Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə375/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 
219 
15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 
REJA: 
1.
Asosiy axloqiy qadriyatlar. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi.
2.
Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari.
3.
“Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy 
tarbiyada kosmopolitizmga moyillik.
4.
Yuksak axloqni tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy ta’siri.
5.
Bioetika – amaliy etikaning nazariy asosi. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Axloqiy madaniyat, Muomala odobi, Suhbat, Imo-ishora, Etiket,Kasbiy 
odob, Axloqiy tarbiya, Axloqiylik, Tarbiyalanuvchi, Komil inson, Namunaviylik, ommaviy 
madaniyat, bioetika, 
 
Madaniyatning turlari ichida, xususan ma’naviy madaniyat doirasida axloqiy madaniyat 
o‘zining nihoyatda keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Uning shaxs hayotida voqe bo‘lishi 
xilma-xil omillar vositasida ro‘y beradi. Chunonchi, hayotiy tajriba, tarbiya, axloqiy ta lim, 
san’at ana shunday vositalardan hisoblanadi. Axloqiy madaniyat shaxsga o'zgalar bilan 
munosabatda an’anaviy axloqiy qonun-qoidalardan ijobiy foydalanishni, ularga zamonaviylik 
nuqtayi nazardan yondashishni, ezgulik bilan yovuzlikning farqiga borishni va egallagan axloqiy 
bilimlarini samarali tatbiq etishga o‘rgatadi. Qisqasi, u shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini 
egallash va ulardan o‘z tajribalarida foydalamshi o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borishi 
singari jihatlarni qamray oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi 
hamda davlat va jamiyatdagi axloqiy darajani yuksaltirishga xizmat qiladi. Axloqiy madaniyat 
doimo zamonaviydir. Ya’ni, u muayyan zamon erishgan axloqiy yutuqlar yoxud darajaning 
shaxs axloqiy hayotidagi ko‘rinishidir. To‘g‘ri, u, yuqorida aytganimizdek, ma’naviy axloqiy 
qadriyatlarni butunlay inkor etmaydi, lekin ularning zamonaviy shakllarda namoyon bo‘lishini 
ta’minlaydi. M. mulozamat, takalluf va murojaat odobini olaylik. Bu axloqiy qadriyatlar 
qadimdan mavjud. Lekin ularning bugungi kundagi shakllari, deylik, Navoiy davridagidan farq 
qiladi. Garchand, u davrdagi mulozamat, takalluf va murojaat odobi o‘z mohiyatini saqlab 
qolgan bo‘lsa-da, bugun ulardan o’sha shakllarda foydalanish erish tuyuladi, hazilomuz-kulgili 
ko'nnadi, hatto istehzoli-kinoyaviy urg‘u kasb etadi. Biz yuqorida madaniyatning keng 
qamrovlilik xususiyatini ta ’kidlab o‘tdik. Zotan madaniyatning biror sohasi yo‘qki, unda axloqiy 
madaniyat bevosita yoki bilvosita ishtirok etmagan boMsin. U iqtisodiy madaniyatmi, tibbiy 
madaniyatmi, estetik madaniyatmi, baribir axloqiy madaniyatsiz mavjud bo‘lolmaydi. 
Hammasida axloqiy madaniyat muomala odobi, 
etiket, kasbiy odob ko‘rinishlarida nafaqat ishtirok etadi, balki ma’lum ma’noda ularning 
yashash shartini belgilab beradi. Insonlar toki jamiyat bo‘lib hayot kechirar ekanlar, ular bir-
birlari bilan axloqiy munosabatga kirishmay yashashlarining iloji yo‘q. Axloqiy madaniyat ana 
shu munosabatning asosi, mohiyatini tashkil etadi. 
Axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o‘z ichiga oladi. Ana 
shunday eng muhim unsurlardan biri — muomala odobi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin