Elektrotehnika va elektronika



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

Nazorat savollari 
1.
Sathni o‘lchashning usullari va vositalari haqida nimalarni bilasiz? 
2.
Qalqovuchli(a) va kontaktli-mexanik satho‘lchagichlarning tamoyilli sxemasi haqida
 
nimalarni
 
bilasiz ? 
3.
Mexanikli sath o‘lchagichlar turlari ? 
4.
Gidrostatik satho‘lchagichlar bilan sathni o‘lchash schemalari ? 
5.
Sathni o‘lchash elektrli vositalarining sxemalarini tushintiring. 
6.
Sathning radioizotopli indikatori strukturali sxemasi haqida nimalarni
 
bilasiz ? 
7.
Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlarning ishlasi tamoyili va guruhlari? 
8.
Radiointerferensiyali sath o‘lchagichning strukturali(tarkibli) sxemasini tushintiring. 
9.
Ultratovushli sath o‘lchagichning ishlashi ? 


120 
III bob. ELEKTR MASHINALARI. 
III bob. 10-mavzu.
TRANSFORMATORLAR. UCH FAZALI TRANSFORMATORLAR.
Reja:
9.1.
Transformatorlarning qo’llanilishi. 
9.2.
Bir fazali transformatorlarning konstruktiv tuzilishi va ishlash tamoyili. 
9.3.
Uch fazali transformatorlar. 
9.4.
Maxsus transformatorlar. 
 
10.1. Transformatorlarning qo‘llanilishi.
Hozirda ishlab chiqarishning barcha sohalarida turli xil 
elektr mashinalari, transformatorlar va boshqa elektr asbob–uskunalari ishlatilmoqda. Elektr mashinalari 
va transformatorlar ma’lum quvvatga mo‘ljallab tayyorlanadi. Bu quvvat mashina ishlaganda undan ajralib 
chiqadigan issiqlik miqdori bilan aniqlanadi. Har bir elektr mashinasi, transformator yoki boshqa elektr 
asbobining pasportida ularning normal sharoitda ishlashini xarakterlovchi kattaliklarning nominal 
qiymatlari, masalan, nominal quvvati, nominal kuchlanishi, nominal toki va boshqalar ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Amalda ishlatiladigan elektr asbob–uskunalarining nominal kuchlanishi 6 V, 12 V, 24 V, 36 V, 127 V, 
220 V, 380 V, 660 V, 6 kV, 10 kV, 35 kV, 110kV va boshqalarga teng bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina shaharlarda 
past kuchlanishli elektr tarmog‘ining kuchlanishi U = 220 V ga teng. Ba’zan kuchlanishi 127 V bo‘lgan 
iste’molchini kuchlanishi 220 V bo‘lgan elektr tarmog‘iga ulab ishlatish kerak bo‘lib qoladi. Bunday 
iste’molchini 220 V li elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan–to‘g‘ri ulash mumkin emas; bu holda uni elektr 
tarmog‘iga kuchlanishni pasaytiruvchi transformator orqali ulanadi. 
Elektr tarmoqlarida elektr energiyasini ma’lum masofaga uzatishda (kuchlanishni oshirish uchun) 
va uni iste’molchilar orasida taqsimlashda (yuqori kuchlanishni pasaytirish uchun) transformatorlar keng 
ishlatiladi. 
Elektr energiyasi turli xil elektrostansiyalarda ishlab chiqariladi. Odatda, elektrostansiyalar tabiiy 
energetika resurslari mavjud bo‘lgan rayonlarda quriladi. Bunday rayonlar esa ko‘pincha sanoat 
markazlaridan ancha uzoqda bo‘ladi. Elektrostansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi elektr 
uzatish liniyalari orqali sanoat markazlariga, ya’ni iste’molchilarga uzatiladi. So‘nggi vaqtlarda elektr 
energiyasi uzatilishi lozim bo‘lgan masofa va uzatiladigan quvvatlar tobora ortib bormoqda. Elektr 
energiyasi ma’lum masofaga uzatilganda liniya simlarida sodir bo‘ladigan quvvat isrofi mumkin qadar kam 


121 
bo‘lishi lozim. Shundagina elektr uzatish liniyasining foydali ish koeffitsienti katta bo‘ladi, ya’ni 
iste’molchilarga ko‘proq energiya etib boradi. Energiya uzatuvchi liniya simlarida quvvat isrofi, asosan, 
ulardan o‘tuvchi tok kuchining kvadratiga hamda liniya simlarining aktiv qarshiligiga bog‘liqdir. Tok kuchi 
qancha katta bo‘lsa, quvvat isrofi shuncha katta bo‘ladi. Liniyalarda tok kuchi katta bo‘lsa, bu simlarning 
ko‘ndalang kesim yuzalarini katta qilib olishga to‘g‘ri keladi. Quvvat isrofini kamaytirish uchun simlarning 
aktiv qarshiligini kamaytirish lozim. Ma’lum uzunlikdagi simning aktiv qarshiligini, asosan, uning ko‘ndalang 
kesim yuzini kattalashtirish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. 
Liniyalarda ko‘ndalang kesim yuzi katta bo‘lgan simlarning ishlatilishi elektr uzatuvchi liniyalar 
uchun sarflanadigan rangli metallar (mis, alyuminiy va boshqalar) sarfini ko‘paytiradi hamda simlarning 
og‘irligini oshirib yuboradi. Og‘ir simlarni ko‘tarib turish uchun baqquvat tayanchlar o‘rnatish lozim bo‘ladi. 
O‘z navbatida bunday tayanchlar uchun ko‘p metall va yog‘och materiallar sarflash talab qilinadi. Bunday 
sharoitda elektr energiyasini ma’lum masofaga uzatish ancha qimmatga tushadi va ba’zan maqsadga 
muvofiq bo‘lmay qoladi. 
Bu masalani boshqacha hal qilish mumkin. Ma’lumki, elektr tokining quvvati, asosan, kuchlanish va 
tok kuchi qiymatlarining ko‘paytmasi 
P= UI 
bilan aniqlanadi. Bu formulaga muvofiq, ma’lum quvvatda 
kuchlanish katta bo‘lsa, tok kuchi kichkina bo‘ladi va aksincha. Ma’lum quvvatni uzoq masofaga uzatishda 
kuchlanish qiymati necha marta oshirilsa, simlardan o‘tadigan tok kuchining qiymati shuncha marta 
kamayadi. Energiya uzatishda liniya simlarida tok kuchi kichik bo‘lsa, kuchlanish pasayishi ham, quvvat 
isrofi ham kam bo‘ladi. Bundan tashqari, tok kuchi kichkina bo‘lganda elektr uzatish liniyalarida ko‘ndalang 
kesim yuzi kichikroq bo‘lgan simlar ishlatishga imkon yaratiladi. Natijada liniya qurish uchun sarflanadigan 
rangli metallar hamda tayanchlar qurish uchun ishlatiladigan metall va yog‘och materiallar sarfi 
kamayadi. Elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish tannarxi arzonlashadi. Demak, elektr energiyasini 
uzoq masofaga kuchlanish qiymatini oshirib uzatish foydali ekan. 
O‘zgaruvchan tok kuchlanishi qiymatini transformatorlar yordamida istalgancha oshirish ham, 
pasaytirish ham mumkin. Energetika sistemalarida va yuqori hamda past kuchlanishli elektr tarmoqlarida 
kuchlanish qiymatini oshirib beruvchi yoki kamaytirib beruvchi transformatorlar keng ishlatiladi. 
Katta quvvatli elektr energiyasini, ayniqsa uzoq masofalarga uzatish va so’ngra uni elektr 
iste’molchilarning talabiga mivifiq taqsimlashda transformatorlar eng qulay apparat sifatida qabul 
qilingan [4]. 


122 
Hozirgi vaqtda elektrostansiyalarda ishlab turgan yoki yangi o‘rnatilayotgan generatorlarning 
nominal kuchlanishi 6...30 kV dan oshmaydi. Energiyani uzoq masofaga, chunonchi 10...30 kV kuchlanishda, 
uzatish (yuqoridagi mulohazalar asosida) maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Shuning uchun katta quvvatlarni 
uzoq masofaga uzatishda o‘ta yuqori kuchlanishlardan (masalan, 110 kV,
220 kV, 500 kV, 750 kV va hokazo) 
foydalaniladi. Bunday liniyalarda quvvat isrofi ancha kamayadi, energiya uzatish liniyasining FIK katta 
bo‘ladi. Shuning uchun ham har bir elektr stansiya qoshidagi podstansiyada kuchlanishni bir necha o‘n 
marta oshirib beradigan kuch transformatorlari o‘rnatiladi. (10.1-rasm)
10.1–rasm. Elektr ta’minitida qo’llaniladigan kuch transformatorlari. 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin