O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

Nazorat uchun savollar: 
1.Bolalarda fazoda mo‘ljal olish qanday rivojlantiriladi? 
 
2.Idrok qilish va fazoda mo‘ljal olishda so‘zning ahamiyati qanday? 
3.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak-atrofni kuzatishning 
ahamiyatini ayting. 
4.Bolalarda fazoviy tasavvurning rivojlanishiga nimalar yordam beradi? 
Topshiriqlar: 
Bolalarda fazoda mo‘ljal olish haqidagi tasavvurlarini 
mustahkamlash uchun «“Predmetlarning joyini top” metodikasini o‘tkazing. 
Natijalarni tahlil qiling.
 
Adabiyotlar: 
1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: 
Ilm ziyo, 2006.
2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия 
ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: 
Ўқитувчи, 1995 й. 
3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 
4. Михайлова А., Носова Э. Д., Столяр А. А., Полякова М. Н., 
Вербенец А. М.Теории и технологии математического развития детей 
дошкольного возраста. – Издателство «Детсво-пресс». Санкт-петербург
2008. 
 
HAR BIR YOSH GURUHIDA FAZONI IDROK ETISHNING 
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
oriyentirovka qilish, tevarak-atrof, ikkinchi 
signal sistemasi,ko‘rib idrok qilish, fazoviy idrok etish. 
Bolalarning tevarak-atrofidagi fazoda mo‘ljal olishni o‘zlashtirishi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajribalardan shuni ko‘rish 
mumkinki, bolalar tevarak-atrofni mo’ljal olishga o‘rganayotganlaridayoq oddiy 


106 
tushunchalardan murakkabroq, tevarak-atrof tushunchalariga o‘ta boshlaydilar. 
Ularning nutqlaridagi «shu yerda», «u yerda», «mana» kabi so‘zlari (biror 
predmetni ko‘rsatib, aytib) «yonida», «yaqinda», «yonma-yon» kabi yangi 
terminlar bilan, almashinishi buning yaqqol guvohi bo‘la oladi.
Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig‘ini aniqlay 
bilishi boshlang‘ich bilimlarning rivojlanishidir. Bolaning tabiatni, atrofni yanada 
ko‘proq o‘rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u 
«oldinda», «oldin», «orasida», «orqada» va h.k. larni tushuna boshlaydi. Bolaning 
bulardan foydalanishining hammasi «yonida», «yaqinida», «yonma-yon» kabi 
tushunchalarni yaxshi egallanishining natijasidir. Predmetlarning «birin-ketin», 
«ketma-ket» qo‘shilishi bolalarda bir guruh predmetlarning joylashuvini 
aniqlashga yordam beradi. Masalan, hamma o‘yinchoqlar ketma-ket turibdi, lekin 
quyon oldinda, matryoshkalar o‘rtada, qo‘g‘irchoq esa oxirgi o‘rinda turibdi.
Bola tevarak-atrofda joylashgan obyektlar o‘rnini aniqlashga (oriyentirovka 
qilishga) o‘rganayotganida «yonma-yon» so‘zining ma’nosiga keyinroq tushunadi, 
yoki «o‘rtada», «orasida» kabilarni o‘rganib bo‘lgach, keyinroq «atrofida», 
«chetida», yoki «yonidan», yana keyinroq borib bola bu so‘zlarni atroflicha 
tushuna boshlaydi va chap tarafdami yoki o‘ng tarafdami, farqlay boshlaydi. Lekin 
bolalarga tevarak-atrofni mo‘ljal olishga o‘rgatish ishini turli yo‘llar va 
yo‘llanmalar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak. Tevarak-atrofni 
anglash psixo-fiziologik mexanizmga ham bog‘liqdir, u inson ongidagi ko‘rish, 
eshitish, so‘zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida 
dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Ayniqsa, bunda harakatlanuvchi analizatorlar 
va ichki his-tuyg‘ularining roli ahamiyatlidir. Bolalarning tevarak-atrof haqidagi 
lug‘atlarining boyib borishi ularning tevarak-atrofni tushunishida ikkinchi signal 
sistemasining tenglashuvini ta’minlaydi. Chet ellarda bolalarni yoshligidan, 
maktabgacha ta`lim yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak-atrofii o‘rgatishda, 
umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga bog‘lab olib boriladi. Bu esa 
bolaning tevarak-atrofni o‘zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir.


107 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin