61
natijasida, mavjud bo‘lgan ayrim nazariy vaziyatlarni
umumlashtirib quyidagi
xulosaga kelish mumkin:
1. Yosh bolalarning turli to‘plamlar bilan mashg‘ul bo‘lishidagi amaliy
faoliyati davrida ayrim elementlardan tashkil topgan to‘plamlarni butun bir obyekt
shaklida tasavvur qiladi. Bu hol bolalarning 3 yasharligida sodir bo‘ladi, bu davrda
bolalar ongida to‘plamlar tushunchasini tarkib toptirish vazifasi ko‘ndalang turadi.
Bolalar bu davrda bir to‘plam elementlarini ikkinchi to‘plam elementlaridan bir
qiymatli moslikda qo‘yish malakalarini egallashi, to‘plamlar elementlari orasidagi
miqdoriy tenglik yoki tengsizlik bilan tanishib, «tenglik»
tushunchasini
o‘zlashtirishi lozim.
2. Bolalarda tarkib topgan ko‘pliklar tushunchalari elementlarni bir-biriga
mos munosabatda qo‘ya bilishni o‘rganishdagi amaliy ko‘nikmalariga asoslanib, 4
yoshdagi bolalar guruhida sanoqqa o‘rgatishda sonlarni ifodalash boshlanadi.
Bu davrda bolalar ikki to‘plamni birini-biriga solishtirib ko‘rish malakasini
egallaydilar va sanoq jarayonida yakunlovchi (natijaviy) sonning ahamiyatini
tushuna boshlaydilar.
3. Bolalarda to‘plamlar tasavvuri shakllanishi turli
analizatorlar ishtirokida
bo‘lishini hisobga olib, eshitish orqali tovushlar to‘plamini, ko‘rish orqali narsalar
va hodisalar to‘plamini paypaslab, mayda muskullar yordamida ko‘rinmaydigan
narsalar to‘plamini miqdoriy qabul qilish malakalarini tarbiyalovchi sharoitlarni
mavjud qilish zarur. 4-5 yashar bolalar guruhida, turli
analizatorlar yordamida
bolalarning sanoq malakalarini yana ham oshirish bilan, ularga qator sonlar
orasidagi to‘g‘ri va teskari munosabatlar tushuntiriladi. Bunday qilishga turli
to‘plamlarni solishtirish orqali erishish lozim.
4. 6 yashar bolalar guruhida qo‘shni sonlar
orasida munosabatlarni
tushuntirish yana ham chuqurlashtirilib, bolalar son, funksiyani bajarishi, ya’ni
miqdorni va tartibni ko‘rsatishi bilan tanishadi. Bu
bilan bolalar ongida sonlar
qatori qat`iy bir sistemada bo‘lishi tushunchasi shakllanib, har bir sonning tarkibi
o‘zidan kichik ikki sondan iborat bo‘lishi ham o‘rgatiladi. Bu tariqa ber ilgan
ma’lumotlar bolalarni arifmetik amallarni tushinish va o‘zlashtirishga tayyorlaydi.
62
5. Bolalarga ta’lim berish dastursidagi bunday izchillik tartibi bolalarni
konkret narsalar bilan bog‘liq bo‘lgan sanoq faoliyatidan sonlar bilangina ishlash,
ya’ni hisob faoliyatiga ko‘chish imkonini tug‘diradi.
Dostları ilə paylaş: