Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Madaniy faoliyat. 
Madaniyat – inson dunyosi, faqat unga xos faoliyat usuli bo‘lib, uni amalga 
oshirish jarayonida odamzod o‘zi yaratayotgan narsalarga ruh baxsh etadi, tabiatni, o‘zi 
yashaydigan muhitni insoniylashtiradi
.
 
Madaniy faoliyat ongli va qadriyatlarga qaratilgandir. 
Unda me’yorlarga rioya
 
qilish va ularda nisbatan mustaqillik, maqsadga muvofiqlik va 
noutilitarlik
 
o‘zining uyg‘un ifodasini topadi. Madaniy faoliyat umuminsoniy ideallar va
 
qadriyatlarni etnik yoki mintaqaviy shaklda aks ettiradi. Madaniyat jabhasida
 
inson faoliyati 
uning ehtiyojlari bilan belgilanadi, lekin faqat ularga bog‘liq
 
bo‘lmaydi. Unda maqsadga erishish 
uchun zarur bo‘lgan elementlar ham, ortiqcha
 
unsurlar ham mavjud. Ortiqchalik tushunchasi, 
madaniyat hodisalarida, ularning
 
ma’naviy mazmunini amalda gavdalantirish uchun talab 
etiladigan vositalarning zarur darajasidan ortiqroq elementlar mavjudligini anglatadi. 
Madaniyatda utilitar maqsadga muvofiqlik mezoni bilan o‘lchash mumkin bo‘lmagan
 
muhim 
qadriyatlar yaratiladi. Garchi madaniyat biologik, fizik, ijtimoiy, texnik-iqtisodiy va boshqa 
shunga o‘xshash omillarga ta’sirchan bo‘lsa-da, ular madaniyatda o‘zining variativ – ko‘p 
ma’noli ifodasini topadi. Bu madaniyatda erkinlik hamda butunlay yangi predmetlilikni yaratish 
imkoniyatlari mavjudligidan dalolat beradi.
 
Madaniyat funksiyalari. 
Ijtimoiy hodisa sifatida madaniyat ko‘p sonli funksiyalarni bajaradi. 

insonning bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi,
ijtimoiy tajribani avlodlarga qoldirish va boshqa 
xalqlar madaniyatini
o‘zlashtirish vositasi sifatida informativ funksiyani bajaradi

Madaniyatning rivojlanishi u boshqa madaniyatlar bilan aloqa qilishini taqozo etadi. 
Madaniyat normativ funksiyani ham bajaradi: u muayyan sivilizatsiyada shakllangan 
me’yorlarni amalga joriy etadi, shuningdek, o‘z me’yorlari va qadriyatlarini yaratib, ularni 
inson hayoti va faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etadi. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin