110
II bob. 9-mavzu.
SUYUQLIK VA GAZ SARFINI O‘LCHAYDIGAN ASBOBLAR.
Reja:
9.1. Umumiy ma’lumotlar va klassifikatsiyasi(tasniflanishi).
9.2. Mexanik sath o‘lchagichlari.
9.3. Sathni o‘lchashning gidrostatik vositalari.
9.4. Sathni o‘lchashlarning elektr vositalari.
9.5. Radioizotopli, radioto‘lqinli va akustik sath o‘lchagichlari.
9.1. Umumiy ma’lumotlar va klassifikatsiyasi(tasniflanishi)
Texnologik apparat ishchi muhiti – suyuqlik yoki to‘kiluvchan(donador) jismlar bilan to‘ldirilish
balandligiga sath deyiladi. Ishchi muhitdagi sath texnologik parametr bo‘lib, u haqidagi axborot texnologik
apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun, ba’zi bir hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini boshqarish
uchun zarurdir.
Sathni chegaralashning zamonaviy usullari va ulardan foydalanishga asoslangan jihozlar turli -
tumandir.
Sath o‘lchagich quyidagilarga bo‘linadi: sathni uzliksiz o‘lchash asboblariga, yoki sathning
ko‘rsatkichlari, va indikatorlari, yoki signalizatorlariga. Uzliksiz nazorat qilishga mo‘ljallangan sathning
o‘lchagchlari texnologik sig‘imlarda sathning tezkor o‘zgarib turishida ishlatladi. Sathning
signalizatorlari(xabar bergichlari) diskretli o‘lchashlarni bajarish uchun bir yoki bir nechta aniq
belgilangan(fiksatsiyalangan) holatini aniqlashda sezgir elementlar o‘rnatish joyida ishlatiladi. Texnologik
jarayonlarni avtomatik rostlash va boshqarish tizimlarida sathni ko‘rsatkichlari va signalizatorlari(xabar
bergichlari) birlamchi axborot datchiklari sifatida keng foydalaniladi.
Ishlash tamoyili bo‘yicha asboblar sathni o‘lchash uchun va signal(xabar) beruvchi quyidagi
guruhlarga bo‘linadi: mexanicheskli(qalqovichli, membranali, kontaktli-mexanikli); gidrostatik, elektrli,
radioizotopli, radioto‘lqinli, akustik, og‘irlikli va boshq.
O‘lchash diapazoni(poyoni, kengligi) bo‘yicha: o‘lchash chegaralari 0-20 m li keng poyonli sath
o‘lchagichlari va o‘lchash chegaralari - 0 - ±100 mm yoki 0 - ±450 mm tor poyonli[16,17].
Dostları ilə paylaş: