3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: G‘ARB FALSAFASI 35
ko‘tarilgan iskandarning kamolotida Arastuning xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Filippning o‘limidan
keyin Aleksandr taxtga o‘tirgach, Arastu Afinaga qaytib kelib, 50 yoshlarida «Likkey» nomli
maktab ochgan. Ilmiy faoliyatining samarali bo‘lishida, umuman, Yunonistondagi ilm-fan rivojida
Aleksandr tomonidan ko‘rsatilgan himmat va rag‘batlar muhim ahamiyat kasb etgan. Iskandar
vafotidan keyin unga qarshi kuchlar bosh ko‘tarib, Arastuni dahriylikda ayblashgan va sudga
tortishgan. Suddan oldin Evbey oroliga ko‘chib ketgan Arastu ko‘p o‘tmay o‘sha yerda vafot
etgan.
Arastu zabardast olim bo‘lib, mantiq, psixologiya, falsafa, axloq, notiqlik san’ati, tabiiy
fanlar bo‘yicha o‘lmas, bebaho asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha asarlari borliqni
o‘rganishga qartilgan. Mantiqqa oid asarlarining barchasini «Organon» («Qurol») nomli asariga
jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va amaliy fanlarga bo‘lgan. Amaliy
fanlar shogirdlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga, biror bir foydali ishni amalga oshirishga
yo‘naltirilgan. U nazariy fanlarni uch qismga - falsafa (metafizika), matematika va fizikaga
ajratgan.
Faylasuf olamdagi narsa va hodisalar to‘rtta sababga ega. Bular — moddiy sabab, ya’ni
modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad
sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha, harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning
ulg‘ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos bo‘lgan
maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi bo‘lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni
paytda, olam o‘zining abadiy sababi, ya’ni harakatlantiruvchi kuchiga ega.
Arastuning jamiyat va davlat to‘g‘risidagi ta’limoti «Davlat», «Siyosat» kabi asarlarida
bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning yerkin va farovon hayoti uchun
xizmat qilishi lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy mo‘l-ko‘lchilik bilan belgilanmaydi,
balki syeroblik ma’naviy boylik bilan uyg‘un bo‘lgandagina, jamiyat baxtli hayot kechiradi.
Davlatning boyligi, asosan, o‘rtacha mulkka ega bo‘lgan fuqarolarning mehnati bilan
ta’minlanadi. Arastuning bu boradagi qarashlari bugungi kunda Vatanimizda kichik va o‘rta
biznes sohasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar mohiyatiga juda hamohangdir.
Yunon falsafasida Demokritning qarashlari ham muhim o‘rin tutadi. U haqiqiy borliq —
moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy
zarrachalardan, ya’ni atomlardan va bo‘shliqdan iborat deya ta’lim byeradi. Atomlar va bo‘shliq
o‘zaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar — bo‘linmas va o‘zgarmas, sifat jihatdan bir xil, uning
miqdori shakli singari behisobdir. Harakat, degan edi Demokrit, atomlardan iborat moddaning
abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda na jamiyatda xech bir
narsa tasodifan paydo bo‘lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida axloqiy
ta’limot muhim o‘rin tutadi. Uning bu boradagi qarashlari siyosiy qarashlari bilan uzviy
bog‘liqdir. Yaxshi boshqarilayotgan davlat — buyuk qo‘rg‘ondir. Davlat manfaatlari qolgan
barcha narsalardan ustun turmog‘i lozim.
Me’yor, deydi faylasuf, axloqning tabiat insonlarga in’om etgan kuch va qobiliyatga mos
kelishadadir. Donolik uchta hosil keltiradi: yaxshi fikrlash; yaxshi so‘zlash; yaxshi harakat qilish.
Demokritning
axloqiy
qarashlari
o‘z davridagi amaliy ma’naviy munosabatlarning
umumlashmasidir. Uning ta’limoti bugungi kunda insonlarni axloq-odobga, diyonatga da’vat etadi.
Epikur (341-270 yillar) — qadimgi Yunon mutafakkiri. Demokrit ilgari surgan atomchilik
ta’limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog‘onaga ko‘targan va tegishli qarashlar bilan
boyitgan faylasuf. Epikur ta’limoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar —