Elektrotehnika va elektronika



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

2. Tok transformatorlari.
Tok kuchini o‘lchashda katta toklarni kamaytirish yoki kichkina toklarni 
ko‘paytirib berish uchun ishlatiladi. Bu transformatorlar magnit o‘zak va ikkita chulg‘amdan iborat. 
Birlamchi chulg‘ami o‘lchanishi lozim bo‘lgan katta tok zanjiriga ketma–ket ulanadi. Uning o‘ramlari soni 
kichkina, ko‘pincha, 
w
1
=1 bo‘ladi, qismalari 
L
1
va 
L
2
harfi bilan belgilanadi. Bu chulg‘am ko‘pincha 
to‘rtburchak qirqimli yo‘g‘on mis simdan o‘raladi. Tok transformatori ikkilamchi chulg‘amining o‘ramlar 
soni ko‘p bo‘ladi. qismalari 
U
1
va 
U
2
harfi bilan belgilanadi (10.8.–rasm). 
Tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘am zanjiriga ichki qarshiligi kichkina (0,05 Om va undan 
kichik) bo‘lgan o‘lchov asboblari (masalan, ampermetr, vattmetr va schyotchiklarning tok g‘altaklari) 
ketma–ket ulanadi. Tok transformatorlarida birlamchi chulg‘am toki 0,1 A dan 10000 A gacha bo‘lishi 
mumkin. Ikkilamchi chulg‘amning nominal toki sifatida 5 A tok qabul qilingan. 
10.8 – rasm. Tok transformatorlari va ularning ulanish sxemasi.


135 
Ikkilamchi chulg‘am zanjiriga ulangan asboblarning qarshiliklari juda kichkina bo‘lgani uchun tok 
transformatorlari normal sharoitda qisqa tutashish sharoitiga yaqin sharoitda ishlaydi. Ikkilamchi 
chulg‘am zanjiriga istalgancha ko‘p o‘lchov asboblari ulab bo‘lmaydi, bunda yuklama ko‘payib ketishi 
natijasida tok transformatorining aniqligi buziladi. Tok transformatorlarida yuklama qarshiligi 0,2 ... 2 Om 
dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Har bir tok transformatorining pasportida yuklamaning nominal qarshiligi 
ko‘rsatiladi. Tok transformatorida ikkilamchi chulg‘amning nominal quvvati 5 Vt dan 100 Vt gacha bo‘ladi. 
Tok transformatori ishlaganda uning po‘lat o‘zagida juda kichkina magnit oqimi hosil bo‘ladi, bu 
oqimni hosil qiladigan magnitlovchi kuch ham kichkina bo‘ladi. 
Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti: 
.
1
2
2
1
I
I
К
Т
(10.8) 
Har bir tok transformatori pasportida uning transformatsiya koeffitsienti K
t
ko‘rsatiladi. Unda 
birlamchi chulg‘am toki: 
I
1

K

∙ 
I
2
(10.9) 
Demak, ampermetr ko‘rsatayotgan tokni transformatsiya koeffitsientiga ko‘paytirib birlamchi 
chulg‘amdan o‘tayotgan katta tok qiymatini aniqlash mumkin ekan. Ko‘pincha elektr o‘lchov asboblari 
ulangan zanjir yuqori kuchlanpshli zanjirdan tok transformatori vositasida ajratiladi. Birlamchi chulg‘am 
izolyatsiyasi buzilsa, yuqori kuchlanishning ikkilamchi chulg‘am zanjiriga o‘tishi juda xavfli. SHuning uchun 
ikkilamchi chulg‘am qismalaridan biri va po‘lat o‘zak yerga ulangan bo‘lishi kerak. Tok transformatori 
ishlab turganda ikkilamchi chulg‘am zanjiri uzilib qolsa, birlamchi chulg‘amdagi katta tok magnitlovchi tok 
bo‘lib qoladi, oqibatda magnit oqimi ko‘payib ketadi. Normal sharoitda juda kichkina bo‘lgan ikkilamchi 
chulg‘am kuchlanishi juda ko‘payib ketadi, bu esa xodimlar uchun juda xavflidir. Po‘lat o‘zakda quvvat isrofi 
ko‘payib ketishi natijasida transformator qizib ketadi va buziladi. Ikkilamchi chulg‘am zanjiri uzilib 
qolmasligi uchun bu maqsadda ko‘ndalang qirqimi 2,5...4 mm bo‘lgak yo‘g‘on mis simlar ishlatilishi kerak. 
Agar birlamchi chulg‘amdan tok o‘tib turganda ikkilamchi chulg‘amga o‘lchov asboblari ulan–maydigan 
bo‘lsa, bu chulg‘am qisqa tutashtirib qo‘yilishi lozim. Agar tok transformatorining yuklamasi ko‘payib 
ketsa, o‘lchashdagi xatolik ko‘payib ketadi. Tokni o‘lchashdagi xatolik quyidagicha aniqlanadi: 
%
100
/
1
1
1
2
2
1
I
I
I
f
(10.10) 


136 
Klassi 0,2; 0,5; 1; 3; 10 bo‘lgan tok transformatorlari uchun birlamchi tok nominal qiymatga ega 
bo‘lganda, o‘lchashdagi xatolik mos holda 0,2; 0,5; 1; 3 va 10% dak ortmasligi kerak. 
Bundan tashqari, tok transformatorlarida burchak xatoligi 
δ
1
ham bo‘ladi. Burchak xatoligi 0,2; 0,5 
va 1 klass tok transformatorlari uchui, mos holda, 10, 40 va 80 min dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
Magnitlovchi tok ortsa, transformatorning ikkala xatoligi ham ortadi. 
O‘lchov transformatorlari yordamida quvvat va sarflanadigan energiya ham o‘lchanadi. YUqori 
kuchlanishli va katta tokli zanjirlarga vattmetr va schyotchiklar kuchlanish hamda tok transformatorlari 
orqali ulanadi. Bunda ularning tok g‘altaklari tok transformatoriga, kuchlanish g‘altaklari esa kuchlanish 
transformatoriga ulanadi. Birlamchi zanjir quvvatini aniqlash uchun vattmetr ko‘rsatayotgan qiymatni (W) 
tok va kuchlanish transformatorlarining transformatsiya kozffitsientiga ko‘paytirish lozim, ya’ni: 
P
1
=
W
∙ 
K
k
∙ 
K
t
. (10.11) 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin