Ko‘rib idrok qilish va o‘lchash asosida fazoni idrok etish.
Tevarak-atrofni
idrok qilish biror bir mo‘ljal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk
yoshidan boshlab o‘zining sezgilari orqali idrok qiladi, ya’ni tanasining tomonlari
bilan mo‘ljal qiladi. Maktabgacha ta`lim yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini
so‘zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda – orqada, yuqoriga – pastga, chapga –
o‘ngga kabi. Yosh bolada tevarak-atrofni idrok qilishda bolaning o‘z tanasi asosiy
markaz bo‘lib hisoblanadi va u o‘zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali
mo‘ljal oladi. Keyinroq borib unga yana bir sistema qo‘shiladi. Bu nutqda
ifodalashdir, ya’ni so‘zlar bilan. Bu narsa bolalarda tomonlarni o‘ziga tegishlilarni
sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini mustahkamlash natijasida bo‘ladi,
yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga kabi. Shunday qilib, bog‘cha
yoshi tevarak-atrofning tomonlarini, nomlarini so‘z bilan belgilash sistemasi
davridir. Masalan,
“Bayroqchaga qarab yur”
o‘yini.
Maqsad:
Bu o‘yin bolaning xotirasini, diqqatini rivojlantiradi. Bolalarning
fazoviy tasavvurlari mustahkamlanadi.
O‘yinning borishi:
Tarbiyachi mashg‘ulotni boshlashdan oldin xonaning
turli joylariga bayroqchalarni qo‘yib chiqadi. Tarbiyachi bir bolaga topshiriq
beradi. “Shkafga borib, chapga, chapga 6 qadam yur va uchburchak shaklidagi
bayroqchani ol” bola topshiriqni bajarib, bayroqchani topadi. Bolalar bunday
topshiriqni osongina bajarsalar, topshiriqlar murakkablashtiriladi. Masalan “8
qadam oldinga yur, o‘ngga buril, 4 qadam yur, chapga buril. U yerda to‘rtburchak
shakldagi bayroqchani topasan. O‘yin bir necha marta takrorlanadi.
Yana bir o‘yin
«Kunduzi kim qayerda ishlaydi?»
o‘yinini boshlagach,
tarbiyachi: ”Kunduz – shunday vaqtki, bunda hamma kishilar ishlaydi. Ba’zilar
chiroyli buyumlar qiladilar, uy quradilar, meva va sabzavot yetishtiradilar, fabrika
va zavodlarda ishlaydilar. Yaxshi mehnat kishini go`zal qiladi va xursand qiladi.
Mana, biz ham shahar ko‘chalariga boramiz, kim qanday ishlayotganini ko‘ramiz.
Kunduzi ko‘chalarda odamlar, mashinalar ko‘p, ko‘cha harakati qoidalariga rioya
qilish kerak. Qani, eslab ko‘ringlar, ko‘chadan o‘tayogganda qanday qoidalarga
rioya qilish kerak? Ko‘chada o‘zini qanday tutish kerak?”deb aytadi. Shahar
108
ko‘chalari bo‘ylab sayohatdan so‘ng tarbiyachi illyustratsiyadan foydalanib,
bolalar olgan bilimlari va tasavvurlarini kengaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |