116
Sig‘imli sath o‘lchagich o‘lchashlarning 0 - 0,4 dan 0-20 m gacha poyonida o‘lchashlarni sathning
ishchi muhit harorati -60 dan to +100
o
C gacha va ishchi muhit bosimi 2,5 – 10 MPa gacha, aniqlik sinflari
0,5; 1,0; 2,5 qilib ishlab chiqiladi.
Ko‘rib chiqilgan sezgir elementlar bazasida ishlab chiqilgan portlashga xavifsiz “neftmaxsuloti –
suv” suyuqliklar va boshqa turli qiymatli nisbiy dielektrik singdiruvchanlikka ega suyuqliklar va boshq.
bo‘linish sathini signalizatorlari(xabar bergichlari).
To‘kiluvchan(donador) muhitlar sig‘imi, sathini o‘lchagich ishlab chiqilgan. Sath o‘lchagichlarning
yuqoridagi o‘lchashlar chegarasi 4 – 20 m, aniqlik sinfi 2,5.
Sathning konduktometrik signalizatori(xabar bergichi). Ushbu rusumli sath o‘lchagich
elektro‘tkazuvchan suyuq muhitlar va to‘kiluvchan(donador) materiallar sathni signalizatsiyasi(xabar
berishi) uchun mo‘ljallangan. Suyuqlikning yuqorigi chegarasidagi sathning signalizatori(xabar bergichi)
sxemasi (2.6.3-rasm) rasmda keltirilgan. Sxemaga mos ravishda sath h qiymatga erishganida 1 elektrod
va texnologik asbobning korpusi oralig‘idagi elektrli zanjir berkiladi(qisqa tutashadi).
Mazkur holatda
o‘zining kontaktlari bilan signal(xabar) berish sxemasiga ulangan 2 rele ishga tushadi.
To‘kiluvchan(donador) muhitlar sathning konduktometrli signalizatori(xabar bergichi) ishlashi qarab
chiqilganlarga o‘xshash bo‘ladi. Konduktometrli signalizatori(xabar bergichi)da qo‘llanadigan elektrodlar
maxsus markali po‘latdan yoki ko‘mirdan tayyorlanadi, bunda ko‘mirli elektrodlar faqatgina suyuq
muhitlar sathnini o‘lchashda qo‘llanadi.
Dostları ilə paylaş: