1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Savdoni (o‘tkazishni) rag‘batlantirish dasturlarini tuzish



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   206
M.A.

Savdoni (o‘tkazishni) rag‘batlantirish dasturlarini tuzish 
Rag‘batlantirishning aniq usullarini tanlab olishda marketologlar quyidagilarni hisobga olishlari 
lozim: 
1.
rag‘batlantirish o‘lchami (kompaniya muvaffaqiyati uchun rag‘bat (stimul) ayrim minimal 
darajadan oshishi kerak); 
2.
dasturda ishtirok etish shartlari (rag‘batlar hammaga yoki alohida shaxslar guruhiga berilishi 
mumkin); 
3.
kompaniyaning davomiyligi (ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra kompaniyani chorakda 


bir marta davomiyligi uch hafta yoki tovarni sotib olinishining o‘rtacha sikli davomida 
rag‘batlantirish o‘tkazishi optimal hisoblanadi); 
4.
rag‘batlantirishni tashuvchilarni tarqatish usullari (chegirma bilan taklif qilingan kuponlar 
bevosita o‘ramga qo‘yilishi do‘konlar, pochta orqali yoki bevosita reklama mahsuloti bilan 
birga tarqatilishi mumkin); 
5.
savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha kompaniya tadbirlar o‘tkazish muddatlari; 
6.
dasturning umumiy budjeti. Kompaniya umumiy konsepsiyasini teztez realizatsiya qilish 
uchun marketologlar bir necha usulni qo‘shib olib boradilar. 
Dastlabki testlashtirish, rag‘batlantirish dasturi realizatsiyasi, nazorat qilish va baholash 
Ko‘pchilik savdoni rag‘batlantirish dasturlari mavjud tajriba asosida ishlab chiqilsa ham dastlabki 
testlashtirish tanlab olingan usul maqsadlariga mos kelishiga, stimullar o‘lchami optimalligiga, 
aksiyani ko‘rsatish usuli samaraligiga ishonishga yordam beradi. Ayrim ta’minotchilar 
rag‘batlantirishning turlicha usullarini iste’molchining o‘zi bilan baholashni taklif qiladilar yoki 
tanlangan usulni haqiqiyligini cheklangan hududlarda tekshirib ko‘radilar. Marketing bo‘yicha 
menejerlar majburiyatlariga tayyorgarlik davrini va sotish davrini (tadbirning boshlanish paytidan 
kompaniya tayyorlangan tovarning taxminan 95 % ni realizatsiya qilgach, tugaguncha) qamrab 
oluvchi realizatsiya va rag‘batlantirish dasturining nazorati rejasini ishlab chiqish kiradi. 
Har yili dunyoda qariyb 20 mingta xalqaro, milliy va mintaqaviy ko‘rgazmalar, yarmarkalar va 
salonlar o‘tkaziladi. Qizig‘i shundaki, 1798 – yilda Parijda tashkil etilgan sanoat ko‘rgazmasi 
bunday tadbirlarning milliy iqtisodiyot uchun muhimligini alohida qayd etgan Napoleon Bonapart 
tomonidan ochilgan edi. Belgiyada birinchi ko‘rgazma 1814 – yilda (Gent), Avstriyada 1825 – yili 
(Vena), Ispaniyada 1846 – yili (Madridda) bo‘lib o‘tgan edi. Germaniyada esa ilk sanoat 
ko‘rgazmalari Myunxenda (1818 – yili), Drezdenda (1824 – yili) va Berlinda (1843 – yili) 
o‘tkazilgan. 
Birinchi butun dunyo ko‘rgazmasi «Barcha xalqlar ulug‘ bir ish — insoniyatni takomillashtirish 
ustida ishlayversin», degan shior ostida 1831 – yili Londonda bo‘lib o‘tgan edi. Ana shu ko‘rgazma 
o‘tkazish tashabbuskori Angliya qirolichasi Viktoriyaning umr yo‘ldoshi shahzoda Albert bo‘lgan. 
Buyuk Britaniyadan tashqari unda AQSh, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar ishtirok 
etgan, 14 ming qatnashchi 17 mingta eksponatni taqdim etib tanishtirgan edi. Tashrif buyuruvchilar 
— avval faqatgina imtiyozli tabaqalar vakillari va qurbi yetadigan badavlat kishilar kiraverishda 1 
funt to‘lab (bu esa oddiy ishchining bir haftalik ish haqidan 6 baravar ko‘p edi), jahonning 40 dan 
ziyod mamlakatlaridan kelgan eksponatlar bilan tanisha olar edilar: ulkan teleskoplar, mexanik 
to‘quv dastgohlari, gidravlik presslar va mexanik chalg‘ilar, rezina buyumlar va boshqalar 
tomoshaga qo‘yilgan edi. Birinchi kuni ko‘rgazmaga 25 ming odam tashrif buyurdi. Keyinchalik esa 
kirish to‘lovi 21 shillinggacha kamaytirildi va ko‘rgazmani oddiy odamlar ham bemalol tomosha 
qiladigan bo‘ldi. Ko‘rgazma ishlab turgan yarim yil davomida unga 6 million odam keldi. Birinchi 
butun– dunyo ko‘rgazmasini o‘tkazish bo‘yicha Qirollik komissiyasi tomonidan mukofotlarning 3 ta 
darajasi belgilangan edi: faqatgina yangi ixtiroga yoki buyumning yangicha dizayni uchun 


beriladigan katta medal, ikkinchi darajali medal – yuqori sifatli mahsulot uchun ko‘rgazmaga tashrif 
buyurganlar va komissiya a’zolari e’tibor qaratgan eksponat Faxriy yorliq bilan taqdirlangan edi. 
Mukofotlar jami 5081 ta bo‘lgan, inglizlarga 4038 tasi topshirilgan bo‘lsa, ajnabiylarga1145 tasi 
nasib etgan. 
1855 – yilda Parijda ikkinchi, 1862 – yilda Londonda uchinchi butun dunyo ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 
Jahon savdosida mahsulot sotish bozori uchun kurash keskinlashib ketishi XX asr boshlarida 
ko‘rgazmayarmarka faoliyatining tamomila yangi turi – namunalar jahon ko‘rgazmasi paydo 
bo‘lishiga olib keldi. 1900-yili Italiyaning Turinda avtomobillar tarmoq yarmarkasi tashkil etildi. 
Fransiyada 1904-yili Parij shahrida yarmarkasi ishlay boshladi. Namunalar xalqaro yarmarkasi 
Birinchi jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda ayniqsa, keng tarqaldi. Xalqaro aloqalar 
izdan chiqishi, tashqi savdo va valuta cheklovlari joriy etilishi, to‘lov balanslari buzilishi sharoitida 
aynan xalqaro yarmarkalar jahon savdosini qayta tiklashga ko‘mak berishning eng qulay shakli 
bo‘lib xizmat qildi. 1915-yilda Londonda namunalar xalqaro yarmarkasi ochildi, 1916-yilda Lionda 
tashkil etildi (u hozirgi vaqtda ham eng yirik hisoblanadi), 1918-yilda Bryusselda, 1920-yili 
Milanda, 1926-yili Salonikida, 1927-yilda esa Izmirda ochildi. 
Ikkinchi jahon urushi aksariyat xalqaro yarmarkalar ishini to‘xtatib qo‘ydi. Savdo aloqalari izdan 
chiqdi, yarmarka inshootlari vayronaga aylandi. Urushdan keyin esa, aziyat chekkan Yevropa 
davlatlari iqtisodiyoti tiklanib borgani sayin xalqaro yarmarkalar faoliyati qayta tiklandi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin