59
BOLALAR ONGIDA NATURAL SONLAR QATORI SISTEMASINING
TARKIB TOPISHI
Tayanch so‘z va iboralar:
son, sanoq, natural sonlar, o‘nlik sanoq sistemasi,
dyujina, tenglik, tengsizlik.
Sanash va o‘lchash jarayonida bolalarda butun sonlar qatori haqidagi
tasavvurlarini rivojlantirish.
Son va sanoqning dastlab qachon paydo bo‘lganligi
noma’lum. Lekin bundan bir necha o‘n ming yillar burun odamlar o‘z ehtiyojlarini
qondirish uchun turli buyumlar yasab, mehnat qilganlar. Buning natijasida sanoqqa
duch kelganlar. Shu bilan birga savdo-sotiqning yuzaga kelishi ham shuni taqozo
qiladi.
Odamlar kiyikning nechta shoxi, qushning nechta qanoti bo‘lsa, odamning
shuncha qo‘li borligini bilganlar. Ular ikkigacha sanashni o‘rganganlar. Masalan,
yangi Gvineyada, Avstraliyada sonlar quyidagicha: «bir» (uratun) va 2 (okoza).
Ular shunday hisoblashgan (okoza — uratun-3) (okoza-okoza - 4 (okoza- okoza-
uratun - 5). Shu uslubda 7 gacha sanashni bilganlar. Undan kattalarini «ko‘p» deb
ataganlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, «Yetti o‘lchab bir kes», «Bir
kishi
ishlaydi, yetti kishi yeydi» va boshqa shu kabi maqollar saqlanib kelgan.
Keyinchalik boshqa sonlar paydo bo‘ldi. Buyumlarni sanashni osonlashtirish
uchun ularni beshtalab, o‘ntalab, dyujinalab buyumlarga ajrata boshladilar.
Dyujina (bu 12 ta buyumdan tuzilgan uyum) ni ikki, uch, to‘rt va oltita teng
bo‘lakka bo‘lish oson bo‘lgan. Lekin dyujinaga qaraganda 5 va 10 talab sanash
osonroq bo‘lgan. Bu barmoqlar orqali amalga oshirilgan.
Gorssova orollaridagi
kishilar faqat barmoqlarini emas tananing boshqa qismlar orqali tartibiy ravishda
foydalanib 33 predmetgacha sanaganlar. Keyinchalik maxsus so‘zlar paydo
bo‘lgan. Floridalar «na-kua» 10 tuxum, «na-banara» 10 korzinka degan so‘z edi.
«Na» esa 10 ta degani. Pul paydo bo‘lganda o‘nlik sistema yuzaga keldi.
Bunda
o‘nta o‘n yuztani, o‘nta yuzlik mingni tashkil qilgan. Bunday holda bir necha kishi
sanagan. Birinchi kishi qo‘llaridagi barmoqlarini birin-ketin yumib birlikni
sanagan. Sanovchida 10 ta barmoqning hammasi yumilgandan keyin, u
barmoqlarini ochib yuborgan. Ikkinchi sanovchi esa 6 barmog‘ini yumgan. Uning
60
barmoqlari nechta to‘la o‘nliklar sanalganini ko‘rsatgan va h.k. Ana shunday o‘nlik
sistemasi hindularning faktik sanashlari ham ko‘rinadi. Bunda ular 10 ta predmetni
bir qatorga qo‘yganlar, 2 chisi yangi qatordan boshlaganlar. Bu usul uchun XI-XVI
asrlarda Meksika sonini ifodalovchi illyustratsiya usuli qabul qilingan.
Bir nuqta
bilan ifodalanganlar, ikkini 2 ta nuqta bilan, uchni esa bunday va h.k.
Qadimgi sanoqlar yangicha bo‘lib, ular piramidalarda (ular qushlar, odamlar
va hayvonlarni ifodalovchi nerogriflar ) saqlanib qolgan. Ana shunday yozuvlar
Markaziy Amerika va Peruda ham bo‘lgan. Bular
yozishning ilk bosqichlari
bo‘lgan. Bularni 30-yillargacha noma’lumligi saqlanib qolli. Chunki buning uchun
qadimgi Misr va Vavilonlarning tilini o‘rganish kerak edi. 30-yillarda Pasxi
orolidan topilgan qazilma uni aniqlashga xizmat qildi. Ikkita matematik papirus
saqlanib qolgan. Biri
Londondagi Britaniya muzeyida, biri, Moskvadagi Pushkin
muzeyidadir. Bunday tayoqcha 1 ni, qurbaqa 100.000 ni, qo‘lini osmonga ko‘tarib
turgan odam 1.000.000 ni bildirgan.
Dostları ilə paylaş: