Elektrotehnika va elektronika



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

III bob. 11-mavzu.
ASIXRON MASHINALAR. 
Reja: 
11.1. O‘zgaruvchan tok elektr mashinalarining asosiy turlari. 
11.2. Asixron mashinalarning tuzilishi va ishlash tamoyili. 
11.3. Asixron mashinalarning mexanik tavsiflari. 
11.4. Asixron motorning energetik diagrammasi. 
11.5. Asixron mashinalarni ishga tushirish, reverslash va aylanish tezligini rostlash. 
 
11.1. O‘zgaruvchan tok elektr mashinalarining asosiy turlari 
Asixron mashinalar sinusoidal o‘zgaruvchan tokda ishlashga mo‘ljallab ishlab chiqiladi. Ularning 
ishlash tamoyili uchta chulg‘amdan uch fazali tok o‘tganda aylanma magnit maydonining hosil bo‘lishiga 
asoslanadi. Hozirda uch fazali o‘zgaruvchan tok asixron mashinalari keng ishlatilmoqda. Asixron 
mashinalar uch guruhga bo‘linadi: a) kollektorsiz asinxron mashinalar; b) kollektorli asinxron mashinalar.
Asixron mashinalar asosan ikki qismdan iborat bo‘ladi: qo‘zg‘almas qism - stator; aylanadigan qism 
- rotor. Stator va rotor orasida havo oralig‘i bo‘ladi. Bu oraliq sinxron mashinalarda nisbatan kattaroq, 
asinxron mashinalarda kichkina (masalan, 0,2...3 mm) bo‘ladi. Asinxron va sinxron mashinalarda 
statorning tuzilishi deyarli bir xil; lekin ularning rotorlari tuzilishi jihatidan har xil bo‘ladi. Amalda bir va 
uch fazali asinxron va sinxron mashinalar keng ishlatiladi. Uch fazali mashinalar statorida uchta chulg‘am; 
bir fazali mashinalarda esa bitta chulg‘am bo‘ladi. 
Asinxron mashinalarda rotorining aylanish chastotasi aylanma magnit maydonining aylanish 
chastotasiga teng bo‘lmaydi, ya’ni ular sinxron aylanmaydi. Bunday mashinalar asinxron mashinalar 
deyiladi.
Asinxron mashinalar asosan dvigatellar sifatida ishlatiladi. Iqtisodiyotning turli sohalarida millionlab 
asinxron dvigatellar turli mexanizmlarni harakatga keltirmoqda. Umuman, sinxron va asinxron mashinalar 
generator sifatida ham, dvigatel sifatida ham ishlay oladi. Bundan tashqari, sinxron mashinalar sinxron 
kompensatorlar sifatida; asinxron mashinalar esa elektromagnit tormoz va chastota o‘zgartiruvchi 
mashina sifatida ishlatiladi. 
O‘zgaruvchan tokning kollektorli mashinalarida ham rotor aylanma magnit maydoni bilan bir xil 
tezlikda aylanmaydi va bu jihatdan ular asinxron mashinalar hisoblanadi. Lekin bunday mashinalarda 
kollektor bo‘lganligi sababli ular alohida guruhni tashkil qiladi. Kollektorli mashinalar ko‘proq dvigatel 


140 
sifatida ishlatiladi. Ularning ishlash tamoyili o‘zgarmas tok mashinalarining ish tamoyiliga yaqin. 
O‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalari amalda kam ishlatiladi.
Elektr mashinalarning ferromagnit o‘zagi (magnit o‘tkazgichi) va chulg‘amlari uning asosiy aktiv 
qismlaridir. Qolganlari mashinaning pishiqligini, mustahkamligini, uning aylanishini va sovitilishini 
ta’minlovchi konstruktiv qismlardir (11.1-rasm) . 
Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi bir xil bo‘ladi. Bunday mashinalarning statori 
uning korpusi (staninasi), asosi, korpusni ikki tomonidan berkitib turadigan podshipnik shchitlari hamda 
statorning korpusi ichida maxsus yupqa elektrotexnika po‘lat plastinkalaridan yig‘ilgan pulat o‘zakdan 
iborat. Po‘lat o‘zak pazlariga, fazoda bir–biriga nisbatan I20° siljigan, uchta chulg‘am o‘rnatilgan. Bir fazali 
mashinalar statorida bitta chulg‘am bo‘ladi.

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin