Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə378/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

3. Kasbiy odob 


15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 
222 
Axloqiy madaniyat kasbiy odobda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki inson voyaga yetib, bir 
kasbning boshini tutgach, o ‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda boladi. Bu 
munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro‘y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga 
binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob 
axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‘rni 
yuksak. Shu bois kasbiy odobga bafurjaroq to‘xtalish joiz. Har bir jamiyatda muayyan guruhlar 
borki, egallagan kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib 
chiqadi. Ko'pchilik jamiyat a ’zolarining hayot-mamotlari, salomatligi, ma’naviy sog’lomligi, 
huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon bo‘lishi kabi omillar o ‘shanday imtiyozli kasb 
egalarining kasbiy burch mas’uliyatini qay darajada his etishlariga, halollik va vijdon yuzasidan 
ish ko'rishlariga bog'liqligi hammaga ma’lum. Chunonchi, tabobat xodimini, jarrohni olaylik. 
Deylik, u har bir operatsiya kunida bir necha kishini hayotga qaytaradi; yuzlab odamlar uning 
yordamiga muhtoj, unga umid va ishonch, ilinj bilan qaraydilar. Bordi-yu, shaxsiy manfaat 
yo‘lida jarroh o z bemoriga xiyonat qilsa-chi, ya’ni, uni qasddan halok etsachi? Kim uni shunday 
qilmasligini kafolatlaydi? Yoki jurnalistni olaylik. U shaxsiy manfaati yo’lida, kasbining 
kamyobligidan foydalanib, begunoh kishilami ma naviy azobga qo'yishi, atayin jamiyat oldida 
sharmanda qilishi va shuning hisobiga o‘zining ba’zi bir muammolarini hal qilib olishi mumkin 
emasmi? Mumkin. Zero, to haqiqat yuzaga chiqquncha 
nohaq tanqidga uchragan shaxsning adoi tamom bo‘lishi hech gap emas. Xo‘sh, jumalistning 
shunday qilmasligini kim kafolatlaydi? Shu bois boshqalarning qo‘lidan kelmaydigan ishlarni 
bajara oladiganlar faoliyatida o‘zboshimchalik, manfaatparastlik, xudbinlik va kasbni suiiste mol 
qilish singari illatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, shuningdek, ular axloqiy darajasini yuksak 
bosqichda turishini ta ’minlash maqsadida ko‘p hollarda o‘zaro qoidalar majmui yaratilgan. Bu 
qoidalar majmui, odatda, qasamyod yoki me’yorlar ko’ rinishini olgan. Uni buzish 
o‘ta odobsizlik va axloqsizlik, hatto jamiyatga hiyonat tarzida baholanadi. Bunday qasamyodlar 
juda uzoq tarixga ega. Misol tariqasida hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan 
Qadimgi Yunon hakimi Hippokrat (milodgacha V-IV asrlar) tomonidan qisqa va lo’nda shaklda 
tuzilgan, tabobat xodimlari kasbiy odobi qonun-qoidalan jamlangan mashhur «Hippokrat 
qasami»ni keltirish mumkin Tarixda o‘z dushmanini davolagan tabiblar ham ko’p uchraydi. 
Chunonchi qadimgi hind eposi «Ramayana»da (II asr) behush yotgan Lakshman boshida turgan 
devlar shohining xos tabibi kechinmalari, shu jihatdan muhim. Tabib oldida ikki yo‘l bor edi. b n 
saltanat dushmanini muhtoj bemor sifatida davolash, ikkinchi yo’l davolashdan bosh tortish bilan 
uni o'limga mahkum etish. Tabib uzoq mulohazadan so‘ng tabiblik odobi qoidalariga 
bo‘ysunishni - Lakshmanni davolash 
afzal ko'radi. Zero, kasbiy odob qonun-qoidalan talabiga ko’ra, bemor to‘shagi ustidagi tabib 
uchun do‘st yoki dushman degan tushunchalar o’z ma’nosini yo‘qotadi, uning qoshida faqat 
tibbiy yordamga intizor shafqatga muhtoj, zaif inson yotadi. Davolanib hayotga qaytgan 
Lakshman devlar mamlakatining tengsiz buyuk valiahdi Indiijidni jangda halok etadi hamda 
tabib fuqaro bo’lgan Lanka, davlatining tanazzuliga yo‘l ochadi. Lekin kitobxon tabibni yoki 
sotqin demaydi, aksincha, uning ma’ naviy jasoratiga, halolligiga, kasbiy burchiga sodiqligiga 
hayrat bilan tasannolar o’qiydi. Yoki mashhur rus olimi akademik Andrey Saxarovnning 
taqdirini olaylik. Buyuk nazariyotchi, fizik, termoyadro sohasida tengi yo’q mutaxassis, vodorod 
bombasining asosiy kashfiyotchisi Vatan mudofaasini mustahkamlashdagi xizmatlan uchun 
o’nlab orden va medallar sohibi, ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni obroli, badavlat bu 
insonga nima yetishmasdi? Nega u - ommaviy qirg‘in qurollari, jumladan, o’zi yaratgan vodorod 
bombasi sinovlariga ochiq bayonotlar bilan qarshi chiqishga ahd qildi. Natijada qatag‘onlarga 
asoslangan sho‘rolar tuzumi uni ilmiy jamoatchilikdan ajratib, poytaxtdan olisdagi Rossiya 
shaharlaridan biriga badarg’a qildi uning nomini matbuotda yoki kitoblarda qayd etlhshinl 
taqiqladi. Vaholanki, u hammadan izzatliroq yashashi mumkm edi. Saxarov yuksak axloq yo'lini 
tanladi - olimlik bur chi
 
odobi talablarini bajarish har qanday boylik, izzat-ikromdan baland 
qo’ydi. Buyuk olim kashfiyoti insonning eng oliy huquqi bo‘lmish yashash huquqiga rahna 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin