida amalda eng ko‘p tarqalgan RU – 3E sathning relesi va sathning ESU – 
2M elektronli signalizatori jihozining qo‘llanishi, ishlash tamoyili o‘rganiladi. 
Sathning ESU - 1M elektronli signalizatori turli materiallarning bir yoki ikkita sathini nazorat qilish 
uchun mo‘ljallangan. ESU-1M rusumli elektronli signalizator(xabar bergich)ning asosiy qismi bo‘lib 
sathning ikkitalik(qo‘shsha) triodda L1 (6N6P) yig‘ilgan lampali yuqori chastotali tebranishlar generatori 
hisoblanadi. Triodning anodli zanjiriga R relening chulg‘ami ulangan. Triod Tr rele chulg‘ami va 
o‘zgaruvchan induktivlik g‘altagi L2 kuch transformatori orqali ta’minlanadi. To‘rli oraliqda va lampa L1 
katodiga L2 o‘zgaruvchan induktivlik g‘altagi va C1 va C3 kondensatorlaridan iborat tebranish konturi 
bilan ulangan. C1 kondensatori bilan parallel tarzda ulangan C2 kondensatordan va D elektrodi va yer 
orasida hosil bo‘lgan kondensatordan zanjir tashkil topgan. LS konturi shunday rostlanadiki, C2 
kondensatorning qandaydir boshlang‘ich sig‘imi va D elektrod - yer kondensatori konturining parametrlari
ko‘pincha generatorning rezonansli tebranishlariga mos kelsin. 
6.7-rasm. Elektrodli ESU-1M sath signalizatorining tamoyilli sxemasi. 


88 
Konturni rezonansga rostlaganda konturning rezonansli to‘la qarshiligi ancha kichik va unda 
amalda hech qanday kuchlanish tushishi bo‘lmaydi. Kontur triodning L1 katodi va to‘r oralig‘ida ulangani 
uchun ham, to‘rning potentsiali tahminan L1 yopiq lampa katodi potentsialiga teng va R relesi o‘chirilgan. 
Qachonki D elektrodi va idish devori oralig‘ida material paydo bo‘lsa, u holda D elektrod - yer orasidagi 
kondensator sig‘imi o‘zgaradi, C2 kondensatori va D elektrod - yer kondensatori C1 kondensatorga 
parallel ulangani uchun ham, mazkur holat LC konturning parametrlarini o‘zgarishiga olib keladi. Idishdagi 
materialning (jismning) sathi cheklanganida rezonansning buzilishi kuzatiladi. Oqibatda, LS konturning 
to‘la qarshiligi ortadi. Lampa L1 ning to‘ri va katodi oralig‘ida kuchlanish paydo bo‘ladi, uning musbati 
to‘rga uzatiladi. L1 lampasi ochiladi, rele R ishga tushadi va materialning chegaralangan sathga 
yerishganida uning kontaktlarini berkitishga signal(habar) uzatiladi. Tr transformator ikkilamchi 
chulg‘amining qo‘shimcha qismasi orqali R rele kontaktiga ulangan L2 signalli(xabar beruvchi) lampa 
bunkerda materialning borligi haqida signal(xabar) beradi. 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin