“Keyingi sonni top”
Borishi: Bolalar doira bo‘lib turadi tarbiyachi bir deb koptokni bir bolaga
otadi. Bola esa koptokni ilib oladi, “ikki”, deb keyingi bolaga otadi. O‘yin shu
tarzda 6 sonigacha davom etadi. Bolalar bu o‘yin orqali 6 sonning ketma-ketligini
bilib, bu boradagi bilimlarini mustahkamlaydi.
Nazorat savollari.
1.Sanash va o‘lchash jarayonida bolalarda butun sonlar qatori haqidagi
tasavvurlar qanday shakllantiriladi?
2.Bolalar ongida natural sonlar qatori tizimi qanday tarkib toptiriladi?
3.Natural son qatori, miqdor, tartib son xususiyatlarini tavsiflang.
Topshiriq:
Sanash va o‘lchash jarayonida bolalarda butun sonlar qatori
haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash uchun «Predmetlar sonini aniqlang»
metodikasini o‘tkazing. Natijalarni tahlil qiling.
Adabiyotlar:
1. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия
ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.:
Ўқитувчи, 1995 й.
64
2. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni
shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007.
3. Михайлова А., Носова Э. Д., Столяр А. А., Полякова М. Н.,
Вербенец А. М.Теории и технологии математического развития детей
дошкольного возраста. – Издателство «Детсво-пресс». Санкт-петербург,
2008.
SANASH FAOLIYATINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Tayanch so‘z va birikmalar:
to‘plam elementlari, tenglik, tengsizlik,
sanoq
faoliyati, sanoq faoliyati bosqichlari, solishtirish,
pul birliklari, so‘m.
Sanash natijalari, sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari.
Ilmiy
tekshirishlar natijasida aniqlanishicha, bolalarning sanoq faoliyati taraqqiyoti
quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1-bosqich. Bu bosqichda bolalar bir xildagi narsalar to‘plami bilan ish
ko‘rib, ularni ajratadilar va bir joydan ikkinchi joyga olib qo‘yib, nimalarnidir
quradilar. Bu vaqtda bolalar butun to‘plamni ayrim elementlarga ajratib, tovush
yoki harakatlar yig‘indisi elementlarning bir xildagi takrorlanishiga ahamiyat bera
boshlaydilar.
2-bosqich. Bu bosqichda bolalar bir to‘plam elemetlarini ikkinchi to‘plam
elementlari bilan solishtirish malakasini amaliy egallab, elementlarning o‘zaro bir
qiymatli munosabatda bo‘lishini aniqlay boshlaydilar. To‘plamlar elementlarini
solishtirishni mashq qilish natijasida elementlar orasida tenglik yoki tengsizlikni
seza boshlaydilar.
3-bosqich. Bu bosqichda bolalar sanoq operatsiyasini egallay boshlab,
solishtirilayotgan to‘plamlar elementlarini sanab, sonlarni o‘rinli ishlata
boshlaydilar. Bolalar ongida natural sonlar qatori to‘plam tushunchasining shunday
bir andozasi bo‘lib, uning yordamida istalgan to‘plamning elementar miqdorini
aniqlash mumkinligini tushuna boshlaydi.
65
4-bosqich. Bunda bolalar qo‘shni sonlar orasidagi to‘g‘ri va teskari
munosabatlarni aniqlaydi, son tushunchasini chuqurroq o‘zlashtirib, natural sonlar
qatori ma’lum bir sistema ekanini bilib oladilar. Shunday qilib, bolalarning sanoq
faoliyati jarayonida, avvalo, to‘plamlar haqidagi tasavvuri tarkib topadi, so‘ngra
sonlar va sonlar qatori sistemasi tushunchasi tarkib topadi. Bolalarning sanoq
faoliyati taraqqiyotida to‘rtinchi bosqich ularni yangi faoliyatga tayyorlaydi, bu esa
bolalarning aniq to‘plamlar bilangina emas, balki sonlar bilan ham ishlashi
mumkinligini ayon qilib qo‘yadi.
Shunday qilib, bolalar bevosita to‘plamlar bilan ish ko‘rish jarayonida sezib
qabul qilishdan fikrlab ongli ravshda qabul qilishga ko‘chadilar.
Katta guruhlar uchun son-sanoqqa o‘rgatish vazifalari quyidagicha
belgilangan:
1.
8,9,10 sonlarining hosil bo‘lishi bilan tanishtirish.
2.
10 soni ichida bittalab va tartib bilan sanashga o‘rgatish.
3.
10 gacha bo‘lgan sonlar yozuvi bilan tanishtirish va taqqoslashni davom
ettirish.
4.
10 tagacha bo‘lgan sonlarning nomlarini, yozuvlarini farqlash va
ayirishni o‘rgatish.
5.
Yonma-yon turgan sonlar orasidagi munosabatlarni tushunishga
o‘rgatish.
6.
10 tagacha bo‘lgan predmetlarni to‘g‘ri va teskari tartibda sanash
malakalarini mustahkamalsh.
7.
6,7,8,…10 sonlarining ayrim birikmalardan iborat tarkibi bilan
tanishtirish.
8.
Arifmetik masala tuzilishi bilan tanishtirish.
Katta guruhda bolalarni sanoqqa o‘rgatish davom ettiriladi. 10 ichida miqdor
sonlarni ham, tartib sonlarni ham ishlatish malakasi mustahkamlanadi. Bolani
«Qanday?» (buyumning sifati, alomati haqida: yashil, katta, dumaloq); «Qancha?»
(buyumning miqdori haqida); «Nechanchi?» (buyumning boshqa buyumlar
orasidagi o‘rni tartib son bilan aniqlanadi, masalan, beshinchi) kabi savollarni farq
66
qilgan (differensial) holda tushunishga o‘rgatish muhimdir. Bolalarda sonlar
orasidagi bog‘lanishlarni shakllantirish davom ettiriladi: har bir keyingi son
oldingisidan katta, oldingisi keyingisidan kichik. Shu asosda yonma-yon turgan
sonlar orasidagi munosabatlar haqidagi tasavvurlar o‘zlashtiriladi: har bir keyingi
son oldingisidan bitta ortiq, har bir oldingi son esa keyingisidan 1 ta kichik. (5, 6
dan 1 ta kichik, 6, 5 dan 1 ta katta, 6, 7 dan.1 ta kichik). Bolalar bir son
ikkinchisidan 1 ta kichik (yo katta) ekanini o‘zlashtirganlaridan keyin, ularga agar
kichik songa 1 ni qo‘shilsa, keyingi katta son hosil bo‘lishini, agar katta sonni 1 ta
kamaytirilsa, kichik, ya’ni oldingi son hosil bo‘lishi tushuntirib beriladi. Sonlar
orasidagi bog‘lanish va munosabatlarning hammasi buyumlar guruhlarini
taqqoslash asosida tushuntiriladi. Bunday mashqlar jarayonida tarbiyachi «qancha
edi?», «qancha qo‘shishdi (ayirishdi)?, «qancha bo‘ldi (qancha)?» kabi savollardan
foydalanadi.
Katta guruhda bolalarga har bir son o‘z ichiga ma’lum sondagi birliklarni
olishi haqida bilim berish zarur. 5 ichidagi sonlarning birliklardan iborat tarkibi
haqidagi tasavvurlar ham aniq misollarda shakllantiriladi.
Bolalar buyumlar guruhlarini, ularning belgilari, sifati bo‘yicha tahlil
qilishga, so‘ngra sonning birliklarini aytishga o‘rgatiladi. Masalan, tarbiyachi stol
ustiga har xil rangdagi 4 ta kubchani qo‘yib, kublar nechta?; qanday rangdagisi
nechta?, deb so‘raydi. Oxirgi savol buyumlar miqdorini ularning ranglari bo‘yicha
tahlil qilishga yo‘naltiradi: «Qaysi rang.dan nechta?» – 1 ta qizil, 1 ta ko‘k, 1 ta
sariq, 1 ta yashil». – «Hammasichi?» – «Hammasi 4 ta kub» – «Demak, 4 – bu 1,
1, 1 va 1. Shundan keyin yana bolalardan sonning birliklarini, so‘ngra sonning
o‘zini aytish so‘raladi (1,1,1 va 1 – bu 4).
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘qitishda buyumlar haqidagi har
xil bilimlaridan, ularni differensiallash yoki guruhlarga birlashtirish, alohida
alomatlari bo‘yicha umumlashtirish malakalaridan foydalanish kerak. Masalan,
hammasi bo‘lib 5 ta o‘yinchoq bor. «Qancha?» – «1 ta quyon, 1 ta ayiqcha, 1 ta
ayiq, 1 ta qo‘g‘irchoq, 1 ta tulki».– «Demak, 5 – bu 1, 1, 1, 1, va 1». Bolada butun
miqdorini ko‘rish va uni aytish, sonning birliklarini (sonni tuzuvchi har qaysi
67
birlikni) aytish, ularni birlashtirib, bir son bilan aytish malakasi shundan
shakllantiriladi.
Sonning birliklardan iborat tarkibini o‘rganishda bolalarning geometrik
shakllar haqidagi bilimlaridan, buyumlarning kattaliklari bo‘yicha munosabatlarini
bilishlaridan va ularning nisbatan kattaliklarnii ayta olishlaridan foydalanish kerak.
Masalan, 3 sonining birlardan iborat tarkibini tahlil qilishda geometrik shakllarni:
uchburchak, doira, kvadratni olish mumkin; 5 sonining birlardan iborat tarkibini
tahlil qnlish uchun har xil uzunlik va rangdagi qog‘oz bo‘laklarni olish mumkin.
Bu bo‘laklarning bittasi sariq – eng qisqa, bittasi ko‘k – biroz uzunroq, bittasi
yashil – yanada uzunroq, bittasi oq – 2 ta kam uzunroq, bittasi qizil – eng uzun,
jamn esa 5 ta – bu 1, 1, 1, 1 va 1.
Bolalar olgan bilimlarini har xil topshiriqlar yordamida mustahkamlashi
kerak. Masalan, tarbiyachi sonli kartochka ko‘rsatadi va bolalarga buyumlarni,
sonda nechta birlik borligi ko‘rinnb turadigan qilib jsylashtirishni taklif qiladi.
Yoki u 3 ta doirachali, sonli kartochkani ko‘rsatadi, bolalar esa doira, uchburchak
va kvadratni qo‘yadilar. Bolalardan 3 ta shaklni nega ajratib sanaganini, u qaysi
shakllarni ajratib qo‘yganini (1 ta doira, 1 ta uchburchak, 1 ta kvadrat), 3 sonida
nechta birlik borligini so‘rash mumkin. Shunday qilib, tarbiyachi bolalarni natural
sonlarning hosil bo‘lishi bilan tanishtiradi: sonni bir birlik orttirish yoki
kamaytirishga qarab, katta yoki kichik son hosil bo‘ladi.
Katta guruhda bolalarda tartib sonlardan foydalanish malakasini
rnvojlantnrish davom ettiriladi. Bola shu yoshda ham ko‘pincha sonning tartib
qiymatini miqdor qiymati bilan almashtirib yuboradi. Shu sababli bolalarga tartib
sonning mohiyatini ochib berish, miqdor son har doim ham tartib son bilan ustma-
ust tushavermasligini ko‘rsatish, tartib son esa har doim buyumlarning ma’lum
miqdorini bildirib turishini ko‘rsatish kerak. Tartib sanoqni kiritishga qadar
bolalarga «qancha»? degan savolga javob berishda faqat chapdan o‘ngga qarab
sanashnigina emas, balki o‘ngdan chapga qarab ham, o‘rtasidan boshlab ham
sanash mumkinligini, qator emas, boshqacha joylashtirilgan buyumlarni nstalgan
buyumlardan boshlab sanash mumkinligini ham ko‘rsatish kerak. Agar sanoq
68
(biror buyumni o‘tkazib
yubormay, sanashning qapsi buyumdan boshlanganini va
qaysilarining sanalganini eslab qolib) to‘g‘ri olib borilsa, natija har doim bir xil
chiqaveradi.
Bola tartib sanoqda «nechanchi?» savoliga javob berish talab qilinganda
buyumlarni har doim qator qilib joylashtirishlarini o‘zlashtirib olishi kerak.
Odatda, chapdan o‘ngga qarab sanashadi (o‘ngdan chapga qarab sanash ham
mumkin, ammo bola sanoq qanday tartibda olib borilayotganini bilishi kerak).
Bolalar buyumning boshqa buyumlar orasidagi tartibini aniqlashda
sanoqning yo‘nalishi muhim ahamiyatga egaligini bilib oladilar. Tarbiyachi har
doim «qancha?»
savoliga sanab chiqilgan buyumlarning hammasi qanchaligini
aytish bilan, «qaysi?» («sanoq bo‘yicha nechanchi?») savoliga bir buyumning
boshqa buyumlar orasidagi o‘rnini bilib, javob berish kerakligini va birinchi,
ikkinchi, uchinchi deb sanash kerakligini eslatadi va ta’kidlaydi.
Bolalarni «qaysi?», «nechanchi?» savollarini tushunish va farq qilish
bo‘yicha mashq qildirish uchun ularni buyumlarning kattaligi va rangiga qarab
taqqoslash malakalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, ularga rangli
qog‘oz bo‘lagi hammasi bo‘lib qanchaligini; yuqoridagi birinchi bo‘lak qanday
rangda ekanini; qaysi bo‘lak beshinchi, yashil bo‘lak hisob bo‘yicha nechanchi
ekanini, qora bo‘lak hisob bo‘yicha nechanchi ekanini topish topshirig‘i beriladi.
Bunday topshiriqlarda geometrik shakllar – katta uchburchak, doira, uchburchak,
to‘rtburchak, rangi bir xil, ammo har xil kattalikdagi katta uchburchak, katta doira,
katta to‘rtburchaklardan foydalanish mumkin. U («Katta doira sanoq bo‘yicha
nechanchi?, qaysi shakl to‘rtinchi? Katta to‘rtburchak sanoq bo‘yicha nechanchi?»
Keyingi shaklni ayting. U qanday? Oltinchi shakl nima deb ataladi?»). «Qaysi?»
savolini tushunish malakasi hafta haqidagi bilimlarni aniqlashga doir mashqlarda
ham mustahkamlanadi. Masalan, tarbiyachi haftaning birinchi kuni nima?,
haftaning uchinchi kuni qanday atalishini, haftaning nechanchi kuni payshanba? va
h. k. savollarni har xil ifodalashi kerak. Bu ham diqqatni to‘plash, ham bilimlarni
yanada chuqur o‘zlashtirishga imkon beradi. O‘yin usullari ham samaralidir.
Chunonchi, o‘qituvchi gapiradi va u o‘z nutqini flanelegrafda namoyish qilish
69
bilan kuzatib boradi. O‘tloqda qanday hayvonlar borligini ayting. Hayvonlarni
narigi qirg‘oqqa o‘tkazish kerak. Ko‘prik tor bo‘lgani uchun ular bir-birining
orqasidan ketma-ket ketishadi. Diqqat bnlan qarang, nima birinchi ketmoqda?
Nima ikkinchi bo‘lib ketmoqda? Sigirning orqasidan nima ketmoqda? ... Qo‘ydan
oldin nima ketmoqda? Nima oxirida ketmoqda? Qo‘zichoq hisob bo‘yicha
nechanchi? Hammasi bo‘lib nechta hayvon ko‘prikdan o‘tmoqda? Maktabgacha
ta`lim yoshidagi bolalarning katta guruhida turlicha kattalikdagi har xil joylashgan
buyumlardan ikkitadan, beshtadan, to‘qqiztadan kabi ifodalarni qo‘llab,
tengliklarni aytishga o‘rgatish davom ettiriladi.
Dastlabki ma’lumotlarni didaktik tarqatma materiallar bilan bajariladigan
mashqlarda berish maqsadga muvofiq. Bolaga 4 ta uchburchakni ajratib sanash va
ularni qator qilib qo‘yishni; shuncha doirachani ajratib sanab, ularni uchburchaklar
ostiga joylashtirish; doiralar ostiga ularga teng miqdorda kvadratlarni qo‘yish,
uchburchaklar, dopralar, kvadratlar nechtaligini qayta sanashni taklif qilish
mumkin. Nihoyat, ushbu savolni ham berish kerak, «Har bir qatorda nechtadan
geometrik shakl bor?». Bu savolga har xil javob berishga yo‘l qo‘yish mumkin:
ixcham javob – «To‘rttadan»; to‘liq javob: «To‘rttadan geometrik shakl» yoki
«Har bir qatorga to‘rttadan geometrik shakl joylashtirilgan».
Bunday topshiriqlar bolalarning bilimlarini mustahkamlashga yordam
beradi. Tarbiyachi sonli kartochkani ko‘rsatadi va kartochkada nechta doiracha
bo‘lsa, shuncha buyumni ajratib sanab qo‘yishni taklif qiladi. Kartochkani yana bir
marta ko‘rsatadi va sonni aytadi, bolalar shuncha buyumni ajratib sanab
qo‘yishada. Shundan keyin tarbiyachi so‘raydi, «Siz nechtadan o‘yinchoq
qo‘ydingiz?» yoki «Stolda nechta o‘yinchoq va kartochkada nechta doira bor?»
Bolani o‘z tevarak-atrofidan tengliklarni topish bo‘yicha mashq qildirish
zarur. (Bolalar stol atrofida 2 tadan, 4 tadan o‘tirishibdi, stollar qatorga bittadan
qo‘yilgan, har qaysi stol yonida 2 tadan kursi (stul) turibdi. Har qaysi shkafchada 5
tadan sochiq bor va h. k.)
Katta guruhda bolalarning biri ko‘proq, biri kamroq joy olganda ham
buyumlar
guruhlari
teng
bo‘lishi
mumkinligi
haqidagi
tasavvurlari
70
mustahkamlanadi.
Tarbiyachi
flanelegrafga
(doskaga)
uchburchaklar
va
kvadratlarni bir-birining tagiga qo‘yadi, bolalar ularning miqdorini aniqlaydi (5 va
5). Shundan kenin tarbiyachi uchburchaklarni boshqacha qo‘yadi; ularni sanab
chiqish va dastlabki miqdor o‘zgargan yoki o‘zgarmaganligini aytishni so‘raydi:
endi kvadratlar va uchburchaklar nechtadan bo‘ldi; nima o‘zgardi (uchburchaklarni
boshqacha qo‘ydingiz, endi ular ko‘proq joy oldi).
«Kvadratlar o‘shancha – 5 ta ekani ko‘rinib turishi uchun ularni qanday
qo‘yish (ustiga qo‘yish yoki yoniga qo‘yish) mumkin?» – deb so‘raydi tarbiyachi
oxirida. Boshqacha vaziyatdan ham foydalanish mumkin: kvadratlarni
uchburchaklar tagiga bittadan oralatib qo‘yish va bolalarga bunday savollarni
berish mumkin: U yoki bu shaklning miqdori o‘zgardimi? Kvadratlar va
uchburchaklar nechtadan? Ular 5 tadan ekanini qanday tekshirish mumkin?
(Sanash, bir-birining ostiga qo‘yib chiqish). Bolalarga to‘g‘ri usullardan foydalanib
3, 4, 5 sonlarining hosil bo‘lishi bilan tanishtirish va bu sonlar doirasida sanashni
o‘rgatish: bir qator qo‘yilgan predmetlarni sanab, sonni tartib bilan aytish, sonni ot
bilan moslashtirib, oxirgi sonni sanalgan predmetlarga taaluqli qilib aytish,
masalan, “Bir, ikki, uch, - hammasi bo‘lib uchta qalam”, “Bir, ikki, uch, to‘rt
- hammasi bo‘lib to‘rtta qalam” tarzida. 3, 4, 5 sonlari doirasidagi sonli
kartochkalar bilan tanishtirish. Bolalarga 3, 4, 5 gacha bo‘lgan sanoq va tartib
sonlarni o‘rgatish, “Qancha?”, “Qaysi?”, “Nechanchisi?”, “Sanoq bo‘yicha
nechanchi?”, “Nechanchi o‘rinda?”, “Hammasi bo‘lib nechta?” savollariga javob
berib, sanoq va tartib sonlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish. Bolalarga
predmetlarning ikki guruhini qiyoslashni mashq qildirish va taqqoslashni o‘rgatish,
masalan (“Bir, ikki, uch, to‘rt, besh – hammasi bo‘lib beshta koptok", “Bir, ikki,
uch, to‘rt – hammasi bo‘lib to‘rtta kubik. Beshta ko‘p, to‘rtta kam. Koptoklar
kubiklardan bitta ko‘p ekan”). 5 gacha bo‘lgan sonni o‘zidan kichik bo‘lgan ikkita
songa (buyumlar misolida) ajratish. Masalan, “Senda 5 ta olma bor, ikkitasini
ukangga berding. O‘zingda nechta qoldi?” degan savol bilan murojaat qilish.
Predmetlarning kam guruhiga etishmagan predmetni qo‘shishni yoki ko‘p
guruhdan bitta ortiqcha predmetni olishni va guruhlar o‘rtasida bir xil miqdordagi
71
har xil predmetlardan iborat tenglik hosil qilishni o‘rgatish. (“Kartochkaning
yuqori qatorida uchta anor, pastki qatorida to‘rtta olma, anorlar olmalardan bitta
kam. Agar yana bitta anor qo‘ysak anorlar va olmalar soni teng bo‘ladi”). 4 yoshli
bolalarni o‘qitishning asosiy vazifasi ularni to‘g‘ri usullardan foydalanib, 5 ichida
buyumlarni,
tovushlarni,
harakatlarni
sanashga
o‘rgatishdir. Dastlabki
mashg‘ulotlarda tarbiyachi sanash namunasini ko‘rsatib o‘zi sanaydi, bolalar esa u
sanagan buyumlarning umumiy miqdorinigina aytadilar, ya’ni sanoq jarayonini
tarbiyachi o‘z zimmasiga oladi, sanoq natijasini bolalar aytishadi. Sanoqqa
o‘rgatish bir-birining ostiga paralel joylashgan 2 qator buyumlar guruhini
taqqoslash asosida tuziladi. Taqqoslanuvchi guruhlar yonma-yon turgan sonlarni
ifodalashi kerak: 1 va 2, 2 va 3, 3 va 4,4 va 5. Bu natural qatorning har bir keyin
(oldin) keladigan sonining hosil bo‘lish prinsipini o‘zlashtirish uchun ko‘rsatmali
asos hosil qiladi, bolaning bir to‘plam bir son bilan, ikkinchi to‘plam boshqa son
bilan atalishini tushunishga yordam beradi. Masalan, tarbiyachi sanoq zinasi
(narvoni)ning pastki pog‘onasiga 2 ta buyum (2 ta archa) qo‘yadi, ular ni qayta
sanaydi, bunda bolalar e’tiborini natijaviy songa qaratadi. Shundan keyin ustki
pog‘onaga archalar ustiga aniq mos keltirib boshqa buyumlarni (2 ta olmaxonni)
qo‘yadi. Ularni sanaydi, bolalarga miqdoriy munosabatlarni (2 ta olmaxon va 2 ta
archa, archalar va olmaxonlar miqdori tengdan) namoyish qiladi. Shundan keyin
tarbiyachi ustki pog‘onaga yana bitta olmaxon qo‘yadi va darhol miqdoriy
munosabatlarni aniqlaydi: «Olmaxonlar ko‘paydimi yoki kamaydimi?» -
«Ko‘paydi». Bolalar «ko‘pni» juda yaxshi ko‘radilar. «Bitta olmaxonning jufti
yo‘q, olmaxonlar ko‘p, archalar esa kam. Archalar 2 ta, olmaxonlar nechta? Sanab
chiqish kerak». Tarbiyachi sanaydi: “Bir, ikki, ...”. Shundan keyin yangi so‘z – uch
sonini aytadi. (Hammasi bo‘lib, 3 ta olmaxon) Tarbiyachi qo‘lini aylantirib ishora
qiladi, bu ishora – uch soni sanab chiqilgan uchala olmaxonning hammasiga
tegishli ekanini bildiradi, shundan keyin xulosa chiqaradi: “Jami olmaxonlar
uchta”. Bolalardan olmaxonlar qanchaligini takrorlashni so‘raydi, darhol ularning
e’tiborlarini sonlardan qaysilari katta, qaysilari kichik ekaniga qaratadi: “Uch
ikkidan katta, ikki uchdan kichik. Uch katta, ikki esa kichik”. Bolalar bunga
72
ko‘rsatmali ishonch hosil qiladilar. Ular, agar guruhlardagi buyumlar tengdan
(baravardan) bo‘lsa, ularning miqdori bir xil sonning o‘zi bilan belgilanishini
ko‘radilar (2 ta olmaxon va 2 ta archa), agar 1 ta buyum olinsa (qo‘shilsa),
buyumlar kam (ko‘p) qolishini va guruh yangi son – uch bilan belgilanishini
ko‘radilar. Bolalar har bir son buyumlarning ma’lum miqdorini belgilashini
tushuna boshlaydilar. Dasturda maktadga tayyorlov guruhlari uchun son-sanoqqa
o‘rgatish vazifalari quyidagicha belgilangan:
1.
10 gacha bo‘lgan sonlarni to‘g‘ri aytish, to‘g‘ri va teskarisiga sanash
malakalarini mustahkamlash.
2.
10 gacha bo‘lgan sonlarda oldin va keyin keladigan sonni topish va
farqlash.
3.
Sonlarning narsalarni joylashishiga, o‘lchamiga, masofaga, shakliga
bog‘liq emasligini bilish.
4.
Ikkita kichik sonlardan katta sonni hosil qilishni o‘rgatish.
5.
100, 200,500 so`mlik tangalarning qiymati bilan tanishtirish.
6.
Misollarni raqamlar yozilgan qog‘ozlar yordamida ifodalab yechishga
o‘rgatish.
7.
Narsalarni 15 tagacha sanashga o‘rgatish.
8.
1 dan 10 gacha bo‘lgan raqamlarning yozilishini o‘rgatish.
9.
Narsalarni 20 tagacha sanashni o‘rgatish.
10.
Ikkinchi o‘nlik sonlarning hosil bo‘lishini ko‘rsatish.
11.
20 gacha bo‘lgan har bir sonni bittaga orttirish va kamaytirishga
o‘rgatish.
12.
Qo‘shish va ayrishga doir sodda arifmetik masalalar tuzish va
o‘rgatishni davom ettirish.
13.
500 so`m, 1000 so‘m, 5000 so‘m, 10000 so‘m qiymatga ega bo‘lgan pul
birligi bilan tanishtirish.
Maktabga tayyorlash guruhida tarbiyachi bolalarning 20 gacha sanash,
ajratib sanash ko‘nikmalarini takomillashtiradi. Bolani har xil yo‘nalishda
sanashga, qaysi buyumlar sanalganini, sanash qaysi buyumlardan boshlanganini
73
eslab qolib, hech bir buyumni ikkp marta sanamay, bitta ham buyumni o‘tkazib
yubormay sanashga o‘rgatiladi. «Tengdan», «baravardan», «ko‘p», «kam»
tushunchalarini
o‘zlashtirish,
shuningdek
sanoq
ko‘nikmalarini
puxta
shakllantirpsh ko‘p miqdordagi rang-barang mashqlardan va ko‘rsatmali
qo‘llanmalardan foydalanilgandagina mumkin bo‘ladi. Tarbiyachi buyumlarni har
xil kombinatsiyalarda: bir guruhni qator qilib, ikkinchi guruhni doira bo‘yicha,
boshqasini esa bir nechta (2-3 qism) guruh qilib joylashtiradi va h. k. Tarbiyachi
bolalarni shunday usullarni izlashga undaydiki, ular yordamida buyumlarning
joylashishlariga nisbatan qulay va tez hisoblash mumkin bo‘ladi.
Bolalarga tovushlarni, harakatlarni sanashga, buyumlar miqdorini sezish
bo‘yicha aniqlashga doir topshiriqlar berish zarur.
Mazkur yosh bosqichida bolalarni tartib sanoq bo‘yicha mashq qildirish
davom ettiriladi. Masalan, tarbiyachi 5-8 ta buyum tasvirlangan kartochkani
bolalarga ko‘rsatadi. Hamma buyumlar qancha ekanini, u yoki bu buyum sanoq
bo‘yicha nechanchi ekanini so‘raydi. (Daftar oldida nechta buyum turibdi? Qaysi
buyumlar? Kitob bilan ruchka orasida qaysi buyumlar turibdi? Ruchka sanoq
bo‘yicha nechanchi? va h. k.)
Maktabga tayyorlash guruhida bolalar sonlarning teskari kelish tartibi
bo‘yicha sanashga o‘rgatiladi. Dastlab bunday mashqlar aniq materialda
o‘tkaziladi. Bunday mashqlarni uncha katta bo‘lmagan sonlardan boshlash tavsiya
etiladi. Masalan, tarbiyachi stoliga 5 ta o‘ninchoq (buyum) qo‘yilgan. Bolalar bu
buyumlarni sanab bo‘lganidan keyin tarbiyachi ularni bittadan olishni aytadi,
bolalar esa qolgan o‘yinchoqlar sonini (... beshta ... to‘rtta .., uchta..,ikkita ..., bitta
.., hech nima) aytishlari kerak.
Mashqdan mashqqa o‘tilgani sari buyumlar miqdori ko‘paytirib boriladi.
Shundan keyin bolalarda sonlarni teskari tartibda ko‘rgazmali materialsiz ayta
olish malakasi asta-sekin hosil qilina boradi. Shu maqsadda «Keyingi (oldingi)
sonni ayt», «Sanashni davom ettir», «Kichik sonni ayt», «Kim katta?», «Koptokni
ushla» kabi og‘zaki didaktik o‘yinlar tavsiya qilinadi. Maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalar raqamlar bilan tanishganlaridan keyin, bunday o‘yinlar
74
raqamlardan foydalanib o‘tkaziladi. Bolalar raqamli kartochkalarni natural qator
sonlarining kelishi tartibida joylashtiradilar. So‘ngra tarbiyachining topshirig‘iga
binoan sonlarni teskari tartibda (beshdan boshlab, yettidan boshlab, to‘qqizdan
boshlab va h. k. dan boshlab) aytadilar.
Mashg‘ulotlar mazmuniga 10 ichida sonlarning birlardan iborat tarkibini
mustahkamlashga yo‘naltirilgan mashqlarni kiritish zarur.
7 yoshga qadam qo‘ygan bolalarni o‘qitishda raqamlar bilan tanishtirishga
katta o‘rin ajratiladi. Tarbiyachi buyumlar miqdori haqida tushunchani ularni
sanash bilangina emas, balki kattalardek raqamlarga qarab ham bilish
mumkinligini aytadi. Rasmdan samolyotni ko‘rsatadi va darhol 1 raqamini
qo‘yadi. Shundan keyin qator mashqlar bajariladi. Masalan, tarbiyachi 1 raqamini
namoyish qiladi, bolalar esa shuncha buyumni ko‘rsatishadi. Tarbiyachi nechta
buyumni ko‘rsatsa, bolalar qanday raqam kerakligini aytishadi va uni o‘z oldilariga
qo‘yishadi. 1 raqami haqidagi bolalarning tasavvurlarini mustahkamlash uchun
ularga 1 dan qancha katta, 1 2 dan qancha kichik va h. k. ni raqamlar bilan
ko‘rsatish so‘raladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni 2 raqami bilan tanishtirish uchun yuqorida
tavsiflangan usullardan ham, yangi usullardan ham foydalanish mumkin. Masalan,
tarbiyachi xonadagi buyumlarning qaysilari haqida «ikkita» yoki «ikkitadan»
deyish mumkinligini so‘raydi. (Buyumlar oldindan tayyorlab qo‘nilgan bo‘lishi
kerak), yoki flanelegrafga 2-3 juft buyumni qo‘yadi va ularning nechtaligini raqam
bilan belgilash mumkinligini aytadi va uni ko‘rsatadi. Bolalar beshta raqamning
hammasi bilan sekin-asta ana shunday tanishtiriladi. Bilimlarni mustahkamlash har
xil amaliy mashqlar jarayonida amalga oshiriladi. Bunday mashqlar asosida bolalar
qaysi son katta ekanini faqatgina real buyumlarda emas, balki raqamlarda ham
ko‘rsata oladi.
Tarbiyachi bolalarga ko‘rsatgan raqamga mos keladigan miqdordagi
buyumlarni ajratib sanashni; buyumlarni qayta sanab, natijasini ovoz chiqarib
aytmaslikni, uni raqamlar yordamida ko‘rsatishni; raqamli kartochkalarga nisbatan
75
mo’ljal olib, qaysi son qaysi sondan katta va qancha katta (kichik) ligini aniqlash
(raqamni ko‘rsatish bilan) topshiriqlarini bajarish mumkin.
Raqamlarni o‘zlashtirish kichik sonlarning hosil bo‘lishiga doir mashqlar
orqali amalga oshiriladi.Tarbiyachi 5 ta buyum qo‘yadi, so‘ngra 1 ta buyumni olib,
qancha qolganini raqam bilan ko‘rsatishni so‘raydi. 1 tadan buyumni olish to 0
raqamini ko‘rsatguncha davom ettiriladi.
Raqamlar yordamida bolalar keyingi (oldingi) sonni aniqlash va aytishga
o‘rgatiladi. Masalan, bolalarga 6 raqami beriladi va keyingi sonni raqam bilan
ko‘rsatish so‘raladi? 7 raqamini ko‘rsatib, oldingi sonni ko‘rsatishni so‘raladi va h.
k. Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning sonning 2 ta kichik sondan iborat
tarkibi haqidagi tasavvurlari shakllantiriladi. Sonni 2 ta kichik songa ajra tish va 2
ta kichik sondan bitta katta son hosil qilish ga o‘rgatiladi. Maktabgacha ta`lim
yoshidagi bolalarni sonlarni 10 ichida hosil qilish va yoyish (ajratish) ning mumkin
bo‘lgan hamma hollari bilan tanishtirish kerak. Bu bilan bog‘liq bo‘lgan
mashqlarni 3 sonidan boshlash maqsadga muvofiq. Tarbiyachi flanelegrafga 3ta
eman yaprog‘ini joylashtiradi, yaproqlar nechta va ular qanday rangda ekanligini
so‘raydi. So‘ngra 1 ta yashil yaproqni 1 ta sariq yaproq bilan almashtiradi. Nima
o‘zgarganligini, yashil yaproqlar nechtaligini va sariqlari nechtaligini so‘raydi (2 ta
yashil va 1 ta sariq, jami 3 ta, demak, 3 — bu 2 va 1). Yana sariq yaproq o‘rnini
almashtirib, uni yashil yaproqlardan oldinga qo‘yadi va jami yaproqlar
qanchaligini, qaysi yaproqlar qanchaligini so‘raydi (1 ta sariq va 1 ta yashil,
demak, 1 va 2 yana 3).
Boshqa sonlarning tarkibi bilan ham bolalarni shunga o‘xshash tanishtirish
kerak:
4 — bu 3 va 1; 1 va 3; 2 va 2;
5 — bu 4va1; 1 va 4; 3 va 2; 2 va 3;
6 — bu 5 va 1; 1 va 5; 4va 2; 2 va 4; 3 va 3;
7 — bu 6 va 1; 1 va 6; 5 va 2; 2 va 5; 4 va 3,3 va 4;
8 — bu 7 va 1; 1 va 7; 6 va 2; 2 va 6; 3 va 5; 4 va 4;
9 — bu 8 va 1; 1 va 8; 7 va 2; 2 va 7; 6 va3; 3 va 6;
76
10 — bu 9 va 1; 1 va 9; 8 va 2; 2 va 8; 7 va 3; 3 va
7;
6 va 4; 4 va 6; 5 va 5.
Sonlarning 2 ta kichik sondan iborat tarkibini o‘rganishda bolalarni faqat
katta bilan kichikni (7 va 1 – bu 8) birlashtirish emas, balki kichik bilan katta sonni
birlashtirishga doir (1 va 7 – bu 8) ham mashq qildirish tavsiya etiladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning sonning 2 ta kichik sondan iborat
tarkibiga doir bilimlarini mustahkamlash uchun kartochkalar, buyumlar bilan,
keyinroq esa raqamlar bilan har xil mashqlardan, «Topchi, ikkinchi qo‘limda
nechta?», «Sanoq lotosi», «Senda qancha?», «Qo‘sh, ol» kabi o‘yinlardan
foydalanish kerak. Sonning tarkibi bilan tanishtirish bolani qo‘shish va ayirishga
doir sodda masalalarni yechishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |