106
tushunchalardan murakkabroq, tevarak-atrof tushunchalariga o‘ta boshlaydilar.
Ularning nutqlaridagi «shu yerda», «u yerda», «mana» kabi so‘zlari (biror
predmetni ko‘rsatib, aytib) «yonida», «yaqinda», «yonma-yon» kabi yangi
terminlar bilan, almashinishi buning yaqqol guvohi bo‘la oladi.
Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig‘ini aniqlay
bilishi boshlang‘ich bilimlarning rivojlanishidir.
Bolaning tabiatni, atrofni yanada
ko‘proq o‘rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u
«oldinda», «oldin», «orasida», «orqada» va h.k. larni tushuna boshlaydi. Bolaning
bulardan foydalanishining hammasi «yonida», «yaqinida», «yonma-yon» kabi
tushunchalarni yaxshi egallanishining natijasidir. Predmetlarning «birin-ketin»,
«ketma-ket» qo‘shilishi bolalarda bir guruh
predmetlarning joylashuvini
aniqlashga yordam beradi. Masalan, hamma o‘yinchoqlar ketma-ket turibdi, lekin
quyon oldinda, matryoshkalar o‘rtada, qo‘g‘irchoq esa oxirgi o‘rinda turibdi.
Bola tevarak-atrofda joylashgan obyektlar o‘rnini aniqlashga (oriyentirovka
qilishga) o‘rganayotganida «yonma-yon» so‘zining ma’nosiga keyinroq tushunadi,
yoki «o‘rtada», «orasida» kabilarni o‘rganib bo‘lgach, keyinroq «atrofida»,
«chetida», yoki «yonidan», yana keyinroq borib bola bu so‘zlarni atroflicha
tushuna boshlaydi va chap tarafdami yoki o‘ng tarafdami, farqlay boshlaydi. Lekin
bolalarga tevarak-atrofni mo‘ljal olishga o‘rgatish ishini turli yo‘llar va
yo‘llanmalar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak. Tevarak-atrofni
anglash psixo-fiziologik mexanizmga ham bog‘liqdir, u inson ongidagi ko‘rish,
eshitish, so‘zlash,
eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida
dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Ayniqsa, bunda harakatlanuvchi analizatorlar
va ichki his-tuyg‘ularining roli ahamiyatlidir. Bolalarning tevarak-atrof haqidagi
lug‘atlarining boyib borishi ularning tevarak-atrofni tushunishida
ikkinchi signal
sistemasining tenglashuvini ta’minlaydi. Chet ellarda bolalarni yoshligidan,
maktabgacha ta`lim yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak-atrofii o‘rgatishda,
umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga bog‘lab olib boriladi.
Bu esa
bolaning tevarak-atrofni o‘zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir.