Elektrotehnika va elektronika


o‘zgartkich transformatorlari



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

o‘zgartkich transformatorlari
(O’T) deyiladi. Quvvati bir necha Volt-Amperdan bir 
necha yuz mega Volt-Ampergacha (MVA) bo‘lgan o‘zgartkich transformatorlari sanoat korxonalarining 
elektr uskunalarida qo‘llaniladi. 
Elektrotermik o’choqlarda (o’choq transformatorlari), elektr payvandlash, elektr transporti 
uskunalari, elektron sxemalar, tok va kuchlanish o‘lchagichlari sxemalarida maxsus transformatorlar 
qo‘llaniladi. 
Transformator magnit o‘tkazgichi - 
magnit o‘tkazgich deb magnit zanjirni hosil qiluvchi 
elektrotexnik po‘lat tunukachalar majmuasiga aytiladi. Magnit o‘tkazgichlarning turlariga qarab 
transformatorlar ustunli va qobiqli (bronevoe) transformatorlarga aytiladi. Ustunli magnit 
o‘tkazgichlarda transformatorlarda transformatorning chulg‘amlari magnit o‘zaklarga o‘rnatiladilar. 
Bunday magnit o‘zaklar deyarli hamma o‘rta va yirik quvvatli transformatorlarda qo‘llaniladi. 
Qobiqli magnit o‘tkazgichlarda chulg‘amlar o‘zaklar bilan qisman o‘ralgan bo‘ladi. Bunday 
transformatorlar kichik quvvatli sxemalarda ishlatiladi. Magnit o‘zak qalinligi 0,35 yoki 0,5 mm bo‘lgan 
maxsus elektrotexnik po‘lat tunukachalardan yig‘iladi. Hozirgi zamon transformatorlari asosan ikki xil 
transformator po‘latlaridan: issiq jo‘valangan (goryachekatanaya) va sovuq jo‘valangan (xolodnokatanaya) 
po‘latlardan yasaladi. 
Transformator chulg‘amlari - 
transfomatorlarning chulg‘amlari bir qancha talablarni qoniqtirishi 
shart. Bulardan asosiylari quyidagilar: 
chulg‘am uchun ishlatiladigan misning kamyobligini hisobga olib, uning ishlab 
chiqarilishidagi xarajatlari minimal va transformatorning ishlash jarayonidagi foydali ish koeffitsienti 
mumkin qadar maksimal bo‘lishi lozim;
chulg‘amning issiqlik ajratish jarayoni standart talablarini qondirishi shart, agar chulg‘am 
harorati bu shartdan oshsa, transformatorning xizmat muddati keskin qisqaradi; 
transformatorning bexosdan qisqa tutashuvidan hosil bo‘ladigan elektrodinamik 
kuchlarning(zarbalarning) chulg‘amga ta’siri ayanchli bo‘lmasligi lozim; 
kuchlanishning bexosdan oshib ketishiga chulg‘amning elektrik va mexanik bardoshlik 
qobiliyati mavjud bo‘lishi shart. 


126 
Yuqori kuchlanishli (yu.k.) va quyi kuchlanishli (q.k.) chulg‘amlarning bir-biriga nisbatan 
joylashishiga ko‘ra chulg‘amlar ikki turga bo‘linadi:
a)
kontsentrik
b)
almashinuvchi chulg‘am. 
O’zgaruvchan magnit oqim chulg’amlarda EYuK hosil qiladi 
(10.1) 
Transformatsiya koeffitsiyenti 
(10.2)
Transformatorning ishlashi ikki yoki, umumiy holda, bir necha bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almas 
konturlarning elektromagnit ta’siri hodisasiga asoslangan. 10.3-rasmda bir fazali ikki chulg‘amli 
transformatorning prinsipial sxemasi keltirilgan. Agar birlamchi chulg‘amga (

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin