1-mavzu. O‘qituvchi nutqi mаdаniyati fаni, uning maqsadi,vazifasi va muammolari



Yüklə 30,2 Kb.
tarix24.04.2022
ölçüsü30,2 Kb.
#56199
1-amaliy mashg\'ulot


1-mavzu. O‘qituvchi nutqi mаdаniyati fаni, uning maqsadi,vazifasi va muammolari

SAVOLLAR:


    1. O‘qituvchi nutqi mаdаniyati fаnining maqsadi.

    2. O‘qituvchi nutqi mаdаniyati fаnining vazifasi va muammolari.

    3. Sharqda notiqlik san`atini paydo bo’lishi, rivojlanish tarixini tushuntiring.

    4. Markaziy Osiyoda voizlik san`ati vakillaridan kimlarni bilasiz?

    5. Yozma yodgorliklarda nutq odobi masalalariga munosabat qay darajada aks etgan? Qaysi asarlarda?

    6. Mahmud Koshg’ariyning ―Devonu lug’otit turk‖ asarida til odobi, nutq, muomala, yaxshi va yomon so’z, to’g’ri va yolg’on so’z haqida fikrlarni izohlang.

    7. Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiy asarlarida til va nutq odobi masalalari qanday talqin qilingan?

    8. «Qobusnoma»da suxandonlik nutq madaniyati, nutq odobi haqida qanday fikrlar mavjud?

    9. Kaykovusning va nutq odobi haqida qanday fikrlari mavjud? Zamaxshariy hikmatlarida nutq odobi masalalari

    10. Zamaxshariy hikmatlarida nutq odobi masalalari?

    11. Husayn Koshifiyning voizlik mahorati haqida nimalarni bilasiz? Uning voizlik san`at to’g’risida Alisher Navoiy fikrlarini ayting.


ASOSIY TUSHUNCHALAR:



Ezgu so’z - xalq uchun foydali bo’lgan fikrni ifodalagan, nutq odobi va madaniyatiga amal qilgan nutq, kishilarga manfaat keltiruvchi va ta`sir etuvchi, ularni tarbiyalovchi vosita, so’z. Muqobil tushunchalar - ezgu kalom, ezgu fikr, muqaddas so„z.

Nutqiy fazilatlari - ruhning gapiruvchi quvvatiga taalluqli bo’lib, ular hikmat, aql, ajin (peshonadagi), fahm afzalligi va zakovatdan iborat… Bilish vositalari va omillari - nutq, tasavvvur, his. Narsalar to’g’risidagi bilim nutq quvvati hamda tasavvur orqali, shuningdek, his-tuyg’u vositasida paydo bo’ladi. Har vaqt bilim hosil qilishga iroda ko’rsatilsa, uning idroki nutq quvvatining sha`nida ya`ni markazidadir. (Farobiy)

Voiz– diniy mazmunda va`z qiluvchi, va`z aytuvchi, va`zxon. «Va`z» so’zi arabcha targ’ib qilish, pand-nasihat degan ma`nolarni anglatadi.

Voizlik – notiqlik san`ati musulmon SHarqida voizlik deb atalgan. «Voiz» so’zi esa va`z aytuvchi, nutq so’zlovchi shaxs ma`nosini bildiradi. Voizlik san`ati tinglovchining, jamoaning ongiga,his-tuyg’usiga ta`sir etish mahoratidan saboq bergan. Voizlik san`ati rivoji jarayonida bu san`atning d a b i r l i k, x a t i b l i k, m u z a k k i r l i k kabi tarmoqlari yuzaga kelgan.

Xatiblik - diniy, siyosiy mazmundagi notiqlik. Asosan, juma kunlari peshin namozi oldidan o’qiladigan xutba.



Muzakkirlik - diniy-ahloqiy masalalarni sharhlab berish. muzakkirlik juma kunlari, hayit va boshqa tantanali kunlardagi anjumanlarda xatibdan keyin diniy, axloqiy, huquqiy masalalarni sharhlab berishdan iborat bo’lgan.

Sultoniyot - yuqori tabaqa a`yonlar va zodagonlar uchun mo’ljallangan va`z. Sultoniyotda hukmdorlar sha`niga hamdu sanolar aytilgan, ular ko’klarga ko’tarib maqtalgan, madh etilgan.

G’aribona - oddiy fuqarolarga mo’ljallangan va`zlar. Ularda hukmdorlarga itoat etish, ularni hurmat qilish kabilarga da`vat etilgan.

ADABIYOTLAR:


  1. E. Begmatov, R.Qo’ngurov, Yo.Tojiev. O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari, -Toshkent: O’qituvchi, 1992- y.

  2. N. Mahmudov. O’qituvchining nutq madaniyati. –Toshkent: O’qituvchi, 2010-

y.

  1. A. Rustamov. So’z xususida so’z. –Toshkent: YOsh gvardiya, 1989- y.

  2. E. Qilichev. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. -Buxoro, 2003- y.

  3. N. Mahmudov, A.Rafiev, I.Yo’ldoshev. Nutq madaniyati va davlat tilida ish

yuritish, -Toshkent: Cho’lpon, 2011 y.

  1. Orifova A. O’tmish notiqlik san`ati // Til va adabiyot ta`limi. - Toshkent, 2000.

- №2. - B. 77-83;
Yüklə 30,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin