1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Narxni belgilashdagi asosiy yondashuvlar



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   206
M.A.

Narxni belgilashdagi asosiy yondashuvlar: 
Zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlashning tahlili asosida narx hisob-kitobi.
Korxona 
xohlaydigan foyda hajmini ta’minlaydigan narxni qo‘yishga intiladi. Narxlashtirishning bu 
uslubiyoti zararsizlik grafigiga asoslanadi. 
Talabga yo‘naltirilganlik
. Ko‘pgina korxonalar narxlashtirishning asosiy omili xarajatlar emas
tovarning iste’molchi tomonidan xaridorlik yuzasidan qabul qilinishi, deb hisoblaydilar, ya’ni gap 
tovarning foydaliligi va uning narxga sezgirligi haqida boradi. Demak, narx bu holda tovarning 
qiymat jihatdan sezilarli muhimligiga muvofiq kelishi kerak. 
Raqobatchilarga yo‘naltirilganlik
. Joriy narxlar darajasi asosida narxlarni belgilayotganda 
korxona asosan raqobatchilar narxidan kelib chiqadi va o‘z xarajatlari yoki talab ko‘rsatkichlariga 
kamroq e’tibor beradi. Bunday yondashuv ancha keng tarqalgan. 
«Yetakchi orqasidan quvish» usuli
. Bu holda tovar narxini belgilash bozordagi yetakchi raqobatli 
muhitning narxi asosida, tovar va uning sifati, differensiatsiyasi asosida amalga oshiriladi. 
Mohiyatiga ko‘ra bu usul yetakchi narxga yo‘naltirilgan holda o‘z narx siyosatidan voz kechishni 
ko‘zda tutadi. 
O‘rtacha bozor narxlari usuli
. Hisob-kitoblar «o‘rtacha bozor narxlari» bo‘yicha raqobatchilik 
ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Korxona ularga mo‘ljallanib hosil bo‘lgan narx darajasida, 
yuqorioq yoki pastroq narxlarni belgilashi mumkin. Buning uchun bozorda egallaydigan mavqeyi
korxonaning obro‘-izzati asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘rtacha narxdan yuqori bo‘lgan narx faqatgina 
agar tovar muhim iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lsa, tovar markasi yuqori bo‘lsa maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Agar korxona bozorda mustahkam o‘rinni egallashga intilsa, past narxlar 
amaliyotiga murojaat qilishi shart emas, chunki mazkur holda o‘z obro‘sini va u bilan birga 
iste’molchilarini ham yo‘qotishi mumkin. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin