1. Probirka - moddalarning xususiyatini o‘rganish
uchun ishlatila-
digan shisha idish.
2. Pipetka - suyuqlikni tomizishga yordam beradi.
3. Pinset - qisqich. O‘rganilayotgan obyektni qisib olishda, ko‘chi-
rishda ishlatiladi.
4. Petri idishchalari - ikki qismdan iborat shisha idish. Tashqi
kattaroq va ichki kichikroq idishlardan iborat. Ko‘pincha
bakteriya va
zamburug‘larni o‘stirishda qo‘llaniladi.
5. Buyum oynasi va qoplag‘ich oyna - tirik obyektni mikroskop-
da ko‘rish uchun ishlatiladi. Buyum oynasiga bir tomchi suv tomizib,
hujayra joylashtiriladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi.
Tayyorlangan
mikropreparatlar mikroskop ostida kuzatiladi.
6. Skalpel - o‘tkir tig‘li pichoqcha. Laboratoriyada tirik obyektlarni
kesishda foydalaniladi (2-rasm).
2 - § . T i r i k o r g a n i z m l a r n i n g x u s u s i y a t l a r i
Tirik organizmlar
jonsiz tabiatdan farqlanib, quyidagi asosiy xu-
susiyatlarga ega:
1 . M o d d a l a r a lm a s h in u v i - metabolizm ikki xil jarayonning
yig‘ indisi: 1) assimilyatsiya
- sintez reaksiyalari, masalan, oqsil
biosintezi, fotosintez. Bu jarayonda energiya sarflanadi; 2) dissi-
milyatsiya
- parchalanish reaksiyalari, masalan, ovqat hazm qilish
sistemasida oqsil, y o g ‘ , uglevodlarning o ‘z tarkibiy qismlarigacha
parchalanishi. Bunda energiya hosil bo‘ ladi.
2. O z iq la n is h - tirik organizmlar oziqlanishiga ko‘ra 2
guruhga
bo‘ l i nadi: 1) avtotrof - bunga o ‘z oziqasini o ‘zi sintezlaydigan yas
hil o ‘simliklar va ayrim bakteriyalar misol bo‘ ladi; 2) geterotrof -
tayyor ozuqa bilan oziqlanadigan organizmlar. Ularga ko‘ pch ilik
bakteriyalar, zam burug‘ va hayvonlar kiradi (3-rasm).
3. N a fa s olish - ko‘pchilik tirik organizmlar kislorod yutib,
karbonat
angidrid
ajratadi.
Quruqlikda yashovchi organizmlar
atmosferadagi kislorod, suvda yashovchi
organizmlar esa suvda
erigan kislorod bilan nafas oladi.
Dostları ilə paylaş: