Elektrotehnika va elektronika



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

 
 
 
Nazorat savollari 
1.
Dinamometrlarning o‘lchash poyoni va aniqlik sinflari haqida
 
nimalarni
 
bilasiz? 
2.
Dinamometr yordamida qanday kattaliklar o’lchanadi ? 
3.
Dinamometrlar
 
nima uchun mo’ljallangan ? 
4.
DIN-1 rusumli elektronli dinamometrlar. 
5.
DM-MG4 rusumli uzayishga va siqilishga ishlaydigan elektronli dinamometrlar. 
6.
DE-5,0-0,5 rusumli elektronli dinamometrlar.
7.
DE elektronli dinamometrlarning texnik tavsiflari haqida nimalarni bilasiz ? 
8.
Titrash parametrlarini o‘zgartirish usullari ? 
9.
Vibrometrlarning qanday turlarini bilasiz ? 


95 
II bob. 8-mavzu.
NAMLIKNI O‘LCHASH VA NAZORAT QILISH VOSITALARI 
Reja: 
8.1.Umumiy ma’lumotlar. O’lchash o’zgartgichlari.
8.2. Tuproq namligini o‘lchash usullari va asboblari. 
8.3. Suyuqlik sathini o‘lchash va avtomatik nazorat qilish vositalari 
8.4. Tuproqning qattiqligi va zichligini o‘lchash asboblari. Areometrlar.
8.1. Umumiy ma’lumotlar. O’lchash o’zgartgichlari.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, ularni sozlash va boshqarish hamdamashina va
agregatlarning parametrlarini tadqiq qilish, ayniqsa qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va parrandachilik
mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlashtexnologik jarayonlarida, gidromeliorativ tizimlarni
avtomatlashtirishda ko‘pgina noelektrik kattaliklarni yuqori aniqlikda o‘lchash talab qilinadi. Bu
kattaliklarga mexanik siljish, tezlik, kuch, tezlanish, deformatsiya, suv va suyuqliklar sathi va sarfi, bosim,
harorat, namlik, mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari va boshqa yuzdan ortiq parametrlar kiradi. Uzoq 
masofadan turib o‘lchash va ma’lumotlarni kam xatolik bilan masofaga uzatish kabi afzalliklarga ega 
bo‘lgan elektrik usullar va elektr o‘lchash vositalar yordamida bajariladi. 
Noelektrik kattaliklarni o‘lchashda qo‘llaniladigan vositalar xilma-xil bo‘lishiga qaramay,
o‘lchash usuli va vositalarning umumiy xususiyatlari hammavjud. Umumiylik shundan iboratki,
o‘lchanayotgan har qanday noelektrik kattalik avval unga proportsional bo‘lgan elektr (tok, kuchlanish, 
qarshilik, chastota va boshqalar) kattaligiga aylantiriladi, keyin esa elektr o‘lchash asbobi yordamida 
o‘lchanadi. Noelektrik kattaliklarni o‘lchashda ishlatiladigan o‘zgartgichlarga qo‘yiladigan asosiy talab
– o‘lchash ma’lumotini aniqligi va jarayonni to‘g‘ri aksettirishdir. O‘lchanayotgan kattalikni 
o‘zgartirish usuliga (bevosita, bilvosita yoki muvozanatlash) ko‘ra u yoki bu turdagi xatoliklar yuzaga 
keladi. 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin