1. O‘simlik ildiziga mos keluvchi tuvak tanlang.
2. Tuproqda suv to‘planib qolishining oldini olish uchun tuvak
tagiga keramzit soling.
3. O‘simlikni eski tuvakdan ajratish uchun tuvak tagiga ohista
uring va o‘simlik poyasidan tortib, tuvakdan chiqarib oling.
4. Ildiz orasidagi tosh va tuproqlarni ajrating.
5. Tuvakning yarmigacha tuproq aralashmasidan soling.
6. Ko‘chiriladigan o‘simlikni tuvak ichiga joylashtirib, tuproq
aralashmasidan soling.
7. Tuproqni qo‘lingiz bilan ohista bosib, ekilgan o‘simlik atrofiga
suv quying.
8. Tuproq cho‘kkach, ustiga yana tuproq aralashmasidan
qo‘shing.
9. Tuproq tuvak bo‘g‘zidan 1-2 sm pastroqda bo‘lishi kerak.
10. O‘simlikni ekib bo‘lgach, unga suv quying.
11. O‘simlik to ‘g‘ri ekilganda, ildiz sistemasi yaxshi rivojlana-
di, tuvak atrofini o‘rab olib, tuproqdagi ozuqani o‘zlashtiradi.
O‘simlik to ‘g‘ri oziqlantirib turilsa, yashnab, chiroyli o‘sadi.
12. Yangi ekilgan yoki ko‘chirib o‘tkazilgan o‘simliklar 3 -4 kun
salqin joyda saqlanadi, keyin tuvak yorug‘ joyga qo‘yiladi.
1 1 - § . O ‘ z b e k i s t o n d a k e n g t a r q a l g a n d o r i v o r
va z a h a r l i o ‘ s i m l i k l a r
D o riv o r o ‘ sim liklar. O‘zbekistonda 4500 dan ortiq yuksak
o ‘simliklar o ‘sadi. Ular orasida dorivor turlari ham ko‘p. Dorivor
o ‘simliklardan tibbiyotda va xalq tabobatida keng foydalaniladi.
Y a lp iz ariq bo‘ylarida o ‘sadigan ildizpoyali ko‘ p yillik o ‘simlik.
Barg va poyalari hushbo‘y hidga ega (46-rasm). Chunki bu o ‘simlik
tarkibida mentol va efir moylari b o ‘ lib, ular asabni tinchlantirishga
yordam beradi. Yalpiz barglari suyuq ovqat yoki somsaga q o ‘shib
iste’ mol qilinadi. Yoz oylarida sharbat yoki kompot tarkibiga yal
piz barglaridan q o ‘shib, chanqovbosdi ichimlik tayyorlanadi. Yal
piz balg‘amni ko‘chiradi, nafas y o ‘li kasalliklarining oldini olishda,
jigar xastaliklarini davolashda keng q o ‘ llaniladi. Uning yer ustki
Dostları ilə paylaş: