Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 7
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
302
w
www.oriens.uz
July
2022
uchun yer osti suvlarini ishlatish darajasi kengayib bormoqda. Hindistonda umumiy
sug‘oriladigan ekin maydonlarining 66 foizi yer osti suvlari ulushiga to‘g‘ri keladi.
Saudiya Arabistoni va Livanda yer osti suvlari
asosiy ekin maydonlarini
sug‘orish uchun yagona manba hisoblanadi. Italiyada o‘n minglab gektar ekin
maydonlari yer osti suvlari bilan sug‘oriladi. Shundan kelib chiqib,
bugungi kunda
nafaqat respublikamizda balki dunyo bo‘yicha sug‘orish suvlarini tejash dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Dunyoda qishloq xo‘jaligida chuchuk suv taqchilligi sharoitida ekinlarni ilmiy
asoslangan sug‘orish texnologiyalari va tartiblarini qo‘llash, qo‘shimcha suv manbasi
sifatida kollektor-zovur suvlaridan hamda chiqindi suvlardan
foydalanish orqali
daryo suvlarini tejash imkoniyati yaratilmoqda. Suv resurslari taqchilligi ekinlar
hosildorligi va uning sifatiga o‘z ta'sirini sezilarli darajada ko‘rsatmoqda. Shu
jihatdan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida intensiv usullarni,
eng avvalo, suv
tanqisligida g‘o‘zaning suv tejovchi texnologiyasini yanada takomillashtirish orqali
suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni takomillashtirishda
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha
izlanishlar dolzarb
hisoblanadi.
Respublikamizda bugungi kunda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda
tomchilatib, egatga plyonka to‘shab va o‘qariqlar o‘rniga ko‘chma egiluvchan
quvurlar yordamida sug‘orish texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Buning natijasida
sug‘orish suvlari tejalishi, yerlarning meliorativ holati yaxshilanishi, sizot suvlarining
sathi yaqin joylashgan maydonlar kamayishi va provardida hosildorlikning oshishiga
erishilmoqda.
Nazorat dalasining bir martta beriladigan sug‘orish meьyori «CHipoletti» suv
o‘lchagichi yordamida o‘lchab borildi. Sug‘orish meьyorini
hisoblashda tuproqning
suv-fizik xususiyatini va namlanish chuqurligini hisobga olgan holda belgilangan
tuproq namlik qiymatiga ko‘ra nazorat dalasining bir marta beriladigan sug‘orish
meьyorini quyidagi Rijov S.N. formulasi bo‘yicha aniqlandi.
Nazorat dalalarini sug‘orish me’yorlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlandi.
га
м
W
W
J
h
m
хн
ЧДНС
/
)
(
100
3
bu erda: W
CHDNS
– tuproq og‘irligiga nisbatan cheklangan dala nam sig‘imi, %;
W
hn
- tuproq og‘irligiga nisbatan sug‘orishdan oldingi haqiqiy namligi, %;
J – tuproqning hajmiy og‘irligi, g/sm
3
;
h – hisobiy qatlam qiymati, m;