O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

2- topshiriq.
Kun va tun rasmlarini chizishadi va izohlab berishadi. 
3- topshiriq.
“Topgan-topaloq” o‘yini. Bolalar kun va tun haqidagi 
topishmoqlarini topishadi. 
 Topishmoqlar 
1. Ikki yo‘rg‘a yiroqda, 
Biri kunda, biri tunda. 
 (Quyosh va oy). 
2. Yopilsa ochilmaydi, 
Ochilsa yopilmaydi, 
Nusxasi topilmaydi. 
 (Kun va tun). 
 
3. Oltin kelsa, kumush ketar,
Kumush kelsa, oltin ketar. 
 (Quyosh va oy). 
4. Har kun yerga tushadi 


111 
Ikkita sara parda. 
Ikki rangda ikkovi, 
Oq parda, qora parda. 
Tushganda qora parda
Oq parda berkinadi, 
Oqi tushsa agarda, 
Qorasi chekinadi
 (Kun va Tun). 
O‘rta guruh. 
Kichik guruh singari bu guruhda ham vaqtni bilish bolalarni, 
asosan, kundalik hayotida o‘stirib boriladi muhimi bu o‘rgatishining puxta hissiyot 
asosida amalga oshirilishidir. Pedagog sutka qismlarining nomini bolalar va ularga 
yaqin katta yoshli kishilarning ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi nima qilishlari 
bilan bog‘liq, bolalarning sutka qismlari haqidagi tasavvurlarini aniqladi. 
Bolalarning sutka haqidagi tasavvurini aniqlash maqsadida ular bilan suhbat olib 
boriladi. Suhbat taxminan mana bunday o‘tkazilishi mumkin: avval tarbiyachi 
bolalardan ular bolalar bog‘chasiga kelishdan oldin nima ish qilganliklarini, ertalab 
bolalar bog‘chasida nima qilganliklarini, bolalar bog‘chasida kunduzi nima 
qilishlarini gapirib berishlarini so‘raydi. U bolalarning sutkaning har bir qismida 
nima qilayottanliklarini aniqlaydi va umumlashtiradi. U suhbat oxirida ertalab
kuduz va tun — bular sutkaning qismlari ekanligini aytadi. «Bugun», «kecha» kabi 
vaqt tushunchalari nisbiy xarakterga ega. Bolalarning ularni o‘zlashtirishlari qiyin. 
Buning uchun imkoni boricha bugun, ertaga, kecha so‘zlaridan ko‘proq 
foydalanish va bolalarni bu so‘zlarni ishlatishga undab turish zarur. Tarbiyachi 
muntazam ravishda ularga biz qachon rasm soldik? Biz bugun nima ko‘rdik? 
Ertaga qayerga boramiz? Savollari bilan murojaat qilib turishi lozim. Tez sekin 
so‘zlarining ma’nosi konkret misollar bilan ochib boriladi. Tarbiyachi bolalar 
diqqatini o‘yin davomida ular bajarayotgan harakatlarning tezlik darajasiga jalb 
etadi. Kiyinish vaqtida u tez kiyinayotganlarni maqtaydi. Imillab kiyingan 
bolalarga tushuntiradi, sayr vaqtida yayov kishi bilan velosipedchining, avtomobil 
bilan poyezdning, qurt bilan qo‘ng‘izning harakat tezligini taqqoslaydi.


112 
Tarbiyachi bolalarga kecha nima ishlar qilganliklarini gapirib berishlarini 
aytadi. 
Bolalar kechagi kunlari qanday o‘tganligini gapirib beradilar. 
Tarbiyachi yana bolalarga: “Bugun ertalab yuz-qo‘lingizni yuvdingizmi?”, 
“Bugun bog‘chaga kim bilan keldingiz?”, “Bugun ertalab badantarbiya 
qildingizmi?”, “Ertaga nima qilmoqchisiz?” kabi savollar beradi va bolalar javob 
berishadi. 
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin