106
8.4. Tuproqning qattiqligi va zichligini o‘lchash asboblari. Areometrlar.
8.1-jadval
•
Ba’zi qattiq jismlarning to‘kilishdagi zichligi
T/r
Qattiq jism
To‘kilishdagi
zichlik, kg/m
3
1
Shag‘al
1500-1700
2
Nam yer(tuproq)
1900-2000
3
Quruq yer(tuproq)
1400-1600
4
Kul
400-800
5
Quruq torf
325-410
6
Torfli ushoq
100-250
Areometrlar
•
Areometr – suyuqlikning zichligini, solishtirma og‘irligini o‘lchaydigan asbob.
Radioizotopli zichlik o‘lchagichlar
•
Oxirgi vaqtda radio aktiv izotoplardan foydalanadigan zichlik o‘lchagichlardan foydalanish keng
yoyilmoqda. Radioizotopli zichlik o‘lchagichlar yordamida har qanday bosim hamda
haroratdagi quvur
ichida ifloslangan suyuqliklar va pulp(cho‘kma)larning zichligini o‘lchash mumkin. Bu kabi o‘lchashlarni
boshqa usullar bilan amalga oshirib bo‘lmaydi.
•
Mazkur zichlik o‘lchagichlarning ish tamoyili shunga asoslanganki, bunda nazorat ob’ekti orqali
o‘tayotgan muhit zichligining funktsiyasi bo‘ladi. Suyuqliklar va qattiq jismlar zichligini o‘lchashda
β
- i u-
nurlanishlardan foydalaniladi, gazsimon muhitning zichligini o‘lchashda a-nurlanishdan foydalaniladi.
Radioizotopli zichlik o‘lchagichlarida seziy-137,stronsiy-90, kobalt-60 va boshq. qo‘llaniladi.
Gaz razryadli
ssintillyasiali hisoblagichlar, ionlashtiruvchi kamera va boshq. nurlanish manbasi hisoblanadi. Sanoatda
quvurdan uzliksiz oqayotgan suyuqlikning zichligini kontaktsiz o‘lchaydigan Radioizotopli zichlik
o‘lchagichlar keng tarqalgan. Zichlikni o‘lchash uchun nurlanish manbasi
va qabul qilgich quvurning
qarama-qarshi tomonida bir o‘qda joylashtiriladi.
107
•
Nazorat ob’ekti
(suyuqlikli quvur)
dan o‘tgan hamda qabul qilgichda qaydlangan u-nurlanishning
jadalligi, suyuqlikning zichlik funktsiyasi va unda nurlarning yutilish koeffitsienti hisoblanadi.
•
PJR
rusumli radioizotopli zichlik o‘lchagichning asosiy manbasi 2 qo‘rg‘oshinli
kojuxning(g‘ilofning) ichida quvurli o‘tkazgichi 3 da joylashgan. Quvurning qarama-qarshi tomonida 4
nurlarni qabul qilgich joylashtirilgan. Qabul qilgich va 1 nurlatkich manbasidan yuborilgan signal 5
nurlanishning jadalligiga proportsional bo‘lgan U1 o‘zgarmas kuchlanishga o‘zgartiriladi.
•
Bir vaqtning o‘zida 11 kompinsatsion manbaning nurlanishi rostlovchi pona 12 orqali o‘tadi hamda
boshqa nurlarni qabul qilgich 13 tomonidan qabul qilinadi. 14 blok 11 kompinsatsion manbaning nurlanishi
signalini rostlovchi pona 12 ga bog‘liq bo‘lgan 2-o‘zgarmas kuchlanishga o‘zgartiradi. 15 va 14 bloklarning
o‘zgarmas kuchlanishlari 6 kuchaytirgichning
kirishiga beriladi, va ular bu yerda o‘zaro taqqoslanadi.
Farq signali
∆
U = U1—U2 kuchaytirgich orqali 7 reversli yuritkich(motor)ga beriladi.
Ushbu motor
rostlovchi pona 12 va 9 differentsial-transformatorli o‘zgartirgichning 8 o‘zagini siljitadi. Farq signali
∆
U
= U1—U2 nolga tenglashmaguncha pona 12, undagi u-nurlanish yutilishini nazorat qilinayotgan suyuqlikda
nurlanish yutilishiga teng kelmaguncha siljitilaveradi. Radioizotopli zichlik o‘lchagichining
komplekt(jamlanma)siga 5 elektronli blok hamda shkalasi zichlikning birligida darajalangan differentsial-
transformatorli tizimning ikkilamchi asbobi 10 kiradi.
•
Hozirgi vaqtda radioizotopli zichlik o‘lchagichlarning
PJR, PR
rusumlari va boshq.
ishlab
chiqiladi.