Bank hisobi, tahlil va audit



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/112
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177084
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112
bank-hisobi-tahlil-va-audit-darslik

3-jadval
 
“A” Bankning aktivlari holati va dinamikasi 
№ 
Ko’rsatkichlari 
01.01.2016y. 
01.01.2017y. 
Farqi 
O’zgari
shi % 
qoldig’i 
mln. 
co’m 
ulushi 

qoldig’i 
mln. 
co’m 
ulushi 

mln. 
co’m 

1. 
Kassadagi naqd pullar 
va boshqa to’lov 
hujjatlari (10100) 
1728 
3,89 
1560 
3,46 
-168 
-
0,43 
-9,7 
2. 
Bankning O’zRMB 
hisobvaraqlari (10300) 
2037 
4,59 
2150 
4,77 
113 
0,18 
5,5 
3. 
Bankning boshqa 
banklardagi 
hisobvaraqlariga 
(10500) 
593 
1,33 
593 
1,31 

-
0,02 

4. 
Davlat obligatsiyalari 
(10700) 
55 
0,12 
55 
0,12 

-
0,01 

5. 
Qimmatli qog’ozlarga 
qilingan investitsiyalar 
(10800) 
342 
0,77 
320 
0,71 
-22 
-
0,06 
-6,2 
6. 
Sotib olingan debitorlik 
qarzlari –faktoring 
(11100) 
18 
0,04 


-18 
-
0,04 

7. 
Kreditlar (12100; 12500; 
12600; 12700; 13100; 
14500; 14900; 15000; 
15100; 15200; 15300; 
15400; 15500. 
28895 
65,05 
28240 
62,62 
-655 
-
2,43 
-2,3 
8. 
Lizing (15600) 
2021 
4,55 
2860 
6,34 
839 
1,79 
41,5 
9. 
Asosiy vositalar (16500) 
5059 
11,39 
5280 
11,71 
221 
0,32 
4,4 
10. 
Nomoddiy aktivlar 
(16600) 
162 
0,36 
162 
0,36 

-
0,01 

11. Boshqa aktivlar (19900) 
3510 
7,901 
3880 
8,603 
370 
0,70 
10,5 
JAMI: 
44420 
100 
45100 
100 
680 

1,5 
 
Bankning aktivlari holatini tahlil qiladigan bo’lsak, eng likvid sanalgan 
kassadagi naqd pullar yil davomida 1,7 mlr so’mdan 1,6 mlrd so’mgacha 
kamaygan, ya’ni yil davomida kassadagi naqd pul qoldigi 168 mln so’mga 
kamaygan. Markaziy bankdagi mablag’lar esa aksincha o’sish sur’ati bo’lgan, 
natijada yil davomida 2,03 mlrd so’mdan 2.15 mlrd so’m (yoki 105.55%)ga 
oshgan, bu bankning likvidligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bankning boshqa 
banklardagi pul mablag’lari o’zgarishsiz qolgan ammo uning aktivlardagi tutgan 
ulushi biroz kamaygan xolos, bundan banklardan pul mablag’larini oldi-sottisi yil 


91 
davomida yaxshi yo’lga qo’yilmaganligini ko’rish mumkin. Daromad keltiruvchi 
aktivlarning faqat lizingdan tashqari barchasi kamayish tendentsiyasini qayd 
qilgan. Jumladan, davlat obligatsiyalari bilan savdo hajmi yil davomida 
o’zgarishsiz qolgan, demak, yil davomida davlatning byudjet mablag’lari profitsit 
bilan chiqgan hamda bank keyinchalik ham foyda olish maqsadida bu aktivlarni 
sotmagan. Faktoring operatsiyalarini tahlilni ko’radigan bo’lsak, bank yil boshida 
18 mln so’m miqdorida debitorlik qarzlarini sotib olgan, yil davomida bu miqdor 
o’smagan, fikrimizcha bank xodimlari sotib olingan debitorlik qarzini yil 
davomida uzishga qiynalgan, shuning uchun yil oxiriga kelib bu aktivdan zo’rg’a 
qutilgan va yil oxiriga xech qanday vositachilik mablag’larisiz yopgan. Kredit 
operatsiyalari bo’yicha ham shu xolat ya’ni yil davomida kredit hajmi 28.9 mlrd 
so’mdan 28.6 mlrd so’mga kamaygan, kredit operatsiyalarning kamayishi 
bankning to’lovga qodirligi hamda likvidlik masalalariga ehtiyotkorlik bilan 
yondoshganligidan bilish mumkin. Lizing operatsiyalari esa aksincha yil davomida 
o’sish sur’atlarini tashkil qilgan. Yil boshida 2 mlrd so’m miqdorda lizing 
operatsiyalari amalga oshirilgan bo’lsa, yil oxiriga kelib bu ko’rsatkich 2.8 mlrd 
so’mni tashkil qildi, ya’ni o’sish sur’atlari deyarli 1.5 marta yoki 839 mln so’m 
bo’lgan. Demak, korxona yil davomida daromad keltiruvchi aktivlardan lizing 
operatsiyalarini risksizroq va ko’proq daromad olish manbasi sifatida ko’rgan. 
Daromad keltirmaydigan hamda likvidlikni ta’minlaydigan aktivlar miqdori ham 
o’sgan yil boshida asosiy vositalar 5 mlrd so’m bo’lib, yil oxiriga kelib bu 5.2 mlrd 
so’mni tashkil qilgan, o’sish sur’atlari 105 % yoki 221 mln so’m, bu holni bank 
yil davomida o’zining texnologik holatini yaxshilashga qaratilgan siyosati natijasi 
sifatida qarash mumkin. 
Umuman olganda bank aktivlari yil boshida 44.4 mlrd so’m bo’lib, yil oxiriga 
borib bu 45.1 mlrd so’mni tashkil qilgani holda 101.5 %ga o’sgan. Bunga salmoqli 
ta’sir qilgan lizing operatsiyalari (839 mln so’m), boshqa aktivlar (370 mln so’m), 
asosiy vositalar (221 mln so’m) va Markaziy bankdan olish kerak bo’lgan pul 
mablag’lari o’sishini (113 mln so’m) keltirish mumkin. Kassadagi naqd pullar (-
168 mln so’m) hamda kredit operatsiyalari (-655 mln so’m)ga kamayishi jami 


92 
aktivlar miqdorining o’sishiga salbiy ta’sir o’tkazgan. Eng asosiysi, bank mutloq 
likvid mablag’lar hamda eng ko’p daromad keltiruvchi aktivlarning keskin 
kamayishi bankni daromadligini pasaytirgan, ammo likvidligini saqlab qolishiga 
harakat qilgan, demak, yil davomida bank qandaydir yo’qotish yoki zararlarni 
qoplash bilan shug’ullangan, ikkinchi holda esa bank noto’g’ri strategiya tanlovi 
asosida harakat qilgan. 
Bank aktivlari miqdorining tarkibi va dinamikasini o’rgangan holda, ularga 
ta’sir etuvchi omillar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlar belgilanmog’i lozim. 
Buning uchun aktivlar daromadliligi nuqtai nazaridan ham tahlil etilmog’i lozim.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin