Elektrotehnika va elektronika


 Bir fazali transformatorlarning konstruktiv tuzilishi va ishlash tamoyili



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

10.2. Bir fazali transformatorlarning konstruktiv tuzilishi va ishlash tamoyili.
Transformator deb bir kuchlanishli o‘zgaruvchan tokni boshqa kuchlanishli o‘zgaruvchan tokka 
aylantiruvchi statik elektromagnit qurilmaga aytiladi.
Kuchlanishning kuchayishi o’z navbatida tokni proportsional kamayitirib, uzatish tarmog‘idagi 
quvvatlar isrofi aynan ushbu tokning kvadratiga proportsional holda kamayadi. Shu sababli barcha elektr 
stansiyalarida kuchaytiruvchi transformatorlar o’rnatiladi. 
Kuch transformatorlari (KT) deb elektr energiyasini qabul qiluvchi, uzatuvchi yoki tarqatuvchi 
enegiya tizimlarda qo‘llanuvchi transformatorlarga aytiladi.


123 
Transformatorlar asosiy va yordamchi qismlardan iborat. Asosiy qismga transformatorlarning 
elektromagnit jarayonlarini vujudga keltiruvchi chulg‘amlar (10.2-rasm. 1) va magnit oqimni kuchaytiruvchi 
magnit o‘zak (10.2-rasm. 2) kiradi. Yordamchi qismlar esa transformatorning quvvati, kuchlanishi, turlari 
va hakozalarga qarab bir necha o’nlab bo‘laklardan iborat. Ular qatoriga moyli transformatorning baklari, 
tarmoqni va chulg‘amlarni bog‘lovchi izolyatorlar va boshqalar kiradi. 
Tok turiga qarab transformatorlar bir fazali, uch fazali va ko‘p fazalilarga bo‘linadilar. Ko‘p fazali 
transformatorlar chulg‘ami deb ma’lum usulda o‘zaro ulangan hamma fazalarning bir xil kuchlanishli 
chulg‘amlari majmuasiga aytiladi. 
10.2 – rasm. Bir fazali transformatorning magnit o‘zak va chulg‘amlari. 
Transformatorlarning elektr energiyani qabul qiluvchi chulg‘ami - birlamchi, iste’molchiga 
energiyani uzatuvchi chulg‘ami - ikkilamchi chulg‘am deyiladi. Nomlariga o‘xshash, har bir chulg‘amga 
qarashli qiymatlar (masalan, tok, kuchlanish, quvvat, qarshilik va h.k) birlamchi va ikkilamchi qiymatlar 
deyiladi (birlamchi tok, ikkilamchi induktiv qarshilik, va h.k). Transformatorlarning yuqoriroq kuchlanishli 
tarmoqqa ulangan chulg‘ami yuqori kuchlanishli (yu.k.) chulg‘am deyiladi. Kichikroq kuchlanishli tarmoqqa 
ulangan chulg‘ami quyi kuchlanishli (q.k.) chulg‘ami va nihoyat, uch chulg‘amli transformatorlarning yu.k. 
yoki q.k. chulg‘amlariga taaluqli bo‘lmagani - o‘rta kuchlanishli (o‘.k.) chulg‘am deyiladi. Agar ikkilamchi 
chulg‘am kuchlanishi birlamchinikidan kichikroq bo‘lsa transformator pasaytiruvchi, aks holda 
kuchaytiruvchi deyiladi. 
Bitta birlamchi va bitta ikkilamchi chulg‘amli transformator ikki chulg‘amli transformator deyiladi. 
Har bir fazada uchtadan chulg‘ami bo‘lgan, masalan, bitta yuqori kuchlanishli va ikkita quyi kuchlanishli 
yoki teskarisi - bitta quyi kuchlanishli va ikkita yuqori kuchlanishli transformatorlar uch chulg‘amli deb 


124 
ataladi. Bir fazali yoki uch fazali transformatorlarning bir fazasida uchtadan ko‘proq chulg‘ami bo‘lishi 
mumkin. Bunday transformatorlar ko‘p chulg‘amli transformatorlar deyiladi. 
Kuch transformatorlari tuzilishi bo‘yicha ikki turga bo‘linadi: moyli va quruq transformatorlar. Moyli 
transformatorlarda magnit o‘zak va chulg‘amlar yaxshi izolyator va sovutuvchi modda hisoblangan 
transformator moyi to‘ldirilgan idishga joylashtiriladi. Transformator moyi chulg‘am izolyatsiyalarini 
havoning zararli ta’siridan ham saqlaydi. 
Ulamali transformatorlar deb transformatsiyalash koeffitsientlarini o‘zgartirish uchun 
chulg‘amlarda maxsus ulamalari bo‘lgan transformatorlarga aytiladi. 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin