Innovatsiyalar va integatsiyaviy yondashuv


Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix14.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#176725
1   2   3   4   5   6   7
uzluksiz-ta-lim-tizimini-rivojlantirishda-pedagogik-innovatsiyalar-va-integatsiyaviy-yondashuv

Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
 
Chirchik, Uzbekistan 1520 International Conference 
Respublikamizda 11 yillik umumiy o‘rta ta‘lim, akademik litsey va texnikumlar 
tizimini shakllanganligi, ularning kadrlar yetishtirib berishdagi o`rni beqiyos. 
Bundan tashqari ta`lim tizimida uzviylik va uzluksizlik masalalarini yuqori 
darajada ko‗rib chiqilishi yo‗lga qo‗yilgan bo‗lib, tarkibiy qismlarining 
funksiyalari aniq belgilangan va o‗z oldiga qo‗yilgan vazifalarni tizimli 
bajarilishini ta‗minlashni talab etmoqda. Odatda, davlat talablarni bajarilishini 
statistik tizim orqali baholanib boriladi. Bunday statistik qarash va baholash 
o‗zining qator ustunliklari bilan ajralib tursada, dinamik tizimlarda ro‗y berishi 
mumkin bo‗lgan ba‗zi holatlarga e‗tibor bilan qarash imkonini beramaydi. 
Uzluksiz ta‘lim tizimi sifatini ta‘minlashda bir qancha muammoli masalalar 
mavjudligini ko‗rish mumkin. Jumladan: 
• Nima uchun maktabning birinchi sinfiga borgan bola darslarga moslashish 
va fan dasturida berilgan mavzularni o‗zlashtirishda qiynaladi? 
• Nega boshlang‗ich ta‘limda yaxshi baholarga o‗qigan bola yuqori sinflarda 
o‗qishi pasayib ketadi? 
• Nima uchun o‗quvchi kasb tanlashda mustaqil tanlovni amalga oshira 
olmaydi? 
• Nega oliy ta‘limni tugatganlar kasbiy faoliyatga tezkor kirishib keta 
olmaydi? Bu kabi savollarning javobi sifatida uzluksiz ta‘lim tizimida uzviylikning 
ta‘minlanmaganligini ko‗rsatish mumkin. 
Uzluksiz ta‘lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta‘minlanmaganligi 
ta‘lim sifati va samaradorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmoqda. Jumladan, ta‘lim 
turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko‗p 
soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma‘lumotlarga asoslanganligi 
hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar mavjud. Ta‘lim 
bosqichlari mazmuni tahlilida 10–15 foiz mavzularning takror berilayotganligi
50–60 foiz mavzularda uzviylik ta‘minlanmaganligi tahlillarda ko‗rindi. 
Maktabgacha ta‘lim, Xalq ta‘limi hamda Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim 
vazirliklari o‗z ta‘lim obyektlari bo‗yicha me‘yoriy hujjatlar tayyorlash jarayonida 
bir qancha ijobiy natijalarga erishgan bo‗lsalar-da, ammo uzluksiz ta‘lim tizimida 
uzviylik yetarlicha ta‘minlanmay kelmoqda. 
Oldimizda ta‘lim mazmunini belgilashga xizmat qiluvchi, uzluksiz ta‘lim 
tizimining me‘yoriy hujjatlari, o‗quv dasturlarining uzviyligini tahlil qilish
ularning har bir fan bo‗yicha bosqichlar orasida takroriyligining oldini olish 
bo‗yicha ishlar hamda uzviyligi ta‘minlangan fan dasturlari asosida darsliklar 
mazmunini ham muvofiqlashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi. 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin