1.
Kommunikatsiyalar va tovarlarni ilgari surish strategiyalarini ishlab chiqish samarali
kommunikatsiyalar algoritmini asoslash.
2.
Hamkorlik, iste’molchilar va raqobatchilar bilan o‘zaro harakatlanishning samarali tizimini
ishlab chiqish.
3.
Multimedia – kompaniyalarning optimal qarorlarini ishlab chiqish: reklama maqsadlarini
tasdiqlash, reklama budjeti haqida qaror qabul qilish,
reklama vositalarini tanlash,
reklamaning samaradorligini baholash.
4.
Bevosita marketing dasturini ishlab chiqish, savdoni optimallashtirish va PR(Public
Relations).
4P- (Mahsulot, Joy, Narx, Targ‘ibot).
Targ‘ibot –
marketingning zamonaviy ko‘rinishi. Targ‘ibot (Promotion)
–
Sotuvchi va xaridor
o‘rtasidagi xaridorning xatti-harakati va fikrlashiga ta’sir etgan holda ma’lumot almashinuvi.
Marketing menejerlarining asosiy vazifasi – mijozlar va ular guruhiga kerak mahsulot aynan qaysi
joyda va ularga ma’qul narxni ma’lum qilishdir. Targ‘ibot (Promotion) - marketingning zamonaviy
ko‘rinishi:
12.1- rasm.Targ‘ibot usullari
Targ‘ibot usullari:
1.
Shaxsiy (Personal Selling) sotish – sotuvchi va potensial xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri
muloqotni bildiradi. Shaxsiy sotish orqali sotuvchi darhol xaridorni
fikrini bilib olish va
keyinchalik qaror qabul qilishni osonlashtiradi. Ko‘p marketologlar shaxsiy sotishni tatbiq
qilishda juda qimmat va murakkab hisoblaydilar.
2.
Ommaviy sotish (Mass Selling) – bir vaqtning o‘zida ko‘plab potensial xaridorlar bilan
muloqotda bo‘lish. Odamlar gavjum joyda «ommaviy sotish»ning eng asosiy
ko‘rinishlaridan biri. An’anaviy OAV-jurnal, gazeta, radio va TV hamda internet orqali xat
yuborishni o‘z ichiga oladi. Reklama qilishda pul to‘lanadi, lekin «ommaviy sotish»ning
boshqa ko‘rinishi publicity- oshkoralik «tekin».
3.
Sotish targ‘ibot qilish - (Sales promotion) – bu reklama qilish,
ommaviy yoki shaxsiy
sotishdan boshqa – mahsulotga mijozlarning qiziqishini orttirgan holda sotish hatti-
harakatlari.
2.
rasm. Targ‘ibotni amalga oshiruvchi subyektlar
2.
rasm. Targ‘ibot (promotion) ni amalga oshiruvchilarning vazifalari
Biznesmen Richard Brenson Britaniya ishbilarmonlik maydoniga 1970 – yillarda o‘sha paytlarda
yangilik (innovatsiya) bo‘lgan ovoz yozuvchi Virgin Records kompaniyasi bilan yorib kirdi. U
boshqa hech kim nazariga ilmagan ijrochilar bilan shartnomalar tuzdi va o‘zining hozirgi kunga
qadar davom etib kelayotgan marafonini boshladi. Virgin Records 1992–yilda Thorn-EMI
kompaniyasiga deyarli 1 mlrd. doll.ga sotildi, biroq jamlangan daromadi 8 mlrd. doll.dan ortadigan
200 dan ortiq boshqa kompaniyalar tuzildi. «Virgin» nomi (darvoqe,
bu Buyuk Britaniyadagi
uchinchi eng obro‘li savdo markasi) va R.Brenson shaxsining o‘zi bilan turli xil tovarlar va
xizmatlarni bog‘laydilar (samolyotlar, poyezdlar, moliyaviy mahsulotlar, yaxna ichimliklar,
musiqali yozuvlar, mobil telefonlar,
avtomobillar, vinolar, kitoblar, hattoki, to‘y liboslari ham).
Ko‘p qirrali bu mahsulotlarga takliflar ham yetarli bo‘lishi bilan birga to‘langan puliga yuqori
narxlardaligi, sifatliligi, innovatsiyalari, a’lo kayfiyat ulashishi, raqobatchilarni «ko‘zini o‘ynata
olishi» bilan xarakterli. Virgin Group o‘zi uchun bozorlarda
qoniqarsiz talablarni, to‘lov
qobiliyatlariga ega ehtiyojlar va uncha faol bo‘lmagan raqobat qidirmoqda. «Biz ularni
topganimizdan keyin Virginga raqobatchilar o‘zini yaxshiroq ko‘rsata olish imkoniyatlari tug‘iladi.
Biz xaridorlarga ishonch, innovatsiya va do‘stona munosabatlar yetmagan joylarda ularni yetkazib
beramiz», - deydi R.Brenson.
1998–yilda Brenson AQShda Virgin Cola kompaniyasini ochganda, u shaxsan Nyu-Yorkning
Beshinchi
avenyusini kezib chiqar ekan, hamma ertalabki yangiliklar dasturlariga intervyu berishga
ham ulgurgan edi. 2002–yilda u Virgin mobil aloqa operatoriga xizmat ko‘rsatishi e’lon qilindi.
2004–yilda «Virgin Puclse» umumiy nomi bilan yuqori texnologik elektron qurilmalar seriyasi
chiqarilishi munosabati bilan R.Brenson yana sahnada paydo bo‘ldi – bu NyuYorkdagi tungi
klublardan birining sahnasi edi. Yaqinda Virgin Volvo bilan hamkorlikda tanlov e’lon qildi va uning
bosh mukofoti Brensonning yangi «Virgin Galactic» kosmik kemasida kosmik parvoz bo‘ladi.
Public Relations sohasidagi ushbu hamma faoliyat «Virgin» brendini haqiqiy baholash, Missiya:
reklamaning
maqsadi qanday; Pul: u qanday pul mablag‘larini iste’mol qiladi (talab qiladi); xabar:
qaysi reklama xabarlarini xaridorgacha yetkazish kerak; Media: axborotlarni tarqatishning qaysi
vositalari harakatlantirilishi zarur; Baholash: reklama natijalarini qanday baholash zarur; kabi
savollarg javob topadi.
Dostları ilə paylaş: