O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Turli yosh guruhlarida bolalarda vaqtni his qilishni rivojlantirish. 2-



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

 
Turli yosh guruhlarida bolalarda vaqtni his qilishni rivojlantirish. 2-
kichik guruh. 
2-kichik guruhda bolalarning ertalab, kunduzi, kechqurun va 
kechasi vaqt oraliqlari haqidagi tasavvuri aniqlanadi. Sutka qismlarini 
kichkintoylar o‘z faoliyatlari mazmunining o‘zgarishiga hamda shu vaqt oralig‘ida 
o‘z atroflarida bo‘lgan katta yoshli kishilar faoliyatiga qarab farq qiladilar. Avval 
kundalik tartib, bolalarning uyqudan turish, ertalabki gimnastika, nonushta, 
mashg‘ulot vaqtlari qat`iy belgilab qo‘yilganligi va sutkaning bo‘laklari haqida 
tasavvur hosil qilish uchun real sharoitlar yaratadi. Pedagog vaqt bo‘lagining 
nomini aytadi va bolalarning shu vaqtta mos bo‘lgan faoliyat turlarini sanab 
chiqadi. «Hozir ertalab, biz gimnastika qildik, yuvindik, endi esa nonushta 
qilamiz». Yoki allaqachon nonushta qilib bo‘ldik, shug‘ullanib ham bo‘ldik. Hozir 
kunduz kun. Tez orada tushki ovqatni yeymiz. Masalan, boladan quyidagilar 
so‘raladi: «Hozir ertalab. Sen ertalab nima qilasan? Sen o‘rningdan qachon 
turasan?» va shu kabilar. Kun davomida bolalar bilan birgalikda kunning turli 
bo‘laklarida bolalar va kattalarning faoliyatini tasvirlaydigan rasmlar ko‘rib 
chiqiladi.Rasmlar shunday bo‘lishi kerakki, ularning vaqt bo‘lagi uchun xarakterli 


110 
bo‘lagi belgilar aniq ko‘rinib tursin. Tarbiyachi rasmda tasvirlangan bolalar nima 
ish qilayotganliklarini va bu harakat qaysi vaqtda bajarilayotganligini aytadi. U 
bolalarga savollar beradi: «Sen erta bilan nima qilding? Kunduzi-chi?» Yoki «sen 
qachon o‘ynaysan? Qaysi vaqtda sayr qilasan? Sen qachon uxlaysan?» Keyin 
bolalar, masalan, erta bilan, kunduzi yoki kechkurun kattalar yoki bolalar nima 
qilayotganliklari tasvirlangan rasmni tanlab oladilar. Bolalar asta sekin erta bilan, 
kunduzi, kechqurun, kechasi so‘zlarining aniq mazmunini tushinib oladilar, ularga 
emotsional rang beradilar. Bolalar o‘z nutqlarida ulardan foydalana boshlaydilar. 
O‘yin :
 
“Zakovat”. 
O‘yin qoidalari: Bolalar ikki guruhga bo‘linadilar. Har bir guruh berilgan 
uchta topshiriq va shartlarni bajaradilar. 
 1- topshiriq.
Kun va tun tasvirlangan rasmlar aralash holda ikkita stolga 
bitta qilib qo’yiladi. Bolalar kun va tun tasvirlangan rasmlarni berilgan vaqt ichida 
alohida- alohida qilib yig‘ishadi. So‘ng ko‘rsatib, izohlab berishadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin