n 1 = 60 f / p chastota bilan aylanuvchi magnit maydon hosil bo‘ladi. Aylanuvchan magnit maydon
rotor chulg‘amini kesib o‘tib, uning yopiq zanjiriga ega chulg‘amida EYuK hosil qiladi. Rotor chulg‘amidagi
tok bilan statordagi aylanuvchi magnit maydonning o‘zaro ta’siri natijasida aylantiruvchi elektromagnit
moment hosil bo‘lib, natijada motor
n 2 chastota bilan aylana boshlaydi. Aylantiruvchi momentni hosil
qiluvchi kuchlarning yo‘nalishi chap qo‘l qoidasi bilan aniqlanadi.
Dvigatelning statoriga berilgan elektr energiyasi elektromagnit jarayon natijasida rotorda
aylantiruvchi mexanik energiyaga aylanadi. Asinxron motorning aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun
stator chulg‘amining elektr tarmog‘iga ulanadigan har qanday ikki uchini o‘zaro almashtirish kifoya.
Bunda aylanuvchi magnit maydon va u tomon ergashib aylanuvchi rotorning aylanish yo‘nalishlari
teskariga o‘zgaradi. Rotorning aylanish
n 2 aylanuvchi magnit maydonining sinxron chastotasi
n 1 ga
nisbatan hamma vaqt kichik bo‘ladi. Agar
n 2 = n 1 bo‘lganda rotor chulg‘amida tok va aylantiruvchi moment
hosil bo‘lmaydi. Aylanuvchi magnit maydoni va rotor chastotalari ayirmasining sinxron chastotaga nisbati
sirpanish deb ataladi va
S harfi bilan belgilanadi. Demak, sirpanishning qiymati quyidagicha ifodalanadi:
(11-1)
Quvvati
1÷100 kVt gacha bo‘lgan normal tuzilishdagi asinxron motorlarning nominal yuklamasiga
tegishli nominal sirpanish
bo‘ladi. (11.2)
Asinxron mashinaning dvigatel rejimida
S = 0÷1 orasida o‘zgaradi.
Bunda
S = 0 - motorning ideal salt ish rejimi, ya’ni