Elektrotehnika va elektronika


Kuchlanishi tekis rostlanadigan transformator (avtotransformator) –



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

Kuchlanishi tekis rostlanadigan transformator (avtotransformator) –
Transformatorlarning kuchlanishi ko‘pincha pog‘onali rostlanadi. Ko‘p hollarda transformator 
kuchlanishini katta diapazonda(poyonida) juda tekis rostlash talab qilinali. Ko‘pincha bu maqsadda 
chulg‘amning izolyatsiyalanmagan tashqi yuzasida sirpanadigan kontakt cho‘tkalar ishlatiladi va shu 
asosda ulanadigan chulg‘am o‘ramlarini tekis o‘zgartiriladi. Bu usul kichik quvvatli avtotransformator 
(LATR) larla qo‘llaniladi. Katta quvvatli transformator va avtotransformatorlarda kuchlanishni o‘zgartirish 
uchun o‘ram qismi qisqa tutashganda qisqa tutashish tokini chegaralovchi qarshilikli ikkita cho‘tka 
ishlatiladi. Amalda qo‘zg‘aluvchan chulg‘amli yoki qo‘zg‘aluvchan o‘zakli transformatorlar ham qo‘llaniladi. 
10.9-rasm. A
vtotransformator.


137 
Bunda transformatorning parallel ulangan ikkita birlamchi chulg‘ai sterjenning pastida va 
yuqorisida o‘rnatiladi. 
Ikkilamchi chulg‘ami esa qo‘zg‘aluvchan o‘zakda o‘rnatiladi. O‘zak surilganda ikkilamchi chulg‘am 
bilan qurshaladigan magnit oqimi o‘zgaradi va kuchlanish qiymati +
U
2
dan (ikkilamchi chulg‘am yuqorida) - 
U
2
gacha (pastda) juda tekis o‘zgaradi. 
So‘nggi vaqtlarda o‘zgarmas tok bilan qo‘shimcha magnitlanadigan ele-mentli (kuchlanishi tekis 
rostlanadigan) transformatorlar ishlatilmoqda. Bunday bir fazali transformatorning birlamchi va 
ikkilamchi chulg‘amlari ikkita chekka sterjenlarga o‘rnatiladi (10.10–rasm). Sterjenlar orasida magnit 
shunti bo‘ladi. Magnit shunti ham maxsus po‘latdan yig‘iladi. Magnit shunti chulg‘amlarning elektromagnit 
aloqasini pasaytiradi, sochilma oqimlar esa ko‘payadi.
Foydali oqim chekka sterjenlar bilan qurshaladi. Agar kichkina magnitlovchi tok e’tiborga olinmasa, 
I
1
va 
I
2
toklar magnit shunti orqali qurshaladigan sochilma oqimlar F
s1
va F
s2
ni hosil qiladi.
10.10-rasm. Qo’shimcha magnitlovchi chulg’amli bir fazali transformator. 
Sochilma oqim katta bo‘lgani uchun chulg‘amlarning induktiv qarshiligida kuchlanish pasayishlari 
(
jI
1
x
1
va 
jI
2
x
2
) katta bo‘ladi va ikkilamchi kuchlanish ancha kamayadi. Magnit shuntining ikkita sterjenida 
o‘zgarmas tok manbaiga ulanadigan qo‘shimcha magnitlovchi chulg‘am o‘raladi. O‘zgarmas tok hosil 
qiladngan magnit oqimi faqat shunt orqali berkiladi. Tok qancha katta bo‘lsa, magnit oqimi ham shuncha 
katta bo‘ladi, bunda o‘zak kuchliroq to‘yinadi. Natijada F
s1
va F
s2
oqimlar kamayadi, bu esa ikkilamchi 


138 
chulg‘am kuchlanishining ko‘payishiga olib keladi. O‘zgarmas tok qiymatini o‘zgartirib, ikkilamchi chulg‘am 
kuchlanishi qiymatini juda tekis o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Nazorat savollari: 
1.
Transformatorlar qanday maqsadlarda qo’llaniladi? 
2.
Bir fazali transformatorlarning konstruktiv tuzilishi.
3.
Bir fazali transformatorlarning ishlash tamoyili.
4.
Uch fazali transformatorlarning konstruktiv tuzilishi. 
5.
Uch fazali transformatorlarning ishlash tamoyili.
6.
Qanday maxsus transformatorlarni bilasiz?


139 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin