O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Mantiqiy masalalar ijodiy fikrlashni rivojlantiruvclii omil sifatida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

Mantiqiy masalalar ijodiy fikrlashni rivojlantiruvclii omil sifatida. 
Uzoq yillar davomida bolalarni o‘rgangan taniqli psixolog N.S.Leytes ularda 
yaqqol farq qiluvchi qobiliyatlar mavjudligini aniqladi. Bular, birinchidan, 
mehnatga qobiliyat, ikkinchidan, doimiy ravishda yangi bilimlar va yangi 
ma’lumotlarni egallashga bo‘lgan intilishlarida namoyon bo‘ladi. Bu ehtiyoj 
gumanitar, texnik, matematik, biologiya bo‘yicha turli xarakter va temperamentga 
ega bo‘lgan iste‘dodli bolalarda bir xil kuchda namoyon bo‘ladi. Keyinchalik 
tadqiqotlar bolaning aynan bilishga intilishi, bilish ehtiyojlari uning aqliy 
qobiliyatlari darajasining rivojlanishiga eng ko‘p aloqador ekanligini ko‘rsatdi. 
Matematika 
darslarida 
boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchisining 
individual 
xususiyatlarini hisobga olgan holda mantiqiy o‘quv topshiriqlardan foydalanish 
o‘quvchining o‘quv-biluv va ijodiy faoliyatini oshiradi, bolada mustaqil fikr 
yuritish, xulosa chiqarish kabi hislatlami tarbiyalaydi. 
Bolalarga matematik ta’lim berish maktabgacha ta’limdagi o‘quv-tarbiya 
jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri bu bolalarda matematik 
tushunchalarni rivojlantirishdir. 
Mantiqiy masalalarni yechish bolalarga taqqoslash, kuzatishga doir 


127 
tajribalarni 
to‘plashga, 
murakkab 
bo‘lmagan 
matematik 
qonuniyatlami 
aniqlashga,isbot talab etadigan farazlarni o‘rtaga tashlashga imkon beradi. Shu 
munosabat bilan bolalarda deduktiv mulohaza yuritishga ehtiyoj tug‘ilishi uchun 
sharoit yaratiladi. Bunday masalalar tarbiyachiga bolalardagi mehnatsevarlik, 
maqsadga erishishda tirishqoqlik kabi shaxsiy axloqiy hislatlarni tarbiyalashga 
yordam beradi. 
Mantiqiy masalalarni yechish ta’limiy faoliyatda hamda ta’limiy faoliyatdan 
tashqari ishlarda amalga oshirilishi mumkin, tarbiyachi o‘zining kasbiga qiziqsa va 
bu qiziqishni o‘z bolalarida ham tarbiyalay olsa, ularda mehnatsevarlik, masalaga 
qiziqish, masalani yechishga bo‘lgan xohish, masalaning yechimini topishga 
ishonch kabi xislatlarni tarkib toptiradi. 
Xulosa qilib aytganda, mantiqiy masalalar bolalarning bilishga bo‘lgan 
qiziqishini faollashtiradigan, ijodiy qobiliyatni shakllantiradigan kuchli vositadir. 
Bu jarayonda o‘yin texnologiyalari alohida ahamiyatga ega. Quyida o’yin 
texnologiyalaridan namunalar keltirib o’tamiz.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin