Elektrotehnika va elektronika


Transformatorlarning nominal rejimi



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

Transformatorlarning nominal rejimi
deb ishlab chiqargan korxona tayyorlagan pasportda 
ko‘rsatilgan rejimga aytiladi. 
Transformatorlarning nominal qiymatlari
- quvvat, kuchlanishlar, toklar, chastota va h.k. 
transformatorlarning pasportida ko‘rsatilgan bo‘lib, u transformatorlarning nominal rejimini ko‘rsatuvchi 
boshqa qiymatlar, masalan, FIK kabilarga ham taalluqlidir. 
Transformatorlarning nominal quvvati
deb, ikkilamchi chulg‘amda Volt-Amper bilan o‘lchangan 
va pasportda ko‘rsatilgan quvvatga aytiladi. 
Transformatorlarning nominal birlamchi kuchlanishi
deb, pasportda ko‘rsatilgan kuchlanishga 
aytiladi; agar birlamchi chulg‘am ulamalari mavjud bo‘lsa, u holda nominal kuchlanish alohida ta’kidlanadi. 
Transformatorlarning nominal ikkilamchi kuchlanishi
deb birlamchi chulg‘amda nominal 
kuchlanish bo‘lib, yuksiz ishlagandagi ikkilamchi kuchlanishga aytiladi; agar ikkilamchi chulg‘am ulamalari 
mavjud bo‘lsa, uning nominal kuchlanishi alohida ta’kidlanadi. 
Transformator birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlari nominal toklari 
deb transformator 
pasportida ko‘rsatiladigan va nominal quvvat va nominal kuchlanishlar bilan ma’lum bog‘lanishda bo‘lgan 
birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar toklariga aytiladi. Bunda transformator FIK i 100% ga yaqin deb faraz 
qilinib ikkala chulg‘am nominal quvvatlari teng qilib olinadi.
Evropa va Osiyo davlatlaridagi kabi, O‘zbekiston Respublikasida ham kuchlanish chastotasi 50 (Gts) 
qabul qilingan. 
Bulardan tashqari transformatorlar o‘zgaruvchan tok fazalar soni va chastotasi qiymatini 
o‘zgartiradigan qurilmalarda ham qo’llaniladi. 


125 
O‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilovchi (o‘zgarmasga aylantiruvchi) va o‘zgarmas tokni invertorlovchi 
(o‘zgaruvchanga aylantiruvchi) yarim o‘tkazgich asboblari bo’lgan sxemalarda ishlatiluvchi 
transformatorlar 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin