Biologiya 5 new indd


edurtm_uz 15 „fSs L



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/78
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#176494
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78
5-biologiya

edurtm_uz
15


„fSs
L
O
e d u r t m - u z
Ta'lim Markazi
okulyar va obyektiv ko‘rsatkichlari ko‘paytiriladi. Masalan: okulyar - 10, 
obyektiv- 20 bo‘lsa, mikroskop obyektni 10x20=200 marta kattalash­
tirib ko‘rsatadi.
11-rasm . Yorug‘lik mikroskopining tuzilishi:
1-okulyar; 2-makrovint; 3-mikrovint; 4-shtativ; 5-buyum stolchasi; 
6-ko‘zgu; 7-qisqich; 8-obyektiv; 9-tubus.
Mikroskop bilan ishlash tartibi:
1. Stol chetidan 3 -4 sm joy qoldirilib mikroskopni joylashtiring.
2. Ko‘zguni yorug‘likka qarating. Okulyardan qaralganda yorug‘lik 
bir tekis tushishi kerak.
3. I sh jarayonida mikroskopni joyidan qo‘zg‘atmang.
16


Q e d u rtm _ u z
Respublika
Ta'lim Markazi
4.Tayyor preparatni buyum stolchasiga joylashtiring va qisqich 
bilan qotiring.
5. Makrovintni ohista burab, tubusni pastga tushiring. Obyektiv 
preparatdan 4 -5 mm balandlikda bo‘lishi kerak.
6. Okulyarga bitta ko‘z bilan qarang, lekin ikkinchi ko‘zingizni yum- 
mang, pirpiratmang.
7. Tubusni makrovint yordamida ohista ko‘taring. Bu jarayonni tas- 
vir hosil bo‘lguncha davom ettiring.
8. Tasvirni yanada tiniqlashtirish uchun mikrovintdan foydalaning.
9. Mikropreparat dastlab kichik obyektivda, keyin katta obyektivda 
kuzatiladi.
10. Mikroskopda ko‘rilgan tasvirni chizish orqali eslab qolish mum­
kin. Shuning uchun ko‘ rgan narsangizning rasmini daftaringizga chi- 
zing.
11. Mikroskopni ishlatib bo‘lgach, artib, uni kichik obyektivga 
o‘tkazing va qolipga joylashtiring.
H u ja yra s h a k lla ri. Hujayra tiriklikning eng kichik birligi hisob­
lanadi. Har qanday tirik organizm hujayralardan tashkil topgan. 
Hujayralar vazifasi 
va shakliga ko‘ ra bir-biridan farqlanadi (12- 
rasm). Kislorod tashishda ishtirok etuvchi eritrotsitlar ikki tomoni 
botiq shaklda, leykotsitlar esa soxta oyoqlar hosil qilib organizm- 
ni mikroblardan himoya qiladi. O‘simliklarda barg o g ‘ izchalarining
12-rasm . Hujayra shakllari: 1 —eritrotsitlar; 2 - barg og‘ izchasi; 
3-leykotsit; 4-nerv hujayrasi.
4 - § . H u ja y r a - t i r i k l i k n i n g a s o s i
2 -B io lo g iy a , 5
17


hujayrasi loviyasimon tuzilishga ega. Ular suv bug‘ latish va gazlar 
almashinuvida ishtirok etadi. Refleks hosil qiluvchi nerv hujayra- 
larining uzun va kalta o ‘simtalari mavjud. Nerv o ‘simtalari nerv 
impulslarini hujayradan hujayraga o ‘tkazib beradi.
H u ja y ra n in g t a r k ib iy q is m la ri. Hujayralar i kki guruhga b o ‘ linadi: 
1. Prokariotlar - yadrosi shakllanmagan organizmlar b o ‘ lib, ularga 
bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlar kiradi. 2. Eukariotlar - yadrosi 
yaxshi shakllangan organizmlar hisoblanadi, ularga zam burug‘ lar, 
o ‘simliklar va hayvonlar misol b o ‘ ladi.
Har qanday eukariot hujayra uchta asosiy tarkibiy qismdan 
iborat:
1) sitoplazmatik membrana - hujayrani tashqi tomondan o ‘ rab 
himoya qiladi. Hujayra uchun kerakli bo‘ lgan moddalarni tanlab 
o ‘tkazadi.
2) sitoplazma - hujayraning ichki suyuqligi. Uning tarkibida 
turli vazifalarni bajaruvchi organoidlar mavjud. Sitoplazmadagi 
har bir organoid o ‘z vazifasiga ega. Ular bu vazifani q at’ iy qo- 
nuniyat asosida bajaradi. Biror organoidning ishlamasligi t o ‘qima 
va organlar ishining buzilishiga va organizmning kasallanishiga 
olib keladi.
3) yadro - hujayraning eng muhim qismi b o ‘ lib, irsiy axborotni 
saqlaydi, nasldan naslga o ‘tishini ta’ minlaydi va moddalar alma- 
shinuvini boshqaradi.
O ‘ s im lik va hayvon h u ja y ra la rin in g o ‘ x s h a s h lig i va fa r q la -
ri. O‘simlik va hayvon hujayralari membrana, sitoplazma va yadro- 
ga egaligi bilan bir-biriga o ‘xshaydi. Ular quyidagi belgilariga ko‘ra 
o ‘zaro farq qiladi.
1. Faqat o ‘simlik hujayralari uchun xos belgilar:
• sitoplazmatik membrana ustida sellyuloza qobiqning mavjud-
ligi;
• plastidaga ega b o ‘ lishi;
• shira to ‘plovchi vakuolaning b o ‘ lishi va kattalashib borishi.
Sellyuloza qobiq o ‘simlikka mustahkamlik beradi va tayanch
vazifasini bajaradi. Plastidalar faqat o ‘simlik hujayrasiga xos o r­
ganoid b o ‘ lib, ularning uch xil turi mavjud: xloroplast (yashil) -

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin