O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Ko‘rib idrok qilish va o‘lchash asosida fazoni idrok etish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

Ko‘rib idrok qilish va o‘lchash asosida fazoni idrok etish. 
Tevarak-atrofni 
idrok qilish biror bir mo‘ljal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk 
yoshidan boshlab o‘zining sezgilari orqali idrok qiladi, ya’ni tanasining tomonlari 
bilan mo‘ljal qiladi. Maktabgacha ta`lim yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini 
so‘zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda – orqada, yuqoriga – pastga, chapga –
o‘ngga kabi. Yosh bolada tevarak-atrofni idrok qilishda bolaning o‘z tanasi asosiy 
markaz bo‘lib hisoblanadi va u o‘zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali 
mo‘ljal oladi. Keyinroq borib unga yana bir sistema qo‘shiladi. Bu nutqda 
ifodalashdir, ya’ni so‘zlar bilan. Bu narsa bolalarda tomonlarni o‘ziga tegishlilarni 
sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini mustahkamlash natijasida bo‘ladi,
yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga kabi. Shunday qilib, bog‘cha 
yoshi tevarak-atrofning tomonlarini, nomlarini so‘z bilan belgilash sistemasi 
davridir. Masalan, 
“Bayroqchaga qarab yur”
o‘yini. 
Maqsad:
Bu o‘yin bolaning xotirasini, diqqatini rivojlantiradi. Bolalarning 
fazoviy tasavvurlari mustahkamlanadi.
O‘yinning borishi:
Tarbiyachi mashg‘ulotni boshlashdan oldin xonaning 
turli joylariga bayroqchalarni qo‘yib chiqadi. Tarbiyachi bir bolaga topshiriq 
beradi. “Shkafga borib, chapga, chapga 6 qadam yur va uchburchak shaklidagi 
bayroqchani ol” bola topshiriqni bajarib, bayroqchani topadi. Bolalar bunday 
topshiriqni osongina bajarsalar, topshiriqlar murakkablashtiriladi. Masalan “8 
qadam oldinga yur, o‘ngga buril, 4 qadam yur, chapga buril. U yerda to‘rtburchak 
shakldagi bayroqchani topasan. O‘yin bir necha marta takrorlanadi. 
Yana bir o‘yin 
«Kunduzi kim qayerda ishlaydi?»
o‘yinini boshlagach, 
tarbiyachi: ”Kunduz – shunday vaqtki, bunda hamma kishilar ishlaydi. Ba’zilar 
chiroyli buyumlar qiladilar, uy quradilar, meva va sabzavot yetishtiradilar, fabrika 
va zavodlarda ishlaydilar. Yaxshi mehnat kishini go`zal qiladi va xursand qiladi. 
Mana, biz ham shahar ko‘chalariga boramiz, kim qanday ishlayotganini ko‘ramiz. 
Kunduzi ko‘chalarda odamlar, mashinalar ko‘p, ko‘cha harakati qoidalariga rioya 
qilish kerak. Qani, eslab ko‘ringlar, ko‘chadan o‘tayogganda qanday qoidalarga 
rioya qilish kerak? Ko‘chada o‘zini qanday tutish kerak?”deb aytadi. Shahar 


108 
ko‘chalari bo‘ylab sayohatdan so‘ng tarbiyachi illyustratsiyadan foydalanib, 
bolalar olgan bilimlari va tasavvurlarini kengaytiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin