Korxonalarning «narx–sifat» nisbatini yaxshilashga doimiy urinishida avvalo, iste’molchilarning
to‘lov qobilyatini ham o‘rgangan holda (ya’ni to‘lov qobilyatining maksimal darajasi) mahsulot
sifatini eng yuqori darajaga ko‘tarish, mahsulot tannarxini qanchaga olib kelishini hisob–kitob
qilishlari kerak. Bu aniq maqsadga yo‘naltirilgan narxni Target costing (maqsadli) usulini qo‘llab
topish mumkin. Bu «maqsadli baho» korxonada «yangi mahsulot» ishlab chiqarish uchun ketadigan
umumiy xarajatlarning shakllanishi uchun bazaviy bo‘lib hisoblanadi. Maqsadli bahodan qancha
foyda olish mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘sha miqdor ayriladi, natijada maqsadli xarajatlar miqdori kelib
chiqadi. Maqsadli xarajatlarni mahsulotga ketadigan barcha ingrediyentlariga bo‘lib chiqib, butun
mahsulotning bozor bahosi aniqlanadi. Ya’ni mahsulot kalkulyatsiyasi hisoblanib, uning tannarxi va
sotilish narxlari (chakana, ulgurji) belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: