1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 5
1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
REJA: 1. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi.
2. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati. Dunyoqarashning tarixiy shakllari ( mifologik,
diniy, falsafiy).
3.Falsafaning predmeti va asosiy mazmuni.
4.Falsafaning jamiyat hayotidagi o‘rni va asosiy vazifalari.
Tayanch tushunchalar: Falsafa, dunyoqarash, shaxs, idrok, dunyoqarashning tarixiy shakllari,
fetishizm, animizm, totemizm, magiya, ontologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy
falsafa, etika, aksiologiya, falsafiy antropologiya, metafizika, ong,tafakkur, ruh, materiya, tabiat,
borliq, fan.
Mamlakatimiz fuqarolarida tafakkur erkinligi shakllanib bormoqda. Yurtimizda sodir
bo‘layotgan yaratuvchanlik tafakkur bilan uzviy bog‘liq hodisadir. Mamlakat hayotini
demokratlashtirish jarayoni qanchalik kengaysa va chuqurlashsa, fuqarolarimiz falsafiy
iqtidoriga bo‘lgan talab shuncha oshib boradi. SHuning uchun ham falsafa ilmi yoshlarga ham
o‘rta yoshlilarga ham, katta yoshdagilarga ham bab-barobar suv bilan havodek zarur bo‘lgan
hayotiy ehtiyojdir. Bu ilm o‘zining tabiatiga ko‘ra chegara bilmaydi. Mazkur chegara bilmas
ilmni egallashning mohiyatini bilmaslikdan bilishga, bilishdan komillikka tomon yo‘naltirilgan
faoliyat tashkil qiladi. Falsafa ilmi milliy, ayni vaqtda umuminsoniy qadriyatdir. Mazkur
qadriyat inson o‘zini o‘zi inson sifatida tanigan kunidan boshlab takomillashib, rivojlanib,
chuqurlashib, murakkablashib, ilmiylashib va tobora insoniylashib borayotgan fandir.
Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha
va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu
qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning
ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va
xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda,
yoshlarimizning jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga
sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini
oshirishda falsafa fanining o‘rni beqiyos ahamiyatga egadir.
Falsafa nihoyatda qadimiy fandir. Olam va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, inson qadri va
umrning mazmuni, dunyodagi o‘zgarishlar, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik hamda
taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari falsafaning asosiy mavzulari hisoblanadi. Falsafa esa —
barcha fanlar rivojlanishiga asos bo‘ladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning
rivojlanish yo‘llarini belgilab beradigan umuminsoniy va universal fan. U qadim zamonlardayoq
«barcha ilmlarning otasi» deb ta’riflangan. Uning hayotiyligi xalq tabiatiga, turmush va tafakkur
tarziga nechoqli mos ekani, jamiyat manfaatlari va ezgu intilishlarini qay darajada aks ettira
olishiga bog‘liq. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o‘zi
kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning
mohiyati, borliq va yo‘qlik kabi ko‘plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir.
Qadimgi yunon tilidan fanga kirib kelgan atama «filosofiya» so‘zidan olingan va u
«donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatadi.
Bu — ushbu so‘zning, atamaning lug‘aviy ma’nosi bo‘lib hisoblanadi. Asrlar davomida
filosofiya so‘zining ma’no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar
tizimidagi o‘rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo‘lgan, bu atamaning mohiyat-
mazmuni ham o‘zgarib borgan. Qadimgi yunonlarda bu so‘z “tushunishga intilish”, “bilimga