114
ushlab turish uchun xizmat qiladi. Impulsli naychalarni va idishni to‘latuvchi suyuqliklar zichliklarining
tengligida, va h1 = h2 shartda bosim farqi faqat idishdagi suyuqlikning h sathiga bog‘liq.
Bosim ostida ishlaydigan asboblarda sathni o‘lchashda qo‘llanadigan sxema (9.2-rasm,v) rasmda
keltirilgan. Mazkur holatda 3 muvozanatlovchi idish sathning maksimal balandligiga mos ravishda
o‘rnatiladi va asbob bilan ulanadi. Asbobdagi P statik bosim ikkala impulsli naychalarga ham kelib tushadi,
shuning uchun bosimning
Δ
P o‘lchanayotgan farqini h=0 da
Δ
P=
Δ
Pmax, h=hmax da esa
Δ
P=0
ko‘rinishda tasvirlash mumkin.
Unifitsirlangan tokli yoki pnevmatik signalli difmanometrlardan foydalanilishning ko‘rib chiqilgan
sxemalarda, agarda idish agressiv suyuqlik bilan to‘latilgan bo‘lsa, u holda difmanometrni idishga ulanishi
ajratuvchi idishlar orqali amalga oshiriladi.
O‘zida gidrostatik bosimni o‘lchash amalga oshiriladigan, idishni to‘latuvchi(to‘ldiruvchi) suyuqlikda
fiksatsiyalangan(aniq belgilangan) chuqurlikda cho‘ktirilgan(botirilgan) naycha ichidan haydaladigan gaz
bosimini o‘lchash yo‘li bilan, sath o‘lchagich pezometrik deb nomlanadi.
Pezometrik sath o‘lchagichning
sxemasi (9.2-rasm,g) rasmda keltirilgan.
Pezometrik naycha 1 sath o‘lchanadigan asbobning ichida
joylashtiriladi. Gaz 2 naycha orqali sarfni cheklash uchun xizmat qiladigan drosselga kelib tushadi.
Stakancha 3 gazning sarfini o‘lchash uchun xizmat qiladi.
Vaqt birligi ichida suyuqlik to‘latilgan
idish orqali o‘tayotgan pufakchalarning sonini sanash orqali sarf aniqlanadi.
Bosim v stakanchadagi bosim
4 bosim stabilizatori yordamida o‘zgarmas qilib ushlab turiladi. Bosim gaza posle drosseldan keyingi gaz
bosimi difmanometr bilan o‘lchanadi va sathning o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi.
Gaz(havo) uzatilganda pezometrik naychada bosim asta-sekin h balandlikdagi suyuqlik ustunining
bosimiga teng bo‘lgunga qadar ortadi. Qachonki naychadagi bosim gidrostatik bosimga teng bo‘lsa,
naychalarning pastki ochiq qismidan gaz chiqishi boshlanadi. Sarf shunday tanlanadiki, naychandan gaz
alohida pufakchalar ko‘rinishda ajralib chiqib boshlaydi.
Pezometrik sath o‘lchagichlar sathni keng chegaralarda o‘lchash imkonini beradi: bir necha o‘n
santimetrdan 10-15 m gacha. Pezometrik yo‘l bilan naychadagi bosimni o‘lchashda unifitsirlangan chiqish
signalli difmanometr bilan foydalanishda keltirilgan xatolik ±(1,0-1,5)% ni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: